ONLINE TRANSLATE
Document passport
Sel-toshqin suvlaridan samarali foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 25.05.2026 yildagi PQ-201-son

Qarorga ko‘ra, quyidagilar sel-toshqin suvlaridan samarali foydalanishni taʼminlashning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilandi:
 
2027-yildan respublika hududlarida 5 ta sel-suv omborlarini qurish;
 
sel-suv omborlarini qurish hisobiga:
 
Samarqand viloyatida 7 ming gektar, Toshkent viloyatida 2 ming gektar va Jizzax viloyatida 300 gektar yer maydonlarining suv taʼminotini yaxshilash;
 
Samarqand viloyatida 3,3 ming gektar va Toshkent viloyatida 300 gektar yangi yerlarni o‘zlashtirish.
 
2027–2030 yillarda quriladigan sel-suv omborlarining manzilli dasturi (Dastur) tasdiqlandi.
 
Sel-suv ombori va uning inshootlari, karyerlar
va qurilish maydoniga tushgan yer uchastkalari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi belgilandi.
 
Bunda jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlar qonunchilikda belgilangan tartibda qoplab beriladi.