ONLINE TRANSLATE
Document passport
Ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati boʻlinmalari tomonidan fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha davlat xizmatlarini shartnomaviy-huquqiy asosda koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.07.2025 yildagi 477-son

Fuqarolar gavjum bo‘ladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi tadbirlar ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati bo‘linmalari (vakolatli organ) tomonidan ushbu joylarda faoliyat ko‘rsatuvchi talabgor bilan tuziladigan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi. 

Talabgor buning uchun vakolatli organ yoki Davlat xizmatlari markaziga murojaat etadi yoxud davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun YAIDXP (my.gov.uz) da ro‘yxatdan o‘tadi.

So‘rovnoma vakolatli organga kelib tushgandan so‘ng 10 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.

Vakolatli organ xodimi talabgor bilan birgalikda fuqarolar gavjum bo‘ladigan joyni ko‘zdan kechiradi.

Talabgor tegishligiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari yoki viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari bilan shartnoma tuzadi.