ONLINE TRANSLATE
Document passport
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 16.05.2025 yildagi O‘RQ-1063-son

Qonun hujjatlariga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, pivo va pivo ichimliklari, shuningdek tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imlar yig‘im turlari jumlasiga kiritildi.

Bunda pivo va pivo ichimlimklari, shuningdek tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilishni boshlaganlik haqida vakolatli davlat organini xabardor qilingani to‘g‘risida tasdiqnomaga ega bo‘lgan yuridik shaxs hamda YATTlar ushbu yig‘imlarning soliq to‘lovchilari deb eʼtirof etiladi.

Shuningdek, 2030 yil 1 yanvargacha parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan ozod etilishi belgilandi.

Bundan tashqari, 2027 yil 1 yanvargacha Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi statsionar bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari quyidagi soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi: 

bino va inshootlarni, yer uchastkalarini ijaraga berishdan olinadigan daromadlari bo‘yicha – foyda solig‘ini;

ijaraga berilgan obyektlar va ular egallagan yer uchastkalari bo‘yicha – mol-mulk solig‘i hamda yer solig‘ini. 

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.