ONLINE TRANSLATE
Document passport
Qashqadaryo viloyati tarkibida Koʻkdala tumani tashkil etilishi munosabati bilan sud tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 27.05.2022 yildagi PF-142-son

Farmonga muvofiq:

1) Qashqadaryo viloyatida Jinoyat ishlari bo‘yicha Ko‘kdala tuman sudi tashkil etildi;

2) Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudi hamda Chiroqchi tuman iqtisodiy sudi o‘zlarining mavjud shtat birliklari doirasida tegishincha Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumanlararo sudi hamda Chiroqchi tumanlararo iqtisodiy sudi etib qayta tashkil etildi;

Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumanlararo sudi, Chiroqchi tumanlararo iqtisodiy sudi va Qarshi tumanlararo maʼmuriy sudining yurisdiksiya hududiga kiritildi;

3) Oliy sud va Moliya vazirligining Jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudining bitta sudya va bitta sudya yordamchisi shtat birliklarini Jinoyat ishlari bo‘yicha Ko‘kdala tuman sudiga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi maʼqullandi.