1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Aholi xonadonlarida isitish tizimi va yoqilgʻi mahsulotlaridan foydalanishda xavfsizlik talablariga rioya etilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Soʻnggi yillarda respublika qishloqlarida yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar va shaharlarda koʻp kvartirali uylarni qurish dasturlarini amalga oshirish natijasida aholining turar joyga boʻlgan ehtiyoji qondirilmoqda va shu asosda fuqarolarning farovonlik darajasi yanada oshirib borilmoqda.
“Obod qishloq” hamda “Obod mahalla” dasturlari doirasida respublika tumanlaridagi qishloqlarda aholi xonadonlarini elektr va tabiiy gaz taʼminoti tizimlari yangilanib, suyultirilgan gaz hamda koʻmir yoqilgʻisi bilan uzluksiz taʼminlab borish yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda.
Shu bilan birga, hududlardagi koʻp qavatli uylar, yakka tartibdagi uy-joylarni kuz-qish mavsumiga sifatli tayyorlash hamda xonadonlarni isitishda tabiiy va suyultirilgan gaz, qattiq yoqilgʻidan foydalanishda xavfsizlikni taʼminlash qoidalariga rioya etmaslik holatlari uchrab turibdi.
Oqibatda aholi xonadonlarida yongʻin kelib chiqishi yoki is gazidan zaharlanish holatlari roʻy berib, insonlarning hayoti va salomatligiga jiddiy zarar yetkazilmoqda. Koʻpincha oʻlim bilan tugaydigan hamda moddiy zarar bilan yakunlanadigan baxtsiz hodisalarga sabab boʻlmoqda.
Is gazidan zaharlanish va havo-gaz aralashmasi chaqnashi bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar tahlili shuni koʻrsatmoqdaki, ularning aksariyat qismi tabiiy gaz va muqobil yoqilgʻi turlaridan hamda isitish pechlaridan foydalanishda texnik va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etilmaganligi, tabiiy gaz tarmogʻiga notoʻgʻri ulanish, isitish maqsadida mavjud gaz plitalarini yoqib qoʻyish va xonadonlar ichida ochiq olovdan foydalanish hamda dudburonlarning nosozligi oqibatida kelib chiqmoqda.
Aholi xonadonlarini isitish, aholining maishiy ehtiyojlari uchun tabiiy va suyultirilgan gaz, koʻmir yoqilgʻisidan foydalanishda baxtsiz hodisalar kelib chiqishining oldini olish hamda xavfsiz foydalanish qoidalarini aholiga keng miqyosda tushuntirish va targʻibot ishlarini olib borish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]
1. Aholi xonadonlarida isitish tizimi va yoqilgʻi mahsulotlaridan foydalanishda xavfsizlik talablariga rioya etilishini oʻrganish va baxtsiz hodisalarning oldini olishga doir takliflar tayyorlash boʻyicha 1-ilovaga muvofiq Respublika komissiyasi tashkil etilsin.
2. Quyidagilar Respublika komissiyasining (A.J. Ramatov) asosiy vazifalari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.03.00 Jismoniy va yuridik shaxslarni tabiiy gaz bilan taʼminlash. Gazdan foydalanuvchi isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]
turar joylardagi isitish tizimlari, gaz plitalari va yondirgichlaridan xavfsiz foydalanish qoidalariga rioya etilishi holatini tizimli oʻrganish hamda mavjud muammo va nosozliklarning bartaraf etilishini taʼminlash;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.03.00 Jismoniy va yuridik shaxslarni tabiiy gaz bilan taʼminlash. Gazdan foydalanuvchi isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]
turar joylardagi gaz plitalari, isitish qozonlari, dudburonlar va ventilyatsiya tizimini texnik taftishdan oʻtkazish va profilaktika xizmatlari koʻrsatishni tizimli tashkil etish;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.03.00 Jismoniy va yuridik shaxslarni tabiiy gaz bilan taʼminlash. Gazdan foydalanuvchi isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]
gaz plitalari va yondirgichlari, isitish qozonlari va pechlarining standart va texnik xavfsizlik talablariga javob berishini oʻrganish;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.02.00 Jismoniy va yuridik shaxslarni elektr energiyasi bilan taʼminlash;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.03.00 Jismoniy va yuridik shaxslarni tabiiy gaz bilan taʼminlash. Gazdan foydalanuvchi isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatish;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
qurilishi tugallangan turar joylarni foydalanishga topshirishda ularning gaz va elektr taʼminoti, isitish va ventilyatsiya tizimlari shaharsozlik normalari va qoidalari hamda yongʻin xavfsizligi talablariga toʻliq javob berishiga alohida eʼtibor qaratilishini taʼminlash;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]
xavfsiz va energiya tejamkor isitish qozonlari va pechlarini sanoat miqyosida ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlash;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.03.00 Jismoniy va yuridik shaxslarni tabiiy gaz bilan taʼminlash. Gazdan foydalanuvchi isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot]
ommaviy axborot vositalari orqali maishiy ehtiyojlar uchun gaz plitalari, isitish qozonlari va pechlaridan toʻgʻri va xavfsiz foydalanish boʻyicha maxsus telekoʻrsatuvlar, radioeshittirishlar va davra suhbatlari uyushtirish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.02.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.03.00 Jismoniy va yuridik shaxslarni tabiiy gaz bilan taʼminlash. Gazdan foydalanuvchi isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatish;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot]
mahalla fuqarolar yigʻinlari faollari ishtirokida is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashi kabi noxush holatlarning oldini olish boʻyicha aholi orasida keng qamrovli targʻibot va tashviqot ishlarini olib borish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]
3. Aholi turar joylaridagi isitish qozonlari va pechlaridan xavfsiz foydalanish qoidalariga rioya etilishi holatini tizimli oʻrganish hamda mavjud muammo va nosozliklarning bartaraf etilishini taʼminlash boʻyicha 2-ilovaga muvofiq hududiy komissiyalar tashkil etilsin.
Respublika komissiyasining funksiyalari, oʻrganish natijalari boʻyicha dalolatnomalarni rasmiylashtirgan holda, hududiy komissiyalar tomonidan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.02.00 Jismoniy va yuridik shaxslarni elektr energiyasi bilan taʼminlash;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.03.00 Jismoniy va yuridik shaxslarni tabiiy gaz bilan taʼminlash. Gazdan foydalanuvchi isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatish]
4. “Hududgaztaʼminot” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda aholi xonadonlarining ichki gaz tarmoqlari hamda gazda ishlovchi qurilma va uskunalarining quyidagi muddatlarda texnik taftishdan oʻtkazilishini va ularga profilaktika xizmati koʻrsatilishini taʼminlasin:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
koʻp kvartirali uylardagi gaz plitalari (boshqa gaz priborlari mavjud boʻlmaganda) — ikki yilda bir marta;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.03.00 Jismoniy va yuridik shaxslarni tabiiy gaz bilan taʼminlash. Gazdan foydalanuvchi isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]
turar joylardagi gaz plitalari, isitish, suv isitish priborlari — bir yilda bir marta, profilaktik xizmat koʻrsatish — har yilgi isitish mavsumi boshlanishidan avval;
turar joylardagi dudburonlar va ventilyatsiya kanallarini — har yilgi isitish mavsumidan oldin tekshirib, ularning sozligini tegishli dalolatnomalar bilan qayd etish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qoʻlbola yasalgan nostandart isitish moslamalarini ishlab chiqarish hamda ularning bozorlar va turli savdo shoxobchalarida sotilishining oldini olish boʻyicha qatʼiy choralar koʻrsin.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.11.00 Favquloddagi holatlar va jamiyat xavfsizligining boshqa masalalari]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda har yili koʻp kvartirali uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlash dasturlarini shakllantirishda koʻp kvartirali uylardagi dudburonlar va ventilyatsiya tizimini tozalash va taʼmirlash ishlarini nazarda tutsin.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.03.00 Jismoniy va yuridik shaxslarni tabiiy gaz bilan taʼminlash. Gazdan foydalanuvchi isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]
7. “Oʻzdavneftgazinspeksiya” davlat inspeksiyasi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qurilish vazirligi isitish tizimi va tabiiy va suyultirilgan gazdan hamda qattiq yoqilgʻidan foydalanishda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha normativ-huquqiy va texnik hujjatlarni, shuningdek, shaharsozlik normalari va qoidalarini bir oy muddatda xatlovdan oʻtkazib, ularni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.S. Sultanov va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 1-noyabr,
901-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-noyabrdagi 901-son qaroriga 1-ILOVA
Aholi xonadonlarida isitish tizimi va yoqilgʻi mahsulotlaridan foydalanishda xavfsizlik talablariga rioya etilishini oʻrganish va baxtsiz hodisalarning oldini olishga doir takliflar tayyorlash boʻyicha Respublika komissiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Respublika komissiyasi rahbari
2.
J.T. Mirzamahmudov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining yoqilgʻi-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — energetika vaziri, Respublika komissiyasi rahbarining oʻrinbosari
3.
S.S. Saidkarimov
—
Bosh prokuror oʻrinbosari, Respublika komissiyasi rahbarining oʻrinbosari (kelishuv asosida)
4.
Sh.A. Tursunov
—
“Oʻztransgaz” AJ boshqaruvi raisi
5.
D.A. Nazarmuxamedov
—
Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari
6.
A.X. Qoʻldoshev
—
Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari
7.
N.T. Nazirov
—
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirining oʻrinbosari
Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi, Respublika komissiyasi kotibi
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-noyabrdagi 901-son qaroriga 2-ILOVA
Aholi turar joylaridagi isitish qozonlari va pechlaridan xavfsiz foydalanish qoidalariga rioya etilishi holatini tizimli oʻrganish hamda mavjud muammo va nosozliklarning bartaraf etilishini taʼminlash boʻyicha hududiy komissiyalarning
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, hududiy komissiya rahbari
2.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri prokurorlarining oʻrinbosarlari, hududiy komissiya rahbarining oʻrinbosari
3.
“Oʻztransgaz” AJ viloyat gaz taʼminoti filiali boshligʻi, hududiy komissiya rahbarining oʻrinbosari
4.
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining hududiy boshqarmasi boshligʻi
5.
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi yongʻin xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi
6.
“Oʻzdavneftgazinspeksiya” DIning hududiy boʻlinmasi bosh texnologi
8.
Qurilish vazirligi hududiy boʻlinmalari rahbarlari
9.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmalari rahbarlari
10.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi hududiy boʻlinmalari rahbarlari
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2018-y., 09/18/901/2151-son; 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son; 26.11.2022-y., 09/22/674/1041-son; 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)