Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining
buyrugʻi
Internet tarmogʻidagi tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlar, lotereya va bukmekerlik garovlarida qatnashishi taqiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari va chet el fuqarolarining toifalari roʻyxatining 2-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 6-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3642-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-son “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga davlat ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2025-yil 25-iyundagi 13-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3642, 2025-yil 7-iyul) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/3642/0581-son) bilan tasdiqlangan Internet tarmogʻidagi tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlar, lotereya va bukmekerlik garovlarida qatnashishi taqiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari va chet el fuqarolarining toifalari roʻyxatining 2-bandidagi ““Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatdan oʻtgan shaxslar” degan soʻzlar “Ijtimoiy reyestrga kiritilgan shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor D. LI
Toshkent sh.,
2026-yil 27-fevral,
12-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026 y., 10/26/3642-1/0217-son)