от 25.09.2013 г. № 12-1307/4245
Постановление Судебной коллегии Высшего хозяйственного суда Республики Узбекистан, от 25.09.2013 г. № 12-1307/4245
Кучга кириш санаси
25.09.2013
Постановление
Судебной коллегии Высшего хозяйственного суда Республики Узбекистан
Отказ истца от иска, который был предъявлен в защиту его прав государственным или иным органом, влечет оставление заявления без рассмотрения
25 сентября 2013 г.,
№ 12-1307/4245
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Qarori
Davlat organi yoki boshqa organ tomonidan daʼvogarning huquqlarini himoya qilish maqsadida qoʻzgʻatilgan daʼvodan daʼvogarning voz kechishi arizani koʻrmasdan qoldirishga olib keladi
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi (bundan buyon matnda — Palata) “Mikrokreditbank” OATB Sirdaryo viloyat filiali (bundan buyon matnda — bank) manfaatida xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, “Sokin unversal biznes” MChJ (bundan buyon matnda — MChJ)dan 13 633 798 soʻm kredit qarzi, 81 000 soʻm foiz qarzini undirishni, undiruvni garovga qoʻyuvchi “Sirdaryo kitob” MChJga tegishli mol-mulklarga qaratishni soʻragan.
Sudning ajrimi bilan bank daʼvodan voz kechganligi sababli daʼvo koʻrmasdan qoldirilgan.
Protestda sud ajrimining davlat boji qismini oʻzgartirish soʻralgan.
Sudlov hayʼati protestda keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra sud ajrimini qisman bekor qilishni lozim topadi.
Ish hujjatlaridan aniqlanishicha, Bank va MChJ oʻrtasida 2010-yil 1-iyul kuni 21-sonli mikrolizing shartnomasi tuzilgan. Mazkur shartnomaga asosan Bank MChJga 36 oy muddatga “mebel ishlab chiqarish uskunalarini sotib olish uchun” yillik 5 foiz ustama toʻlash sharti bilan 75 000 000 soʻm miqdorda lizing toʻlovi ajratgan. Ajratilgan lizing toʻlovining qaytarilishini taʼminoti sifatida 2010-yil 6-iyul kungi garov shartnomasiga asosan “Sirdaryo kitob” MChJga tegishli boʻlgan Yangiyer shahar, Sh.Rashidov mahallasi, Bogʻiston koʻchasi, 4-uyda joylashgan umumiy maydoni 252,7 kv.metr, qurilish maydoni 252,7 kv.metrdan iborat kitob doʻkoni garovga qoʻyilgan. Biroq, MChJ tomonidan lizing shartnomasining ajralmas qismi hisoblangan toʻlov jadvaliga asosan lizing toʻlovini qaytarish lozim boʻlsada, 2013-yil 21-fevral holatiga 4 000 000 soʻm asosiy qarzdorlik va unga hisoblangan 81 000 soʻm foiz qarzdorligi mavjud boʻlgan.
Shu sababli, Palata bank manfaatida sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, MChJdan bank foydasiga jami 13 719 798 soʻm undirishni va undiruvni garovdagi mol-mulklarga qaratishni soʻragan.
Ishni birinchi instansiya sudida koʻrish jarayonida bank daʼvodan voz kechish haqida yozma ravishda murojaat qilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 44-moddasining ikkinchi qismiga koʻra davlat organi yoki boshqa organ tomonidan daʼvogarning huquqlarini himoya qilish maqsadida qoʻzgʻatilgan daʼvodan daʼvogarning voz kechishi arizani koʻrmasdan qoldirishga olib keladi.
Shu sababli, birinchi instansiya sudi daʼvogarning daʼvodan voz kechishi haqidagi arizasi boshqa shaxslarning huquq va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmasligini inobatga olib, daʼvoni koʻrmasdan qoldirib toʻgʻri xulosaga kelgan boʻlsada, MChJdan respublika budjeti, sud va adliya organlarining rivojlantirish jamgʻarmasi hisobiga 137 147 soʻm davlat boji undirib xatoga yoʻl qoʻygan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 180-son qarorining 15-bandida ishni koʻrish daʼvoni (arizani) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi ajrimni chiqarish bilan yakunlanganida davlat boji qaytarilmasligi, toʻlanmagan davlat boji esa daʼvogardan undirilishi, 29-bandining birinchi xatboshisida esa agar qonun boʻyicha xoʻjalik sudiga davlat va jamiyat manfaatlarini himoya qilish, shuningdek yuridik va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslarning manfaatlarida prokuror, davlat va boshqa organ tomonidan berilgan daʼvo rad etilganda, manfaatlari himoya qilinib daʼvo berilgan shaxsdan davlat boji undirilmasligi haqida tushuntirish berilgan.
Qayd etilganlarga asosan, sudlov hayʼati kassatsiya protestini qanoatlantirib, sud ajrimining davlat boji undirish qismini bekor qilishni lozim topadi.
2013-yil 25-sentabr,
12-1307/4245-son