Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 12.04.2006 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
T/rTadbirlar nomiBajarish muddatiHujjat turiBajarish uchun mas’ullar

I. Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlarini uy-joy mulkdorlarining haqiqiy o‘zini o‘zi boshqarish institutlari sifatida rivojlantirish

1.Yangi tahrirdagi “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq:
xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari namunaviy ustavini;
xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari (XUJMSh) va ko‘p kvartirali uydagi yashash uchun mo‘ljallanmagan xonalar mulkdorlari o‘rtasidagi namunaviy shartnomani ishlab chiqish va tasdiqlash.
Yangi tahrirdagi “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari to‘g‘risida”gi Qonun kuchga kirgandan keyin 1 oy muddatdaVazirlar Mahkamasining qarori“O‘zkommunxizmat” agentligi, Adliya vazirligi
2.Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, XUJMSh uyushmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari uchun yangi tahrirdagi “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari to‘g‘risida”gi Qonunni aholi bilan bevosita ish olib borish metodidan foydalangan holda tushuntirishga o‘qitish bo‘yicha o‘quv seminarlari turkumini o‘tkazish.Yangi tahrirdagi “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari to‘g‘risida”gi Qonun kuchga kirgandan keyin 1 oy muddatdaYangi tahrirdagi “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari to‘g‘risida”gi Qonun bo‘yicha aholi bilan tushuntirish ishlari olib borishga doir tavsiyanomalar“O‘zkommunxizmat” agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” jamg‘armasi, XUJMSh uyushmalari
3.Yangi tahrirdagi “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari to‘g‘risida”gi Qonunni hamda kvartiralarning umumiy soni 250 tadan oshmaydigan 1 tadan 5 tagacha uyga ega bo‘lgan kichik shirkatlarning afzalliklarini tushuntirish maqsadida ko‘p kvartirali uylarda yashovchilar yig‘ilishlari jadvalini ishlab chiqish va o‘tkazish.Yangi tahrirdagi “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari to‘g‘risida”gi Qonun kuchga kirgandan keyin 2 oy muddatdaYig‘ilishlar jadvali, yig‘ilishlar o‘tkazilgani to‘g‘risidagi hisobotlarQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, XUJMSh uyushmalari, “Mahalla” jamg‘armasi, “O‘zkommunxizmat” agentligi
4.Aholi uchun XUJMSh uyushmalari huzurida doimiy ishlaydigan konsultatsiya punktlari tashkil etish, ularni XUJMSh faoliyati bo‘yicha zarur qonunlar va normativ adabiyotlar, axborot va metodik materiallar bilan ta’minlash.2006-yil 1-sentabrgacha Konsultatsiya punktlariQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, “O‘zkommunxizmat” agentligi, XUJMSh uyushmalari
5.“O‘zkommunxizmat” agentligiga aholi bilan tushuntirish ishlarini ta’minlash uchun axborot-metodik materiallar, normativ adabiyotlar nashr etish uchun mablag‘lar ajratish.Har yiliTushuntirish hujjatlari, normativ-huquqiy hujjatlarMoliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari
6.Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlarida yillik umumiy yig‘ilishlar tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyanomalar ishlab chiqish.2006-yil mayTavsiyanomalar“O‘zkommunxizmat” agentligi
7.Uy-joy fondini saqlash va aholiga kommunal xizmatlar ko‘rsatish masalalari bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati ijro etuvchi organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari va ularning uyushmalari bilan o‘zaro munosabatlari to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish.2006-yil iyunNizom“O‘zkommunxizmat” agentligi, Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, “Mahalla” jamg‘armasi
8.Kichik va bir uyga ega xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlarini tashkil etish bo‘yicha tavsiyanomalar ishlab chiqish.2006-yil iyulTavsiyanomalar“O‘zkommunxizmat” agentligi, Adliya vazirligi
9.Teleko‘rsatuvlar turkumini tayyorlash va uy-joy mulkdorlarining huquqlari, majburiyatlari va ularning ko‘p kvartirali uylardagi umumiy mulkni saqlash uchun javobgarligi, Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini tashkil etishning maqsadi va vazifalari, shuningdek Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatining ijobiy tajribasini targ‘ib qilish masalalarini respublika gazetalari va mahalliy gazetalarning doimiy ruknlari orqali tushuntirish.Muntazam, tasdiqlangan har choraklik jadvallar asosidaTeleko‘rsatuvlar, reklamalar to‘plami, maqolalarO‘zbekiston MTRK, O‘zA, “O‘zkommunxizmat” agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari

II. Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish va ularga xizmatlar ko‘rsatish sifatini yaxshilash, XUJMSh ishlari samaradorligini oshirish

10.Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlariga, ixtisoslashtirilgan boshqaruvchilarga, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish uchun ko‘p kvartirali uylarni saqlash, umumiy foydalaniladigan joylarini va muhandislik kommunikatsiyalarini ta’mirlashga yo‘naltirilgan imtiyozli kredit berish bo‘yicha takliflar tayyorlash.2006-yil 15-maygachaTakliflar bilan birga tahliliy xatMarkaziy bank, Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, “O‘zkommunxizmat” agentligi
11.XUJMShni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1991-yilgacha qurilgan ko‘p kvartirali uy-joylarning (shu jumladan 2002—2006-yillar davrida mahalliy hokimiyat organlari balansiga berilgan idoraga qarashli uylarning) umumiy foydalaniladigan joylarini va muhandislik kommunikatsiyalarini mukammal ta’mirlash jadvalini moliyalashtirish manbalarini belgilagan holda ishlab chiqish.2006-yil 1-iyungachaVazirlar Mahkamasining qarori“O‘zkommunxizmat” agentligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
12.Ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari qoniqarsiz yo‘lga qo‘yilgan shirkatlarni, malakasiz va nohalol rahbarlarni aniqlash uchun XUJMSh a’zolari umumiy yig‘ilishiga raislarni qayta saylash bo‘yicha tavsiyalar berish maqsadida XUJMShlar tomonidan uy-joylarni boshqarish sifatini tahlil qilish.2006-yil 1-iyungachaTavsiyalar bilan birga tahliliy xatQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, XUJMSh uyushmalari, “O‘zkommunxizmat” agentligi
13.XUJMShlarni ixchamlashtirish maqsadida uylardagi yashovchilar bilan yig‘ilishlar o‘tkazish: birinchi bosqichda uylarga xizmat ko‘rsatish va isitish mavsumiga tayyorgarlik qoniqarsiz yo‘lga qo‘yilgan XUJMShlarda; ikkinchi bosqichda xizmat ko‘rsatiladigan uylarning soni 5 tadan ortiq bo‘lgan (250 kvartiradan ortiq) qolgan XUJMShlarda. 2006-yil may 2006-yil avgust Yig‘ilishlar jadvali, o‘tkazilgan yig‘ilishlar to‘g‘risidagi hisobotlar, XUJMShlar soni va tarkibidagi o‘zgarish to‘g‘risida axborotQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, XUJMSh uyushmalari
14.XUJMSh statistika hisobotlari shakllarini qayta ko‘rib chiqish va ular faoliyatining monitoringi natijalarini samarali amalga oshirish imkonini beradigan yangi shakllarini ishlab chiqish.2006-yil mayHisobot shakllariDavlat statistika qo‘mitasi, “O‘zkommunxizmat” agentligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, XUJMSh uyushmalari
15.XUJMSh xodimlarini (boshqaruv va taftish komissiyalari raislari, buxgaltyerlarini) XUJMSh faoliyatining qonunchilik bazasi, turli uylar mulkdorlari mablag‘larining tushishi va sarflanishini alohida-alohida hisobga olish, XUJMSh faoliyatining oshkoraligi bo‘yicha o‘qitish.2006-yil may-sentyabr O‘qitish jadvallari“O‘zkommunxizmat” agentligi, Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, XUJMSh uyushmalari
16.“Eng yaxshi xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkati” mintaqaviy (shahar, tuman) tanlovi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni ishlab chiqish.2006-yil II chorakNamunaviy nizom“O‘zkommunxizmat” agentligi, “Mahalla” jamg‘armasi
17.XUJMlarning mintaqaviy (shahar, tuman) tanlovlarini o‘tkazish.Har yiliTanlovlarQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, “Mahalla” jamg‘armasi, XUJMSh uyushmalari
18.Egasiz turar joylarni xatlovdan o‘tkazish va keyinchalik davlat mulkiga o‘tkazish maqsadida ularni hisobga qo‘yish tadbirlarini amalga oshirish.2006-yil 1-oktabrgacha va keyinchalik har yili Xatlovdan o‘tkazishQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, Davlat mulki qo‘mitasi va “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining hududiy organlari
19.XUJMSh va kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchilar o‘rtasida mulkning bo‘linish chegaralari hamda muhandislik kommunikatsiyalarin� saqlash uchun javobgarlik to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.2006-yil II chorakNizom“O‘zkommunxizmat” agentligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi
20.Mulkdorlarning uydagi umumiy mulkini saqlash uchun ularning mablag‘lari tushishi va sarflanishini alohida-alohida hisobga olishni tashkil etish uchun XUJMShdagi har bir uy uchun shaxsiy hisob raqamlari ochish to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish.2006-yil iyulNizom“O‘zkommunxizmat” agentligi, Markaziy bank, “Ipoteka-bank”, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi
21.XUJMShning daromadlar va xarajatlar smetasini tuzish hamda uylar mulkdorlarining majburiy badallari miqdorini belgilash.2006-yil sentyabrTavsiyanomalar“O‘zkommunxizmat” agentligi, Moliya vazirligi

III. Uy-joylarga xizmatlar ko‘rsatishda raqobat muhitini shakllantirish

22.Uy-joylarga xizmatlar ko‘rsatish sohasida raqobat muhitini yaratish uchun XUJMShga, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan boshqaruvchilarga, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga imtiyozli soliq solish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.2006-yil 1-iyungachaTakliflarMoliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi, “O‘zkommunxizmat” agentligi
23.Viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimlari o‘rinbosarlari uchun xususiylashtirilgan uy-joylarni boshqarish va ularga xizmat ko‘rsatish usullari, boshqaruvchi tashkilotlarni tashkil etish va ularning faoliyati bo‘yicha Respublika seminari o‘tkazish.2006-yil iyunO‘quv kursiVazirlar Mahkamasi, “O‘zkommunxizmat” agentligi
24.Boshqaruvchi tashkilotlarni tashkil etish bo‘yicha tavsiyanomalar ishlab chiqish.2006-yil iyunTavsiyanomalar“O‘zkommunxizmat” agentligi
25.Birinchi xususiy boshqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar, avariya-dispetcherlik xizmatlari tashkil etishda, ularning moddiy-texnika bazasini (tanlov va qaytarish asosida mablag‘lar ajratish) mustahkamlashda yordam ko‘rsatish.2006-yil mobaynida har chorakdaTahliliy axborotlarQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari
26.Boshqaruvchi tashkilotlar rahbarlarini o‘qitish2006-yil iyulO‘qitish“O‘zkommunxizmat” agentligi
27.Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari uchun boshqaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi va ta’mirlash tashkilotini tanlov bo‘yicha tanlashga doir tavsiyanomalar ishlab chiqish.2006-yil avgustTavsiyanomalar“O‘zkommunxizmat” agentligi
28.Birinchi xususiy boshqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar faoliyati tajribasini tahlil qilish, eng yaxsh� tajribani ommalashtirish.2006-yil mobaynidaTavsiyanomalar bilan birga tahliliy xatQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, XUJMSh uyushmalari, O‘zbekiston MTRK, O‘zA, “O‘zkommunxizmat” agentligi

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi