O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “PENSIYALAR, NAFAQALAR, STIPENDIYALAR HAMDA RESPUBLIKANING BUDJET MUASSASALARI VA TAShKILOTLARIDA ISh HAQI MIQDORLARINI OShIRISh TO‘G‘RISIDA” 1995 YIL 16 AVGUSTDAGI PF–1213-SON FARMONIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish va uni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 25-noyabrdagi PQ-227-son, “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 1-dekabrdagi PQ-229-sonli qarorlariga muvofiq hamda xalq ta’limi va tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimi joriy etilganligi munosabati bilan:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar hamda respublikaning budjet muassasalari va tashkilotlarida ish haqi miqdorlarini oshirish to‘g‘risida” 1995-yil 16-avgustdagi PF-1213-son Farmoni 8-bandining barcha turdagi tibbiyot muassasalari va umumta’lim maktablariga taalluqli bo‘lgan qismi 2006-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 6-aprel,
PF-3730-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 14-son, 114-modda)