07.03.2006 yildagi 38-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.03.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomototransport vositalarini sotib olish, ulardan foydalanish va ularni boshqa shaxsga berishni tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomototransport vositalarini sotib olish, ulardan foydalanish va ularni boshqa shaxsga berishni hamda ularni rasmiylashtirishni yanada tartibga solish, avtomototransport vositalari bilan bitishuvlarni sodir etishda fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash hamda jinoyatchilikning oldini olish va huquq-tartibotni mustahkamlash chora-tadbirlarini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi rahbariyatiga avtomototransport vositalari bilan bogʻliq ishonchnomalar va bitishuvlarni rasmiylashtirishning belgilangan tartibini taʼminlash, belgilangan qoidalarga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash boʻyicha shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan tartib buzilishi aniqlangan taqdirda aybdor mansabdor shaxslar javobgarlikka, zarur hollarda jinoiy javobgarlikkacha tortilsin, notariuslar esa litsenziyadan ham mahrum qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, 2006-yil 1-iyuldan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositalari bilan bogʻliq ishonchnomalarni, ularni boshqa shaxsga berish (oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya) va ijaraga berish shartnomalarini notariuslar tomonidan notarial tartibda tasdiqlash faqat qatʼiy hisobda turadigan, himoya darajasiga, seriyaga, tartib raqamiga va hududiy kodga ega boʻlgan, “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadigan gerbli (maxsus) blankalarda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial tartibda tasdiqlangan boshqa shaxsga berish shartnomalari roʻyxatdan oʻtkazilishi, ishonchnomalar va ijaraga berish shartnomalari esa — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida hisobga qoʻyilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, avtomototransport vositalaridan foydalanish va ularni tasarruf etish huquqiga oldin berilgan ishonchnomalar mazkur qarorga muvofiq ular amal qilishining qolgan muddatiga qayta rasmiylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi koʻrsatib oʻtilgan ishonchnomalar 2007-yil 1-yanvargacha davlat boji undirilmasdan qayta rasmiylashtirilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchnomalar qayta rasmiylashtirish uchun taqdim etilmagan taqdirda 2007-yil 1-yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Avtomototransport vositalari bilan bogʻliq ishonchnomalarni, ularni boshqa shaxsga berish va ijaraga berish shartnomalarini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining DYHXX organlari aybdor shaxslarni qonunda belgilangan javobgarlikka tortgan va ularni transport vositasini boshqarishdan vaqtincha chetlatgan holda avtomobil egalari tomonidan avtomototransport vositalarini rasmiylashtirish tartibiga rioya etilishi ustidan tegishli nazoratni amalga oshirsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri B. Mustafoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri B. Matlyubov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 7-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 7-martdagi 38-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomototransport vositalari bilan bogʻliq ishonchnomalarni, ularni boshqa shaxsga berish va ijaraga berish shartnomalarini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom avtomototransport vositalari bilan bogʻliq ishonchnomalarni, ularni boshqa shaxsga berish (oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya) va ijaraga berish shartnomalarini rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomning amal qilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar tomonidan mazkur yuridik shaxslarning xodimlariga avtotransport vositalaridan foydalanishga ishonchnomalar berilishi hollariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida (keyingi oʻrinlarda DYHXX deb ataladi) roʻyxatdan oʻtkazilmaydigan transport vositalariga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Avtomototransport vositalari bilan bogʻliq ishonchnomalar, ularni boshqa shaxsga berish (oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya) va ijaraga berish shartnomalari notariuslar tomonidan notarial tartibda tasdiqlanishi kerak. Avtomototransport vositalarini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan savdo korxonalari (avtomototransportni ishlab chiqaruvchi korxonalar, ularning vakillari va vositachi (distribyutorlik) tashkilotlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamentining hududiy boʻlimlari sud ijrochilarining tuman (shahar) boʻlimlari sud ijrochilari tomonidan sotish hollari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq avtomototransport vositalaridan foydalanish va ularni tasarruf etish huquqiga ishonchnomalar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalari konsullari tomonidan ham tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga boshqa davlatlardan olib kelingan avtomototransport vositalariga ishonchnomalar berish, ularni boshqa shaxsga berish va ijaraga berish ular bojxona organlarida rasmiylashtirilgandan va DYHXX organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. DYHXX organlarida roʻyxatdan oʻtmagan avtomototransport vositalarining bozorlarda oldi-sotdisi va ayirboshlanishi, shuningdek avtomototransport vositalarini birjalar orqali sotish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18 yoshga toʻlmagan shaxslarga avtotransport vositalari, 16 yoshga toʻlmagan shaxslarga mototransport vositalari ishonchnomalarini, boshqa shaxsga berish va ijaraga berish shartnomalarini rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi, lotereya va boshqa ommaviy oʻyinlarning yutuqlari boʻlgan, qonunda belgilangan tartibda meros qilib olingan avtomototransport vositalari bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Avtomototransport vositalari bilan bogʻliq ishonchnomalarni, ularni boshqa shaxsga berish va ijaraga berish shartnomalarini notarial tartibda tasdiqlash mazkur Nizomda belgilangan xususiyatlar hisobga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga, “Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Notariuslar tomonidan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga berish huquqi bilan bogʻliq ishonchnomalarni, boshqa shaxsga berish va ijaraga berish shartnomalarini tasdiqlash boshqa shaxsga berish taqiqlanmaganligi va xatlab qoʻyilmaganligi tekshirilgandan keyin amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariuslar tomonidan boshqa shaxsga berish shartnomalari tasdiqlangunga qadar avtomototransport vositalari avtomototransport vositasi roʻyxatga olingan joydagi yoki bitim sodir etilgan (sotib oluvchining tanloviga koʻra) joydagi DYHXX organlarida agregatlar raqamlari roʻyxatdan oʻtkazish raqamlariga muvofiqligi yuzasidan koʻzdan kechirilishi kerak. Agregatlar raqamlarining roʻyxatdan oʻtkazish raqamlariga muvofiqligi koʻzdan kechirgan mansabdor shaxsning familiyasi hamda ismi va otasi ismining bosh harflari, koʻzdan kechirilgan sana koʻrsatilgan va mansabdor shaxs imzosi qoʻyilgan holda roʻyxatdan oʻtkazish hujjatidagi shtamp bilan tasdiqlanadi. Shtamp 10 kun mobaynida amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomototransport vositasi koʻzdan kechirilganligi uchun toʻlov undirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Avtomototransport vositalari bilan bogʻliq ishonchnomalarni, ularni boshqa shaxsga berish va ijaraga berish shartnomalarini notarial tartibda tasdiqlash faqat qatʼiy hisobda turadigan, himoya darajasiga, seriyaga, tartib raqamiga va hududiy kodga ega boʻlgan gerbli (maxsus) blankalarda amalga oshiriladi. Bunda ishonchnoma boʻyicha ishonchli shaxsga, boshqa shaxsga berish shartnomasi boʻyicha sotib oluvchiga va ijaraga berish shartnomasi boʻyicha ijaraga oluvchiga berilishi kerak boʻlgan birinchi nusxa gerbli (maxsus) blankada rasmiylashtiriladi. Agar ishonchnoma bittadan ortiq ishonchli shaxsga berilgan taqdirda, u ishonchli shaxslar soni boʻyicha gerbli (maxsus) blankada rasmiylashtiriladi. Qolgan nusxalarda gerbli (maxsus) blankaning seriyasi, tartib raqami va hududiy kodi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gerbli blankalarni hisobga olish, saqlash, sarflash va ular boʻyicha hisobot berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik muassasalari ishonchnomalarning gerbli (maxsus) blankalari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan taʼminlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Gerbli (maxsus) blankalardagi ishonchnomalar va shartnomalar notarial tartibda tasdiqlanganligi uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida gerb yigʻimi undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gerb yigʻimi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ixtiyorida qoladi va gerbli blankalar tayyorlashga hamda boshqa shaxsga berish taqiqlangan va xatlab qoʻyilgan avtomototransport vositalari toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlar bankini yaratishga, shuningdek davlat notarial idoralarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga maqsadli tartibda sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gerbli (maxsus) blankalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl boʻyicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Notariuslar tomonidan tasdiqlangan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga berish shartnomalari, shuningdek avtotransport vositalarini ixtisoslashtirilgan savdo korxonalari va kimoshdi savdolari orqali sotish shartnomasi (bayonnoma) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish, ularning hisobini olib borish, milliy davlat raqami belgilarini berish va ularni almashtirish ishlarini tartibga solish haqida” 1997-yil 26-maydagi 256-son qaroriga muvofiq bir vaqtning oʻzida avtotransport vositasini roʻyxatdan oʻtkazgan va hisobdan chiqargan holda sotib oluvchining yashash joyidagi (turgan joyidagi) DYHXX organlarida roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositalarini 18 yoshga toʻlmagan shaxslarga, mototransport vositalarini 16 yoshga toʻlmagan shaxslarga istisno tariqasida roʻyxatdan oʻtkazishda roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi ushbu shaxslarga rasmiylashtiriladi, guvohnomaga va avtotransport vositalarini roʻyxatga olish kartochkasiga: “Transport vositasi egasi 18 (16) yoshga toʻlgunga qadar vasiylik va homiylik organlarining yoki ularning qonuniy vakillarining (ota-onalari, farzandlikka oluvchilar va homiylar)ning ruxsatisiz boshqa shaxsga berish shartnomalari, ishonchnomalar berish va ijaraga berish shartnomasi tuzish taqiqlanadi)” degan yozuv kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariuslar tomonidan tasdiqlangan avtomototransport vositalari bilan bogʻliq ishonchnomalar va ularni ijaraga berish shartnomalari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda avtomototransport vositasi roʻyxatga olingan joydagi DYHXX organlarida hisobga qoʻyilishi kerak. Hisobga qoʻyish toʻlov undirilmasdan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Notariuslar tomonidan tasdiqlangan avtomototransport vositalari bilan bogʻliq ishonchnomalar, ularni boshqa shaxsga berish va ijaraga berish shartnomalari notarial tartibda tasdiqlangan paytdan boshlab 10 kun mobaynida DYHXX organlarida roʻyxatga olish (hisobga qoʻyish) uchun taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DYHXX organlari tegishli notarial idoralardan ularga nisbatan ishonchnomalar va shartnomalar tasdiqlangan avtomototransport vositalariga tegishli tezkor maʼlumotlarni olish yoʻli bilan avtomototransport vositalari bilan bogʻliq ishonchnomalar, ularni boshqa shaxsga berish va ijaraga berish shartnomalari avtomobil egalari (ijaraga oluvchilar va ishonchli shaxslar) tomonidan DYHXX organlarida oʻz vaqtida roʻyxatdan oʻtkazilishi (hisobga qoʻyilishi) boʻyicha talablarga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomototransport vositalarini mazkur band talablarini buzgan holda boshqarish qonun hujjatlariga muvofiq haydovchilar transport vositasini boshqarishdan vaqtincha chetlatilgan holda ularni maʼmuriy javobgarlikka tortishga olib keladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan gerbli blankalar boʻyicha har oylik hisobot yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi yilning har choragida tasdiqlangan avtomototransport vositalari bilan bogʻliq ishonchnomalar, ularni boshqa shaxsga berish va ijaraga berish shartnomalari boʻyicha taqqoslash oʻtkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat notarial idoralarida avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga berish va taqiqlanganligi va xatlab qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar banki (hujjatli) shakllantirilishini taʼminlaydi. Maʼlumotlar bankini shakllantiradigan davlat notarial idoralari roʻyxati tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan DYHXX organlari bilan birgalikda qoʻshimcha ravishda tegishli hudud boʻyicha boshqa shaxsga berish taqiqlangan va xatlab qoʻyilgan avtomototransport vositalari toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlar banki yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga berish taqiqlanishi va taqiq olib tashlanishi, shuningdek boshqa shaxsga berish taqiqlangan va xatlab qoʻyilgan avtomototransport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bankini shakllantirish tartibi boshqa manfaatdor idoralar bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur Nizomni buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda mazkur Nizom talablarini tushuntirish va avtomototransport vositalari egalari eʼtiboriga yetkazish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur Nizom 2006-yil 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 10-son, 77-modda; 2008-y., 43-son, 434-modda; 2009-y., 17-son, 214-modda; 2010-y., 13-son, 98-modda; 2011-y., 7-8-son, 65-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2016-y., 52-son, 603-modda; 2017-y., 33-son, 864-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 09/18/863/2098-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/876/3927-son; 19.11.2019-y., 09/19/915/4033-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son, 12.08.2021-y., 09/21/513/0787-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son; 25.08.2025-y., 09/25/535/0776-son; 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)