Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 31.12.1993 yildagi 614-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ XO‘JALIGIDAGI O‘ZARO HISOB-KITOBLARNI YaXShILASh
ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob-kitoblardagi qiyinchiliklarni bartaraf etish, korxonalar va tashkilotlarning muddati o‘tib ketgan o‘zaro qarzlari ko‘payib ketishining oldini olish, vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar, korxonalar va tashkilotlarning hisob-kitoblarning ahvoli uchun mas’uliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki barcha davlat korxonalari va tashkilotlari, shu jumladan, jamoa xo‘jaliklari ishtirokida, xo‘jaliklarning moliyaviy ahvolidan va ularning banklar oldidagi majburiyatlaridan qat’i nazar, hisob-kitob tugallangandan keyin kredit bergan holda o‘zaro qarzdorlikning 15-yanvargacha bo‘lgan holatiga ko‘ra istisno tariqasida 1994-yil 15-yanvardan 31-yanvargacha respublika ichki tarmoqlararo hisob-kitobini o‘tkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar, korxonalar va tashkilotlar tarmoqlararo hisob-kitobni samarali o‘tkazish maqsadida tegishli bank muassasalari kartotekasidagi mavjud to‘lov hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va muqobil tekshirish bo‘yicha zarur tayyorgarlik ishlarini amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 1994-yil 1-fevraldan boshlab hisob-kitoblarning inkassa shakli bekor qilinib, hisob-kitoblarning to‘lov talabnomalari-topshiriqlar orqali amalga oshiriladigan yangi shakli joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob-kitoblar faqat korxonalarning hisob-kitob, joriy va budjet schyotlarida mablag‘ bo‘lgan taqdirda to‘lov topshiriqlari, to‘lov talabnomalari-topshiriqlar, akkreditivlar va cheklar orqali amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kelgan to‘lov hujjatlarining hisobini zarur darajada yuritish va hisob-kitoblarni o‘z vaqtida o‘tkazish uchun javobgarlik, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Hisob-kitoblarning umumiy ahvoli, o‘zlariga bo‘ysunuvchi korxonalarda o‘z mablag‘laridan va qarz mablag‘lardan qat’iy aniq maqsadlarda va oqilona foydalanish uchun shaxsan javobgarlik vazirliklar, uyushmalar va konsernlarning rahbarlari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki respublika ichki tarmoqlararo hisob-kitobini o‘tkazish uchun mablag‘ bilan ta’minlovchi banklarga 900 mlrd. so‘mgacha kredit resurslari ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasi xalq xo‘jaligi komplekslarining rahbarlari hisob-kitoblarning ahvolini har oyda ko‘rib chiqsinlar va o‘zlariga qarashli tashkilotlarda to‘lov intizomiga rioya qilinishiga doir chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar. O‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha ishlar qoniqarsiz bo‘lgan hollarda vazirliklar, uyushmalar, konsernlar rahbarlarining, ularni egallab turgan lavozimlaridan ozod qilish to‘g‘risida taklif kiritishgacha bo‘lgan ma’muriy javobgarligini ko‘rib chiqsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 31-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
614-son