Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIGA SOLIQ SOLISh VA ULARNING HISOBOT BERISh TIZIMI TARTIBGA SOLINIShI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2005-yil 11-oktabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2005-yil 2-dekabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2005-yil 2-dekabrda maʼqullangan
Oldingi tahrirga qarang.
(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-138-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi 474–II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 9, 312-modda) 5-moddasining birinchi qismiga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
2-band chiqarib tashlansin;
8-band “va ularning mansabdor shaxslariga” degan soʻzlardan keyin “tekshirish oʻtkazilayotgan vaqtda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi OʻRQ-707-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 03/21/707/0780-son)
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 20-dekabr,
OʻRQ–16-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 51-son, 376-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 03/21/707/0780-son)