Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni , 30.08.1996 yildagi 279-I-son
Кучга кириш санаси
12.09.1996
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
|
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida 1-modda. Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari Buxgalteriya hisobini tashkil etish hamda hisobot tuzish bilan bogʻliq munosabatlar ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Basharti, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ushbu Qonunda bayon etilganidan koʻra boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnomalar qoidalari qoʻllanadi. 2-modda. Buxgalteriya hisobining maqsadi va vazifalari Buxgalteriya hisobining maqsadi foydalanuvchilarni oʻz vaqtida toʻliq hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya axboroti bilan taʼminlashdir. Buxgalteriya hisobining vazifalari: buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar va majburiyatlarning holati toʻgʻrisidagi toʻliq hamda aniq maʼlumotlarni shakllantirish; samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi maʼlumotlarini umumlashtirish; moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzishdan iboratdir. 3-modda. Buxgalteriya hisobi subyektlari Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olingan yuridik shaxslar, ularning Oʻzbekiston Respublikasi hududida hamda undan tashqarida joylashgan shuʼba korxonalari, filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy boʻlinmalari buxgalteriya hisobi subyektlaridir. Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda buxgalteriya hisobni yuritadi va buxgalteriya (moliya) hisobotini taqdim etadi. 4-modda. Buxgalteriya hisobi obyektlari Asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, daromadlar va xarajatlar, foyda, zararlar hamda ularning harakati bilan bogʻliq xoʻjalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining obyektlaridir. Buxgalteriya hisobining obyektlari jamlama hisobvaraqlarda aks ettiriladi. Analitik hisobni yuritish tartibi buxgalteriya hisobi subyekti tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. 5-modda. Buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish Buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish, buxgalteriya hisobi ctandartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga yuklanadi. Buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari buxgalteriya hisobi standartlari bilan, shu jumladan kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun soddalashtirilgan buxgalteriya hisobini yuritish standarti bilan belgilanadi. Budjet tashkilotlarining buxgalteriya hisobini va moliyaviy hisobotini tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan budjet hisobi standartlari asosida amalga oshiriladi. (5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-361-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 686-modda) Banklarning buxgalteriya hisobi va hisobotni tartibga solish Markaziy bank tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 6-modda. Buxgalteriya hisobining asosiy qoidalari Buxgalteriya hisobining asosiy qoidalari quyidagilardir: buxgalteriya hisobini ikki yoqlama yozuv usulida yuritish; uzluksizlik; xoʻjalik operatsiyalari, aktivlar va passivlarni pulda baholanishi; aniqlik; hisoblash; oldindan koʻra bilish (ehtiyotkorlik); mazmunning shakldan ustunligi; koʻrsatkichlarning qiyoslanuvchanligi; moliyaviy hisobotning betarafligi; hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi; aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishi. 7-modda. Buxgalteriya hisobini tashkil etish Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni korxona, muassasa va tashkilot rahbari amalga oshiradi. Rahbar quyidagi huquqlarga ega: bosh buxgalter rahbarligida buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter xizmatidan foydalanish; buxgalteriya hisobi yuritishni shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan buxgalteriya firmasiga yoki tarkibiga buxgalteriya subyekti ham kiradigan xoʻjalik birlashmasining markazlashtirilgan hisobga olish boʻlimiga yuklash; buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish. Rahbar quyidagilarni taʼminlashi shart: ichki hisob va hisobot tizimi ishlab chiqilishini; xoʻjalik operatsiyalarini nazorat qilish tartibini; buxgalteriya hisobi toʻliq va aniq yuritilishini; hisob-kitob hujjatlarining saqlanishini; tashqi foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobot tayyorlanishini; soliq hisobotlari va boshqa moliyaviy hujjatlar tayyorlanishini; hisob-kitoblar oʻz vaqtida amalga oshirilishini. 8-modda. Imzo huquqi Pul, tovar-moddiy va boshqa boyliklarni qabul qilish va berish uchun asos boʻlib xizmat qiladigan hujjatlar, korxona, muassasa va tashkilotning kredit va hisob-kitob majburiyatlari, shuningdek buxgalteriya hisobotlari va balanslari rahbar tomonidan yoki u belgilaydigan shaxslar tomonidan imzolanadi. Rahbar imzolash huquqiga ega boʻlgan shaxslarini ikkita roʻyxatini tasdiqlaydi. Birinchi roʻyxatga — rahbarlik vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslar, ikkinchisiga — buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslar kiradi. Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarning imzosi boʻlmagan hujjatlar haqiqiy hisoblanmaydi. 9-modda. Boshlangʻich hisob hujjatlari Xoʻjalik operatsiyalarining buxgalteriya hisobi uchun operatsiyalar amalga oshirilganligini qayd etuvchi boshlangʻich hisob hujjatlari va ularni oʻtkazishga doir farmoyishlar asos boʻladi. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan savdo va servis sohasida olinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqi korporativ plastik kartalardan foydalangan holda toʻlanganida toʻlov terminallarining cheklari ham boshlangʻich hisob hujjatlari deb tan olinadi. (9-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda) Boshlangʻich hisob hujjatlari xoʻjalik operatsiyalari amalga oshirilayotgan vaqtda yoki operatsiyalar amalga oshirib boʻlinganidan keyin tuziladi. Hisobot davriga tegishli boʻlgan xoʻjalik operatsiyalari, agar ular amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar olinmagan boʻlsa, tegishli boshlangʻich hujjat rasmiylashtirilib, buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Boshlangʻich hisob hujjatlarining majburiy rekvizitlari quyidagilardir: korxonaning (muassasaning) nomi; hujjatning nomi va raqami, u tuzilgan sana va joy; xoʻjalik operatsiyasining nomi, mazmuni va miqdor oʻlchovi (natura holida va pulda ifodalangan holida); masʼul shaxslarning shaxsiy imzolari. Boshlangʻich hisob hujjatlarini tuzgan hamda imzolagan shaxslar ularning oʻz vaqtida toʻgʻri va aniq tuzilishi, shuningdek buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun ularning belgilangan muddatlarda topshirilishiga javobgardirlar. Boshlangʻich hisob hujjatlariga xoʻjalik operatsiyasi qatnashchilari tomonidan tasdiqlanmagan tuzatishlar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Bank va kassalar hujjatlarida tuzatishlar va oʻchirib yozishlarga yoʻl qoʻyilmaydi. 10-modda. Buxgalteriya hisobi registrlari Buxgalteriya hisobi registrlari ikki yoqlama yozuv qoidalariga muvofiq yuritiladigan jurnallar, qaydnomalar, daftarlar, tasdiqlangan blankalar (shakllar)dir. Registrlar texnika vositalaridan foydalanishda olingan mashinogramma koʻrinishidagi yozuvlar yoʻli bilan, shuningdek magnit tasmalari, disklar, disketlar va boshqa mashinalarda bajarilishi mumkin. Registrlarni shakllantirish tartibi buxgalteriya hisobi standartlari bilan belgilanadi. Buxgalteriya hisobi registrlariga tasdiqlanmagan tuzatishlarning kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. 11-modda. Aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish Buxgalteriya hisobi va hisoboti maʼlumotlarining toʻgʻriligi hamda aniqligi aktivlar va majburiyatlarni majburiy suratda inventarizatsiya qilish orqali tasdiqlanadi. Inventarizatsiya obyektlari, uni oʻtkazish tartibi va muddatlari inventarizatsiya boʻyicha buxgalteriya hisobi standartiga muvofiq belgilanadi. 12-modda. Aktivlar va majburiyatlarni baholash Oborot aktivlarni baholash quyidagi ikki bahoning eng pasti boʻyicha — balans tuzilayotgan sanadagi haqiqiy tannarxi boʻyicha — (sotib olish narxi yoki ishlab chiqarish tannarxi) yoki bozor bahosi boʻyicha (sof sotish qiymati) amalga oshiriladi. Asosiy mablagʻlar va nomoddiy aktivlar ularning toʻliq boshlangʻich qiymati boʻyicha hisobga olinadi. Asosiy mablagʻlar va nomoddiy aktivlar qiymatini hisobdan chiqarish ularning qiymati toʻliq toʻlangunga yoki obyekt safdan chiqib ketgunga qadar boʻlgan eskirishini (amortizatsiyani) hisoblash yoʻli bilan amalga oshiriladi. Amortizatsiya ajratmalari obyekt foydalanishga topshirilganidan keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi. Erning qiymati amortizatsiya qilinmaydi. Moliyaviy qoʻyilmalar buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq hisobga olinadi. Majburiyatlar taraflarning kelishuviga binoan pul bilan aks ettiriladi. Sud qarori boʻyicha yuzaga kelgan majburiyatlar tegishli summada aks ettiriladi. Potensial majburiyatlar dastlabki haqiqiy bahosi boʻyicha aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobi milliy valyuta — soʻmda kiritiladi. Budjet tashkilotlarining aktivlari va majburiyatlarini baholash budjet hisobi standartlariga muvofiq amalga oshiriladi. (12-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-361-sonli Qonuniga asosan toʻqqizinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 686-modda) 13-modda. Daromadlar va xarajatlarni hisobga olish Daromadlar va xarajatlar, toʻlangan vaqti va pul kelib tushgan sanadan qatʼi nazar, qaysi davrga taalluqli boʻlsa, oʻsha hisobot davrida aks ettiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi boʻyicha daromadlar va xarajatlar ular kelib tushgan yoki toʻlangan davrda budjet hisobi standartlariga muvofiq aks ettiriladi. (13-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-361-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 686-modda) 14-modda. Xususiy kapitalni hisobga olish Xususiy kapital — ustav kapitali, qoʻshilgan, zaxira kapitalidan, hamda taqsimlanmagan foydadan tarkib topadi. Ustav kapitali — taʼsis hujjatlarida belgilangan hissalarning (pul ifodasida) yigʻindisidir. Ustav kapitaliga hissa shaklida qoʻshiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar taʼsischilar kelishuviga yoki yuridik shaxs ijroiya organining qaroriga koʻra belgilanadi va hisobga olinadi. Qoʻshilgan kapital aksiyalarni nominal qiymatidan baland narxlarda dastlabki sotishdan olinadigan emissiya daromadini aks ettiradi. Zaxira kapitali mol-mulkni qayta baholash chogʻida hosil boʻladigan inflyatsiya zaxiralarini, shuningdek tekinga olingan mol-mulk qiymatini aks ettiradi. Taqsimlanmagan foyda foydaning jamgʻarilayotganini ifodalaydi va mulkdorlarning qaroriga binoan ustav kapitaliga qoʻshilishi mumkin. 15-modda. Garovni hisobga olish Oʻzining yoki oʻzgalarning majburiyatlarini taʼminlash uchun garovga berilgan mol-mulk qiymati, shu jumladan pul mablagʻlari korxona tomonidan boshqa aktivlardan alohida hisobga olinadi. Garovga olingan mol-mulk qiymati, garov sifatida qabul qilib olingan pul mablagʻlari va valyuta boyliklari qiymati alohida balansdan tashqari hisobvaraqlarda aks ettiriladi. 16-modda. Moliyaviy hisobot Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi maʼlumotlari asosida tuziladi. Moliyaviy hisobot quyidagilarni oʻz ichiga oladi: buxgalteriya balansi; moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot; (16-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda) pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot; xususiy kapital toʻgʻrisidagi hisobot; izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar. Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy hisoboti soddalashtirilgan shaklda tuziladi. Budjet tashkilotlarining moliyaviy hisoboti budjet toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq tuziladi va taqdim etiladi. Moliyaviy hisobotning tarkibi va mazmuni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. (16-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-361-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi va beshinchi qismlarga almashtirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 686-modda) 17-modda. Umumlashtirilgan moliyaviy hisobot Shuʼba korxonalari, filiallari va vakolatxonalari boʻlgan korxonalar umumlashtirilgan moliyaviy hisobot tuzadi. Shuʼba korxonalarga qoʻshilgan hissalar bosh korxonaning moliyaviy hisobotida uning moliyaviy qoʻyilmalari sifatida aks ettiriladi. Yuridik shaxslar oʻz filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy boʻlinmalarini mustaqil balansga ajratishlari mumkin boʻlib, ularning balanslari va boshqa hisobot shakllarini oʻzlarining umumlashtirilgan hisobotiga kiritishlari shart. Umumlashtirilgan hisobotga bosh korxona, uning shuʼba korxonalari, filiallari va vakolatxonalarining moliyaviy hisobotlari ilova qilinadi. Umumlashtirilgan hisobot buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq tuziladi. Ushbu moddaning talablari vazirliklar, idoralar va budjet tashkilotlarining jamlama moliyaviy hisobotiga nisbatan tatbiq etilmaydi. 18-modda. Moliyaviy hisobotning hisobot davri 1-yanvardan 31-dekabrga qadar boʻlgan kalendar yil moliyaviy hisobotning hisobot davri hisoblanadi. Yangidan tashkil etilgan yuridik shaxslar uchun yuridik shaxs huquqi qoʻlga kiritilgan sanadan boshlab oʻsha yilning 31-dekabriga qadar boʻlgan davri yuridik shaxs hisoblanmaydiganlar uchun esa, uning davlat organlarida roʻyxatga olingan sanadan boshlab birinchi hisobot yili deb hisoblanadi. Agar yuridik (budjet tashkilotlaridan tashqari) shaxs 1-oktabrdan keyin roʻyxatga olingan boʻlsa, birinchi hisobot yili keyingi yilning 31-dekabrida tugaydi. (18-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-361-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 686-modda) Roʻyxatdan oʻtishga yoki yuridik shaxs huquqini qoʻlga kiritishga qadar amalga oshirilgan xoʻjalik operatsiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar birinchi hisobot yili moliyaviy hisobotiga kiritiladi. 19-modda. Moliyaviy hisobotni taqdim etish Moliyaviy hisobot quyidagilarga taqdim etiladi: soliq organlariga; taʼsis hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga; davlat statistika organlariga; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga. Moliya hisoboti hisobot yili boshdan qoʻshilib boruvchi jamlama tartibida yilning har choragida taqdim etiladi. (19-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-361-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 686-modda) Moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi buxgalteriya hisobining ayrim subyektlari uchun moliyaviy hisobotni taqdim etishning boshqa muddatlarini belgilashi mumkin. 20-modda. Moliyaviy hisobotni eʼlon qilish Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning yillik moliyaviy hisoboti manfaatdor banklar, birjalar, investorlar, kreditorlar va boshqa shaxslar uchun oshkora hisoblanadi. (20-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda) Aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek sugʻurta tashkilotlari, banklar va boshqa moliya tashkilotlari har yilgi moliyaviy hisobotni aksiyadorlarning yoki buxgalteriya hisobi subyektining boshqa yuqori boshqaruv organining yillik umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin ijobiy auditorlik xulosasi bilan birga eʼlon qilishi shart. (20-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda) 21-modda. Tugatish vaqtida moliyaviy hisobot Xoʻjalik yurituvchi subyekt tugatilgan vaqtda yakuniy moliyaviy hisobot tuziladi. Tugatish boʻyicha operatsiyalarni hisobga olish, tugatish balansi va hisobotni tuzish, aktivlar qiymatini aniqlash yuzasidan javobgarlik tugatish komissiyasi zimmasiga yuklanadi. Umidsiz qarzlar va zararlar tugatish balansiga kiritilmaydi. Majburiyatlar ularni uzish vaqtiga qadar hisoblangan foizlari bilan tugatish balansida aks ettiriladi. 22-modda. Buxgalteriya axborotining maxfiyligi Buxgalteriya hisobini yuritishda maxfiylikka rioya qilinadi. Buxgalteriya hisobi registrlarining mazmuni bilan tanishishga maʼmuriyat ruxsati bilan yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda yoʻl qoʻyiladi. Buxgalteriya hisobi registrlari bilan tanishishga ruxsat etilgan shaxslar ularning maxfiyligini saqlashlari shart. Maxfiylikni buzganlik qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishga sabab boʻladi. 23-modda. Buxgalteriya hujjatlarini saqlash Buxgalteriya hujjatlari va registrlar, mikrofilmlar yoki kompyuter hisobi moliyaviy maʼlumotlari kamida uch yil, moliyaviy hisobot esa qonun hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida saqlanadi. Buxgalteriya hujjatlarini olib qoʻyish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 24-modda. Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV Toshkent sh., 1996-yil 30-avgust, 279-I-son (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 142-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 18-son, 233-modda, 41-son, 543-modda, 52-son, 686-modda; 2014-y., 20-son, 222-modda; 2015-y., 52-son, 645-modda) |
Закон Республики Узбекистан О бухгалтерском учете Статья 1. Законодательство о бухгалтерском учете Отношения, связанные с организацией бухгалтерского учета и составлением отчетности, регулируются настоящим Законом и иными актами законодательства. Если международными договорами Республики Узбекистан установлены иные правила, чем те, которые содержатся в настоящем Законе, то применяются правила международных договоров. Статья 2. Цель и задачи бухгалтерского учета Целью бухгалтерского учета является обеспечение пользователей полной, достоверной, своевременной финансовой и другой бухгалтерской информацией. Задачами бухгалтерского учета являются: формирование на счетах бухгалтерского учета полных и достоверных данных о состоянии и движении активов, состоянии имущественных прав и обязательств; обобщение данных бухгалтерского учета в целях эффективного управления; составление финансовой, налоговой и иной отчетности. Статья 3. Субъекты бухгалтерского учета Субъектами бухгалтерского учета являются органы государственной власти и управления, юридические лица, зарегистрированные в Республике Узбекистан, их дочерние предприятия, филиалы, представительства и другие структурные подразделения, расположенные как на территории Республики Узбекистан, так и за ее пределами. Лица, занимающиеся предпринимательской деятельностью без образования юридического лица, ведут учет и представляют бухгалтерскую (финансовую) отчетность в порядке, предусмотренном законодательством. Статья 4. Объекты бухгалтерского учета Объектами бухгалтерского учета являются основные и текущие активы, обязательства, собственный капитал, резервы, доходы и расходы, прибыль, убытки и хозяйственные операции, связанные с их движением. Объекты бухгалтерского учета отражаются на синтетических счетах. Порядок ведения аналитического учета, устанавливается субъектом бухгалтерского учета самостоятельно. Статья 5. Регулирование бухгалтерского учета и отчетности Регулирование бухгалтерского учета и отчетности, разработка и утверждение стандартов бухгалтерского учета возлагаются на Министерство финансов Республики Узбекистан. Правила ведения бухгалтерского учета определяются стандартами бухгалтерского учета, включая стандарт упрощенного ведения бухгалтерского учета для субъектов малого и частного предпринимательства. Регулирование бухгалтерского учета и финансовой отчетности бюджетных организаций осуществляется на основе стандартов бюджетного учета, утверждаемых Министерством финансов Республики Узбекистан. (статья 5 дополнена частью третьей Законом Республики Узбекистан от 27 декабря 2013 года № ЗРУ-361 — СЗ РУ, 2013 г., № 52, ст. 686) Регулирование бухгалтерского учета и отчетности банков осуществляется Центральным банком в соответствии с законодательством. Статья 6. Основные принципы бухгалтерского учета Основными принципами бухгалтерского учета являются: ведение бухгалтерского учета методом двойной записи; непрерывность; денежная оценка хозяйственных операций, активов и пассивов; достоверность; начисление; предусмотрительность (осторожность); преобладание содержания над формой; сопоставимость показателей; нейтральность финансовой отчетности; соответствие доходов и расходов отчетного периода; фактическая оценка активов и обязательств. Статья 7. Организация бухгалтерского учета Организацию бухгалтерского учета и отчетности осуществляет руководитель предприятия, учреждения и организации. Руководитель имеет право: создавать службу бухгалтерского учета под руководством главного бухгалтера или пользоваться услугами бухгалтера, привлеченного на договорных условиях; делегировать на договорных условиях ведение бухгалтерского учета специализированной бухгалтерской фирме или отделу централизованного учета хозяйственного объединения, в состав которого входит субъект бухгалтерского учета; самостоятельно вести бухгалтерский учет. Руководитель обязан обеспечивать: разработку системы внутреннего учета и отчетности; порядок контроля хозяйственных операций; полный и достоверный бухгалтерский учет; сохранность учетных документов; подготовку финансового отчета для внешних пользователей; подготовку налоговых отчетов и других финансовых документов; своевременность расчетов. Статья 8. Право подписи Документы, служащие основанием для приема и выдачи денег, товарно-материальных и других ценностей, кредитные и расчетные обязательства предприятия, учреждения и организации, а также бухгалтерские отчеты и балансы подписываются руководителем или лицами им определяемыми. Руководитель утверждает два перечня лиц, имеющих право подписи. В первый перечень входят лица, осуществляющие руководящие функции, во второй — осуществляющие функции бухгалтерского учета и финансового управления. Документы без подписи лиц, указанных в части второй настоящей статьи, считаются недействительными. Статья 9. Первичные учетные документы Основанием для бухгалтерского учета хозяйственных операций являются первичные учетные документы, фиксирующие факты совершения операций и распоряжения на их проведение. Первичными учетными документами признаются также чеки платежных терминалов при оплате с использованием корпоративных пластиковых карт товаров (работ, услуг), приобретаемых хозяйствующими субъектами в сфере торговли и сервиса. (часть первая статьи 9 в редакции Закона Республики Узбекистан от 7 октября 2013 года № ЗРУ-355 — СЗ РУ, 2013 г., № 41, ст. 543) Первичные учетные документы составляются на момент совершения хозяйственных операций или после их проведения. Хозяйственные операции, относящиеся к отчетному периоду, на которые документы, подтверждающие факт их совершения, не получены, отражаются в бухгалтерском учете с оформлением соответствующего первичного документа. Обязательными реквизитами первичных учетных документов являются: наименование предприятия (учреждения); наименование и номер документа, дата и место его составления; наименование, содержание и количественное измерение хозяйственной операции (в натуральном и денежном выражении); личные подписи ответственных лиц. Лица, составившие и подписавшие первичные учетные документы, несут ответственность за своевременность и правильность, достоверность, а также за передачу их в установленные сроки для отражения в бухгалтерском учете. В первичные учетные документы не допускается внесение поправок, не подтвержденных участниками хозяйственной операции. В банковских и кассовых денежных документах исправления и помарки не допускаются. Статья 10. Регистры бухгалтерского учета Регистры бухгалтерского учета представляют собой журналы, ведомости, книги, утвержденные бланки (формы), которые ведутся в соответствии с правилами двойной записи. Регистры могут быть выполнены путем записей в виде машинограммы, полученной при использовании технических средств, а также на магнитных лентах, дисках, дискетах и иных машинных носителях. Порядок формирования регистров регулируется стандартами бухгалтерского учета. Внесение в регистры бухгалтерского учета неподтвержденных исправлений не допускается. Статья 11. Инвентаризация активов и обязательств Правильность и достоверность данных бухгалтерского учета и отчетности подтверждаются обязательным проведением инвентаризации активов и обязательств. Объекты, порядок и сроки проведения инвентаризации определяются стандартом бухгалтерского учета по инвентаризации. Статья 12. Оценка активов и обязательств Оценка оборотных активов осуществляется по низшей из двух оценок — по фактической себестоимости (цене приобретения или производственной себестоимости) или по рыночной цене (чистой стоимости реализации) на дату составления баланса. Основные средства и нематериальные активы учитываются по их полной первоначальной стоимости. Списание стоимости основных средств и нематериальных активов осуществляется путем начисления износа (амортизации) до полного погашения их стоимости или выбытия объекта. Амортизационные отчисления производятся с месяца следующего за вводом в эксплуатацию объекта. Стоимости земли амортизации не подлежит. Финансовые вложения учитываются в соответствии со стандартами бухгалтерского учета. Обязательства отражаются в денежном выражении в соответствии с соглашением сторон. Обязательства, возникшие по решению суда, отражаются в соответствующей сумме. Потенциальные обязательства отражаются по реальной предварительной оценке. Бухгалтерский учет ведется в национальной валюте — сумах. Оценка активов и обязательств бюджетных организаций осуществляется в соответствии со стандартами бюджетного учета. (статья 12 дополнена частью девятой Законом Республики Узбекистан от 27 декабря 2013 года № ЗРУ-361 — СЗ РУ, 2013 г., № 52, ст. 686) Статья 13. Учет доходов и расходов Доходы и расходы отражаются в отчетном периоде, к которому они относятся, независимо от времени оплаты и даты поступления денег, в соответствии со стандартами бухгалтерского учета. Доходы и расходы по исполнению Государственного бюджета Республики Узбекистан и бюджетов государственных целевых фондов отражаются в том периоде, в котором они поступили или оплачены, в соответствии со стандартами бюджетного учета. (статья 13 дополнена частью второй Законом Республики Узбекистан от 27 декабря 2013 года № ЗРУ-361 — СЗ РУ, 2013 г., № 52, ст. 686) Статья 14. Учет собственного капитала Собственный капитал состоит из уставного, добавленного, резервного капитала и нераспределенной прибыли. Уставный капитал отражает совокупность вкладов (в денежном выражении), определенных учредительными документами. Материальные и нематериальные активы, вносимые в счет вкладов в уставный капитал, оцениваются и учитываются по соглашению учредителей или решению исполнительного органа юридического лица. Добавленный капитал отражает эмиссионный доход, получаемый при первичной продаже акций по ценам, превышающим номинальную стоимость. Резервный капитал отражает инфляционные резервы, образующиеся при переоценке имущества, а также стоимость безвозмездно полученного имущества. Нераспределенная прибыль отражает накопление прибыли и может быть зачислена в уставный капитал по решению собственников. Статья 15. Учет залога Стоимость имущества, включая денежные средства, переданного в залог для обеспечения своих или чужих обязательств, учитывается предприятием отдельно от других активов. Стоимость имущества, полученного в залог, денежные средства и валютные ценности, принятые в качестве залога, отражаются в учете на отдельных забалансовых счетах. Статья 16. Финансовая отчетность Финансовая отчетность составляется на основе данных бухгалтерского учета. Финансовая отчетность включает: бухгалтерский баланс; отчет о финансовых результатах; (абзац четвертый части второй статьи 16 исключен Законом Республики Узбекистан от 30 апреля 2013 года № ЗРУ-352 — СЗ РУ, 2013 г., № 18, ст. 233) отчет о денежных потоках; отчет о собственном капитале; примечания, расчеты и пояснения. Финансовая отчетность субъектами малого и частного предпринимательства составляется по упрощенной форме. Финансовая отчетность бюджетных организаций составляется и предоставляется в соответствии с бюджетным законодательством. Структура и содержание финансовой отчетности определяются Министерством финансов Республики Узбекистан. (часть четвертая статьи 16 заменена частями четвертой и пятой Законом Республики Узбекистан от 27 декабря 2013 года № ЗРУ-361 — СЗ РУ, 2013 г., № 52, ст. 686) Статья 17. Консолидированная финансовая отчетность Предприятия, имеющие дочерние предприятия, филиалы и представительства, составляют консолидированную финансовую отчетность. Вклады в дочерние предприятия отражаются в финансовой отчетности головного предприятия как его финансовые вложения. Юридические лица могут выделять на самостоятельный баланс свои филиалы, представительства и другие структурные подразделения с обязательным включением их балансов и других отчетных форм в свою консолидированную отчетность. К консолидированной отчетности прилагается финансовая отчетность головного предприятия, его дочерних предприятий, филиалов и представительств. Консолидированная отчетность составляется в соответствии со стандартами бухгалтерского учета. Требования данной статьи не распространяются на сводную финансовую отчетность министерств, ведомств и бюджетных организаций. Статья 18. Отчетный период финансовой отчетности Отчетным периодом финансовой отчетности является календарный год с 1 января по 31 декабря. Первым отчетным годом для вновь созданных юридических лиц считается период с даты приобретения права юридического лица по 31 декабря того же года, а не являющихся юридическими лицами — с даты их регистрации в государственных органах. Если юридическое лицо (кроме бюджетных организаций) зарегистрировано после 1 октября, первый отчетный год завершается 31 декабря следующего года. (часть третья статьи 18 в редакции Закона Республики Узбекистан от 27 декабря 2013 года № ЗРУ-361 — СЗ РУ, 2013 г., № 52, ст. 686) Данные о хозяйственных операциях, проведенных до регистрации или приобретения прав юридического лица, включаются в финансовую отчетность первого отчетного года. Статья 19. Предоставление финансовой отчетности Финансовая отчетность предоставляется: налоговым органам; собственникам в соответствии с учредительными документами; органам государственной статистики; другим органам в соответствии с законодательством. Финансовая отчетность предоставляется ежеквартально с нарастающим итогом с начала отчетного года. (часть третья статьи 19 исключена Законом Республики Узбекистан от 27 декабря 2013 года № ЗРУ-361 — СЗ РУ, 2013 г., № 52, ст. 686) Сроки предоставления финансовой отчетности устанавливаются Министерством финансов Республики Узбекистан. Для отдельных субъектов бухгалтерского учета Кабинетом Министров Республики Узбекистан могут устанавливаться иные сроки предоставления финансовой отчетности. Статья 20. Публикация финансовой отчетности Годовая финансовая отчетность хозяйствующих субъектов является открытой для заинтересованных банков, бирж, инвесторов, кредиторов и других лиц. (часть первая статьи 20 в редакции Закона Республики Узбекистан от 14 мая 2014 года № ЗРУ-372 — СЗ РУ, 2014 г., № 20, ст. 222) Акционерные общества, а также страховые организации, банки и другие финансовые организации обязаны публиковать ежегодную финансовую отчетность вместе с положительным аудиторским заключением не позднее чем за две недели до даты проведения годового общего собрания акционеров или иного высшего органа управления субъекта бухгалтерского учета. (часть вторая статьи 20 в редакции Закона Республики Узбекистан от 29 декабря 2015 года № ЗРУ-396 — СЗ РУ, 2015 г., № 52, ст. 645) Статья 21. Финансовая отчетность при ликвидации При ликвидации хозяйствующего субъекта составляется заключительная финансовая отчетность. Ответственность за учет операций по ликвидации, составление ликвидационного баланса и отчетности, определение стоимости активов возлагается на ликвидационную комиссию. Безнадежные долги и убытки в ликвидационный баланс не включаются. Обязательства отражаются в ликвидационном балансе с процентами, начисленными к моменту их погашения. Статья 22. Конфиденциальность бухгалтерской информации При ведении бухгалтерского учета соблюдается конфиденциальность. Ознакомление с содержанием регистров бухгалтерского учета допускается с разрешения администрации или в случаях, предусмотренных законодательством. Лица, получившие доступ к регистрам бухгалтерского учета, обязаны сохранить конфиденциальность. Нарушение конфиденциальности влечет ответственность в установленном законом порядке. Статья 23. Хранение бухгалтерских документов Бухгалтерские документы и регистры, микрофильмы или финансовые данные компьютерного учета хранятся не менее трех лет, а финансовая отчетность — в течение срока, определенного законодательством. Изъятие бухгалтерских документов производится в соответствии с законодательством. Статья 24. Ответственность за нарушение законодательства о бухгалтерском учете Лица, нарушившие законодательство о бухгалтерском учете, несут ответственность в установленном порядке. Президент Республики Узбекистан И. КАРИМОВ г. Ташкент, 30 августа 1996 г., № 279-I (Ведомости Олий Мажлиса Республики Узбекистан, 1996 г., № 9, ст. 142; Собрание законодательства Республики Узбекистан, 2013 г., № 18, ст. 233, № 41, ст. 543, № 52, ст. 686; 2014 г., № 20, ст. 222; 2015 г., № 52, ст. 645) |