Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda ekvivalent bo‘lmagan tovar ayirboshlashni bartaraf etish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Barter asosida amalga oshiriladigan eksport-import operatsiyalari bo‘yicha tartib buzilishlari va suiiste’molliklarga chek qo‘yish to‘g‘risida” 1993-yil 9-iyuldagi farmonini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 28-avgustdagi 343-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
ilovaga muvofiq barter asosida eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish va barter shartnomalari bo‘yicha chet el valyutasida olingan tushumga solinadigan soliqni to‘lash tartibi.
1993-yilning 25-mayigacha tuzilgan barter shartnomalari chet el valyutasida olingan tushumga solinadigan soliqni to‘lamasdan nihoyasiga yetkaziladi;
mazkur qarorning amal qilishi tovar oboroti davlatlararo va hukumatlararo bitimlar va shartnomalar bilan tartibga solinadigan chet mamlakatlar firmalari va sobiq SSSRning subyektlari bo‘lgan davlatlar korxonalari bilan tuzilgan barter shartnomalariga joriy qilinmaydi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgalikda o‘n kun muddatda barter shartnomalarini hisobga olish uchun maxsus hisob raqamlari ochish tartibini ishlab chiqsin.
4. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, davlat bojxona qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi bilan birgalikda barter shartnomalarining bajarilishi to‘g‘risidagi hisobot shaklini o‘n kun muddatda ishlab chiqsin.
5. Vazirlar Mahkamasi majmuilarining rahbarlari mazkur qaror qoidalarini buzganlik uchun shaxsan javob berishlari haqida ogohlantirilsinlar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasiga aniqlangan tartib buzilishlari va ularning oldini olish yuzasidan qurilgan choralar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasini muntazam ravishda xabardor qilib turish tavsiya qilinsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq bosh boshqarmasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki o‘zlarining yo‘riqnoma va me’yoriy hujjatlarini mazkur qarorga moslashtirsinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga yuklatilsin.
1. Kelishib olingan miqdordagi bir tovarni boshqa bir tovarga o‘zaro hisob-kitoblarni valyutada amalga oshirmasdan almashtirishni nazarda tutuvchi shartnoma barter shartnomasi hisoblanadi. Shartnomada o‘zaro yetkazib beriladigan tovarlarning miqdori va qiymati yoxud tomonlar ekvivalentlik asosida yetkazib berish majburiyatini olgan tovarlarning summasi oldindan kelishib qo‘yiladi.
2. O‘zaro yetkazib beriladigan tovarlarning qiymatini aniqlashda narxlar jahon narxlari asosida transportga ortish, sug‘urta qilish xarajatlari va yetkazib berish muddatlari hisobga olingan holda belgilanadi.
3. Barter shartnomasi asosida olib ketiladigan tovarlarning chet el valyutasidagi qiymati summasi soliq solish obyekti hisoblanadi. Soliq solinadigan baza Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 25-maydagi 251-son qarori bilan tasdiqlangan chet el valyutasida olingan tushumga solinadigan soliqni hisoblab chiqish va to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizomga muvofiq hisoblab chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan ruxsat etilgan barter shartnomasi markazlashtirilgan tartibda amalga oshiriladigan barter shartnomasi hisoblanadi.
5. Vazirlar Mahkamasi “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasining respublikaning birinchi navbatdagi ehtiyojlari uchun markazlashtirilgan tartibda xarid qilinadigan tovarlar hajmlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishib olingan takliflarini tasdiqlaydi.
6. Vazirlar Mahkamasining farmoyishlariga muvofiq markazlashtirilgan tartibda amalga oshiriladigan barter shartnomalari bo‘yicha chet el valyutasida olingan tushumdan soliq undirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Korxonalar, birlashmalar, uyushmalar va konsernlarning ehtiyojlari uchun markazlashtirilgan tartibda tovarlar xarid qilish maqsadida buyurtmachilar Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga murojaat qiladilar, uning xulosalari asosida belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi chiqariladi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida markazlashtirilgan tartibda amalga oshiriladigan barter shartnomalarini hisobga olish uchun Respublika valyuta fondining maxsus hisobi ochiladi.
9. Barter shartnomasi bo‘yicha tovar yetkazib berish bojxona organlariga barter shartnomasining Respublika valyuta fondining maxsus hisobida ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida bank ma’lumotnomasi taqdim etilgandan so‘ng shartnoma shartlariga va Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
10. Bojxona organlari eksport-import qilinadigan tovarlarni rasmiylashtirgandan so‘ng har oyda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga yig‘ma reyestrlarni, shuningdek, barter operatsiyalari to‘g‘risidagi yig‘ma hisobotlarni “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasiga yuboradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Barter shartnomalari bo‘yicha eksportga tovar yetkazib berish uchun tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilari tovarni ro‘yxatga olish varaqasida belgilangan nomenklatura bo‘yicha mustaqil ravishda qidirib topadilar. 1-ro‘yxatdagi tovarlarni barter shartnomasi bo‘yicha O‘zbekistondan chetga olib ketish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari o‘z mintaqalarining talablaridan kelib chiqib, barter shartnomalari bo‘yicha keltirish uchun tavsiya qilingan tovarlar nomenklaturasini belgilaydilar. Bunda 2-ro‘yxatda keltirilgan tovarlarga ko‘proq ustunlik berilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Barter shartnomasini ro‘yxatga olish viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tegishli bo‘linmalari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining bo‘linmalari va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining mintaqa bo‘limlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
14. Barter shartnomasi bo‘yicha mahsulot yetkazib berish tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi tomonidan bojxona organlariga o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankda barter shartnomasini hisobga olish uchun maxsus hisob ochilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma topshirilgandan so‘ng shartnoma shartlariga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Bojxona qo‘mitasining hududiy organlari eksport-import qilinadigan tovarni rasmiylashtirganlaridan so‘ng har oyda yig‘ma reyestrni tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisining bankiga va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga, shuningdek, barter operatsiyalari to‘g‘risidagi yig‘ma hisobotni “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmalariga yuboradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi barter shartnomasi bo‘yicha eksport-import operatsiyalari tugagandan so‘ng o‘n kun muddatda o‘z valyuta mablag‘laridan yoki valyutani valyuta bozoridan sotib olish hisobiga Respublika valyuta fondiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tegishli valyuta fondlariga belgilangan tartibda soliq to‘laydi.
17. Chet el valyutasida olingan tushumga solinadigan soliq o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisiga nisbatan chet el valyutasida olingan tushumga solinadigan soliqni hisoblab chiqish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomda nazarda tutilgan sanksiyalar qo‘llaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Mazkur tartibni buzgan tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy sanksiyalar qo‘llaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Ushbu tartibni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalar Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi tomonidan nashr etiladi.