Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.02.2004 05.10.1993 yildagi 481-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.02.2004
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON HAVO TRANSPORTI EKSPLUATANTLARINI SERTIFIKATSIYA QILISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-fevraldagi 90-son “Oʻzbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksiga, sifat boʻyicha xalqaro standartlarga, Xalqaro aviatsiya tashkiloti (IKAO)ning tavsiyalariga muvofiq va boshqaruv faoliyatini markazlashtirishdan chiqarish jarayonida parvozlarning xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, isteʼmolchilarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksining davlat boshqaruvi va parvozlarning xavfsizligini nazorat qilishga oid qismida bayon qilingan Aviatsiya maʼmuriyati funksiyasi “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining Davlat boshqaruvi va nazorati bosh inspeksiyasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston fuqaro aviatsiyasida Havo transporti ekspluatantlarini sertifikatsiya qilish joriy etilsin. Sertifikatsiya qilish havo transportidan foydalanishni tartibga soluvchi amaldagi qoidalar, yoʻriqnomalar va boshqa normativ hujjatlar boʻyicha amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzdavstandart” bilan “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining Davlat boshqaruvi va nazorati bosh inspeksiyasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik qilish toʻgʻrisida tuzilgan bitim maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi foydalanuvchi sertifikatsiya tartib-qoidalari va ekspluatantlarga yoʻl-yoʻriq berish boʻyicha dasturulamalni tasdiqlasin va uni, idoraviy boʻysunishi va mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, barcha aviatsiya tashuvchilariga yetkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangidan tashkil etiladigan ekspluatantlar ishlab chiqarish faoliyati boshlangunga qadar sertifikatsiya qilinadi. Ekspluatant guvohnomasi (sertifikat) ularga ishlab chiqarish-texnika negizi, havo kemalari va boshqa asbob-uskunalar tashkil etishning texnologik jarayonlarining huquqiy holati, parvozlarning bajarilishi va ularni taʼminlash, aviatsiya xodimlarining tayyorgarlik darajasi amaldagi talablarga muvofiqligi tekshirilgandan keyin beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat koʻrsatayotgan ekspluatantlar 1993-yil 1-dekabrga qadar guvohnoma olish uchun buyurtmanoma berishlari kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 19-apreldagi 215-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari oʻrtoq. K. N. Toʻlaganov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 5-oktabr.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
481-son