Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 29.12.1994 yildagi 627-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BOShOQLI DON EKINLARI SELEKSIYASI VA URUGʻChILIGINI YaXShILASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshoqli don ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligini yaxshilash hamda ularning hosildorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining urugʻchilik xoʻjaliklari tomonidan 1995-yil hosilidan 52 ming tonna hajmdagi navli urugʻlarni davlat resurslariga sotish va urugʻchilik xoʻjaliklarini viloyatlar boʻyicha 1 va 2-ilovalarga* koʻra joylashtirish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, respublika xoʻjaliklari tomonidan 1995-yil hosilidan 286,4 ming tonna miqdorida boshoqli don ekinlari urugʻi 3-ilovaga* muvofiq toʻplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi, “Gʻalla” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi, 1995-yil hosilidan boshlab, har yili ixtisoslashtirilgan urugʻchilik xoʻjaliklariga, uchastkalar va brigadalarga elita va birinchi reproduksiya urugʻlarni 4-ilovaga* muvofiq miqdorlarda sotishni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo viloyatlari hokimliklari “Gʻalla” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga dastlabki urugʻchilikni tashkil etish uchun 400-500 gektardan sugʻoriladigan yer maydonlari ajratsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Buxoro, Qashqadaryo, Andijon viloyatlarida gʻalla ilmiy-tadqiqot institutining boʻlimlarini tashkil etish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Urugʻchilik xoʻjaliklarining boshoqli don ekinlari urugʻlari yetishtirishdagi manfaatdorliklarini oshirish maqsadida don uchun amaldagi xarid narxlariga elita urugʻlar sotishda — 150 foiz, birinchi reproduksiya urugʻlarni sotishda — 120 foiz, ikkinchi-uchinchilarga — 100 foiz, toʻrtinchi-beshinchilarga — 50 foiz miqdorida ustamalar belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzmashsanoat” uyushmasi urugʻchilik xoʻjaliklarini urugʻ tayyorlash uchun ularning buyurtmalariga koʻra urugʻ tozalovchi texnika, boshqa mashina va mexanizmlar bilan taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi fan va texnika davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi don ekinlari seleksiyasi boʻyicha tadqiqotlarni kengaytirish, ilmiy negizni mustahkamlash va respublikada urugʻchilikni rivojlantirish uchun har yili zarur boʻlgan mablagʻ va moddiy resurslar ajratishni nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 29-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
627-son