Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 22.11.1993 yildagi 570-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RESPUBLIKADA ISTE’MOL BOZORINI HIMOYA QILISh VA PUL MUOMALASINI MUSTAHKAMLASh BORASIDAGI QO‘ShIMChA ChORALAR TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SSSR Davlat banki va Rossiya Bankining 1961—1992-yillar nusxasidagi qog‘oz pullari sobiq SSSRning amalda barcha mamlakatlarida muomaladan to‘xtatilganligi munosabati bilan va respublikada ichki iste’mol bozorini himoya qilish hamda pul muomalasini mustahkamlash maqsadida, shuningdek, mazkur masala yuzasidan ilgari qabul qilingan qarorlarga qo‘shimcha ravishda Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qo‘yilsinki, 1993-yilning noyabr oyi uchun navbatdagi ish haqi va boshqa pul to‘lovlari shu yilning 29-noyabridan boshlab to‘liq “So‘m-Kuponlar” bilan to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1993-yilning 1-dekabridan O‘zbekiston Respublikasining hududida SSSR Davlat bankining 1961—1992-yillar nusxasidagi qiymati 200, 500 va 1000 rubl bo‘lgan qog‘oz pullarini barcha turdagi to‘lovlarga qabul qilish to‘xtatilishi belgilab qo‘yilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining qo‘lida muomalada bo‘lgan mazkur qiymatlardagi qog‘oz pullardan quyidagicha foydalanish mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1993-yilning 1-dekabrigacha — Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 12-noyabrdagi 550-son qaroriga muvofiq (ushbu qarorning 1-ilovasiga kirmagan, qiymati 25 ming rublgacha bo‘lgan tovarlar va xizmatlar haqini to‘lashda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Jamg‘arma bankining hamma muassasalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining doimiy propiskasi bo‘lgan fuqarolaridan quyidagi tartibda qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— birinchi marta omonatga pul qo‘yuvchi fuqarolar uchun pullar 200 ming rublgacha miqdorda - 1993-yil 4-dekabrgacha qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— shaxsiy schyotlari bo‘lgan fuqarolar uchun 1993-yilning 1-dekabridan 4-dekabrigacha o‘z omonatlarini 200, 500, 1000 rubllik pullar bilan 200 ming rublga qadar yetkazib to‘ldirishlariga ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— 200 ming rubldan oshadigan mablag‘ 1993-yilning 4-dekabriga qadar alohida maxsus foizsiz schyotga cheklovlarsiz o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki 1993-yilning 1-dekabridan boshlab SSSR Davlat bankining 1961—1992-yillar nusxasidagi qiymati 200, 500 va 1000 rubl bo‘lgan qog‘oz pullarini muomalaga chiqarishni to‘xtatsin hamda korxonalar, birlashmalar, tashkilotlarning shu qiymatdagi qog‘oz pullarning kassalardagi qoldiqlarini topshirish tartibini belgilasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 27-dekabrdagi 611-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi, Markaziy banki va Jamg‘arma banki aholining omonatlaridan “So‘m-Kuponlar” berish tartibi va muddatlari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki, Jamg‘arma banki, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ushbu qarorning ijrosi ustidan qattiq nazoratni ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 22-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
570-son