Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.10.2025 11.08.1993 yildagi 404-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.10.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGINING YONGʻINDAN SAQLASH OLIY TEXNIK MAKTABINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PQ-310-sonli “Favqulodda vaziyatlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yongʻin xavfsizligi mutaxassislarini qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish va Oʻzbekiston ichki ishlar vazirligi oʻquv yurtlari tuzilmasini eng maqbul holga keltirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yongʻin xavfsizligi muhandislari Toshkent fakulteti va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining yongʻin xavfsizligi mutaxassislarini tayyorlash va ichki ishlar organlari boshliqlari tarkibi malakasini oshirish boʻyicha Toshkent yongʻindan saqlash texnik bilim yurti negizida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yongʻindan saqlash oliy texnik maktabi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yongʻindan saqlash oliy texnik maktabini tashkil etish birlashtiriladigan oʻquv yurtlari doimiy va oʻzgaruvchan tarkibning amaldagi umumiy soni doirasida amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda bir oy muddatda Yongʻindan saqlash oliy texnik maktabining Ustavini va tuzilmasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yongʻindan saqlash oliy texnik maktabini 1993-yilda moliyaviy taʼminlashni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligini mablagʻ bilan taʼminlash uchun ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga 1993-1994-yillarda Yongʻindan saqlash oliy texnik maktabining oʻquv-laboratoriya binosi qurilishini nihoyasiga yetkazish uchun mablagʻ binosi ajratish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 11-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
404-son