Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 29.07.1993 yildagi 377-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IShLAR VAZIRLIGI UChUN OBYEKTLAR QURISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi uchun obyektlar qurishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Baynalminal ko‘chasidagi istirohat bog‘i tegrasidagi qurilishi tugallanmagan obyektlar Tashqi ishlar vazirligi uchun chet el delegatsiyalarini qabul qilish binolariga moslashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Baynalminal ko‘chasidagi istirohat bog‘i tegrasidagi obyektlar va 50 avtomashinaga mo‘ljallangan garaj qurilishini tugallash bo‘yicha buyurtmachi etib Toshkent shahar hokimligining kapital qurilish bosh boshqarmasi, bosh pudratchi tashkiloti etib “Toshkent qurilish” davlat korporatsiyasi, bosh loyihalashtiruvchi etib O‘zbekiston shaharlar qurilishini loyihalashtirish ilmiy-tadqiqot instituti belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha-smeta hujjatlarini topshirishni tugallash muddatlari — 1993-yil noyabr oyi, qurilish ishlarini tugallash — 1994-yil iyun oyi deb belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi istirohat bog‘i tegrasidagi obyektlar va 50 avtomashinaga mo‘ljallangan garaj qurilishini 1994-yilda tugallash uchun Toshkent shahar hokimligining kapital qurilish bosh boshqarmasiga budjetdan zarur kapital mablag‘lar, shu jumladan, xorijiy asbob-uskunalar va materiallar, shuningdek, rasmiy delegatsiyalarga xizmat ko‘rsatish uchun transport vositalarini sotib olish uchun hisob-kitoblarga muvofiq erkin almashtiriladigan valyutada mablag‘lar ajratishni nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Obyektlarni foydalanishga topshirishni jadallashtirish maqsadida “O‘zsanoatqurilishbank”ka mazkur qurilishga Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 21-iyundagi 300-son qarori bilan ajratilgan kapital mablag‘lapni 1993-yilda imtiyozli ravishda moliyaviy ta’minlashga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi obyektlarni chet el delegatsiyalarini qabul qilish binolariga moslashtirish shartlari (loyihalashtirish uchun topshiriq)ni kelishib olsin hamda loyihalashtirish va qurilish davrida xalqaro Standart me’yorlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “O‘zshartnomasavdo” va “O‘zbeksavdo” davlat uyushmalari, “O‘zqurilishmateriallari” konserni zimmasiga o‘z nomenklaturalari bo‘yicha zarur materiallar, asbob-uskunalar va transport vositalarini hisob-kitoblarga muvofiq yetkazib berish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, “O‘zdavteleradio” kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi, hukumat aloqasi xizmati Chet el delegatsiyalarini qabul qilish uyiga xizmat ko‘rsatish va undan foydalanishning texnik shartlarini bersinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Toshkent shahar hokimligi kapital qurilish bosh boshqarmasi qurilish tugallangandan keyin obyektlarni foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi balansiga o‘tkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari o‘rtoq K. N. To‘laganov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 29-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
377-son