Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 13.12.1994 yildagi 601-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VILOYAT TASARRUFIDAGI ShAHARLARDA JOYLAShGAN O‘ZBEKBIRLAShUV TIZIMIDAGI NON PIShIRISh KORXONALARINI “O‘ZDONMAHSULOT” DAVLAT KORPORATSIYASI TARKIBIGA O‘TKAZISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini non va non-bulka mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekbirlashuv tizimidagi ayrim non pishirish korxonalarining 1995-yil 1-yanvardagi barcha aktivlari va passivlari bilan “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi tarkibiga ixtiyoriy ravishda kirish to‘g‘risidagi taklifi 1-ilovaga* muvofiq qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekbirlashuv Boshqaruvi ko‘rsatib o‘tilgan non pishirish korxonalari aksiyalarining nazorat paketini, keyinchalik ularni boshqarish huquqini shartnoma asosida “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasiga bergan holda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasiga sotish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi ko‘rsatib o‘tilgan non pishirish korxonalari bilan tomonlarning o‘zaro majburiyatlari to‘g‘risida shartnoma-bitimlarni tuzishda “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasiga yordam bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Non pishirish korxonalarini texnik qayta jihozlash, rekonstruksiya qilish va mukammal tuzatish bo‘yicha tashkiliy-texnikaviy tadbirlar 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1995 va keyingi yillar uchun investitsiya dasturini shakllantirishda “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasining non pishirish korxonalariga texnik qayta jihozlash, rekonstruksiya qilish va rivojlantirish bo‘yicha takliflarini hisobga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi xususiylashtirilgan korxonalari qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yo‘naltiriladigan mablag‘larni 1995 va keyingi yillarda “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasiga qarz sifatida belgilangan tartibda ajratishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “O‘zmashsanoat”, “O‘zeltexsanoat” uyushmalari va Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi buyurtmasiga ko‘ra non pishirish korxonalarini jihozlash uchun pech-rasstoyka agregatlari to‘lanmalari, xamir va suyuq xamirturush tayyorlash liniyalari, tarozi uskunalari va maxsus asbob-uskunalarni ko‘plab ishlab chiqarishni tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasi yangi ishga tushirilayotgan non pishirish korxonalarini gaz bilan ta’minlashga va ishlab turgan non pishirish korxonalarining gazdan foydalanib ishlashga o‘tishiga ruxsat bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi un yetkazib berishni uzluksiz ta’minlash, non va non-bulka mahsulotlarini tashish uchun “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasiga shartnoma asosida qo‘shimcha maxsus avtotrans ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekbirlashuv bir oy muddatda “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasiga un va nonni tashishga ixtisoslashtirilgan avtotransportni shartnoma asosida bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi texnik qayta jihozlashni, rekonstruksiya qilishni amalga oshirish va ishlatish ehtiyojlari uchun “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasiga 1995 va undan keyingi yillarda metall prokati va boshqa zarur moddiy-texnika resurslarini kontrakt asosida xarid qilishda yordam bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi ijro etuvchi apparati xodimlarining soni 3 nafarga ko‘paytirilsin va 185 nafar miqdorida (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari viloyat tasarrufidagi shaharlar aholisini non va non-bulka mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida non pishirish korxonalariga moddiy-texnik yordam va ko‘mak bersinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Mutalov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 13-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
601-son