Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.10.2021 05.08.2005 yildagi PQ-147-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.10.2021
Hujjat 05.08.2005 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BANKLARDAGI DEPOZIT HISOBVARAQLARDAN NAQD PUL TOʻLOVLARINI UZLUKSIZ TAʼMINLASh KAFOLATLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-oktabrdagi PF-6325-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari va ularning filiallari aholi hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mablagʻlarini depozitlarga jalb etib, ularni aylanmaga qoʻyib va shu hisobdan bank daromad olib, amalda omonatchilar hisobiga manfaat koʻrib, ayni vaqtda oʻzlarining omonatchilar oldidagi toʻgʻridan toʻgʻri majburiyatlarini aniq bajarmasdan, ularning qonuniy talablari va ehtiyojlariga befarq qarayotganliklari, buning ustiga omonatchilarning buyurtmalarini qondirish chogʻida oʻz mavqeyini suiisteʼmol qilib, ularning manfaatlarini pisand qilmasliklari mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan holatlar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining viloyat va shahar boʻlimlari faoliyatida ham xuddi shunday holatlar mavjuddir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni nazarda tutish kerakki, bunday munosabat banklarga nisbatan ishonchga putur yetkazmoqda, omonatchilarning asosli noroziligiga sabab boʻlmoqda, aholi, tadbirkorlar va biznesmenlarni, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning boʻsh mablagʻlarini tijorat banklaridagi depozitlarga qoʻyishni cheklab, ularni jalb etishni ragʻbatlantirmaydi, naqd pulning bankdan tashqari aylanmasini qisqartirishga yordam bermaydi, butun pul muomalasi tizimini beqarorlashtirib mamlakatga katta iqtisodiy ziyon yetkazmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni batamom tugatish, naqd pul muomalasini yanada mustahkamlash, naqd pul mablagʻlarining bankdan tashqari aylanmasini qisqartirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning banklardagi depozit hisobvaraqlaridan naqd pullar banklar tomonidan uzluksiz berib borilishini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tijorat banklari tomonidan aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning boʻsh pul mablagʻlarini banklardagi depozit hisobvaraqlarga jalb etishni ragʻbatlantirish hamda birinchi talab boʻyicha ularning hisobvaraqlaridan naqd pullar cheklovsiz berilishini amalga oshirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar qoniqarsiz deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari xodimlarining byurokratik, sansalorlik, loqaydlik va taʼmagirlik hollarini juda qisqa muddatlarda tugatish uchun qonunda va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda unga berilgan barcha taʼsir koʻrsatish mexanizmlari va vositalaridan keng foydalansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari 2005-yilning 1-sentabrigacha aholi, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, jismoniy va yuridik shaxslarga ularning talabi boʻyicha naqd pullar uzluksiz berilishini taʼminlash maqsadida banklardagi depozit hisobvaraqlarda boʻlgan pul mablagʻlarini berish tartibi va amaldagi nizomni qayta koʻrib chiqish borasida zarur choralar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarga depozit hisobvaraqlardan naqd pullar uzluksiz berilishi tijorat banklarining chorak, yarim yillik va yillik ish yakunlarini sarhisob qilishda ular faoliyati samaradorligi va ishonchliligini baholashning eng muhim mezonlaridan biri deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklarining, ish yakunlarini koʻrib chiqish vaqtida, aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarga banklarning depozit hisobvaraqlaridan naqd pullarni kechiktirmay toʻlash borasida oʻrnatilgan tartib bir necha marta (oyiga uch martadan koʻproq) buzilgan taqdirda tijorat banklari hududiy boʻlimlari va filiallarining rahbarlari egallab turgan lavozimidan ozod qilinishi lozimligi toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Naqd pul mablagʻlari uzluksiz berib borilishini taʼminlash uchun tijorat banklarining rahbarlari hamda mansabdor shaxslarini ragʻbatlantirish va javobgarligini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki naqd pul mablagʻlari berishni muntazam kechiktirish hollari mavjud boʻlganida tijorat banklariga nisbatan qattiq javobgarlik choralari, hatto bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyani qaytarib olish choralarini qoʻllasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Naqd pullar uzluksiz toʻlanishini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari oʻz boʻlinmalarida naqd pul mablagʻlariga boʻlgan talab tezkorlik bilan toʻldirilishini va mijozlarning buyurtmalari qondirilishini taʼminlaydigan naqd pul zaxirasini yaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki naqd pullarning mintaqaviy zaxira jamgʻarmalarini tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarini ularning Markaziy bankdagi vakillik hisobvaraqlaridagi mablagʻlar doirasida, zarur hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisob-kitob-kassa markazlaridagi zaxira jamgʻarmalaridan foydalangan holda naqd pul mablagʻlari bilan cheklanmagan miqdorda taʼminlab tursin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
naqd pulga boʻlgan talabni uzluksiz taʼminlashni nazarda tutib, respublika mintaqalari oʻrtasida naqd pul mablagʻlarini tezkor qayta taqsimlashni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari bilan birgalikda tijorat banklarining filiallaridagi naqd pul zaxiralari hajmining eng kam miqdorini tasdiqlasin hamda majburiy zaxiralar boʻyicha talablarni hisob-kitob qilish chogʻida umuman bank boʻyicha amaldagi zaxiralar summasini hisobga olsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz tuzilmalarida naqd pul mablagʻlari berilishi monitoringi boʻyicha maxsus boʻlinmalar tashkil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
naqd pulni qonuniy berishdan bosh tortish hollari qayd etilishi va nazorat qilinishi yuzasidan indikatorlar ishlab chiqsin va shular asosida tegishli oylik hisobotni joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar mazkur boʻlinmalarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kundalik naqd pul mablagʻlari kelib tushishi ustidan doimiy monitoringni amalga oshirish, shuningdek naqd pul hisob-kitoblarining holatini tahlil qilish, naqd mablagʻlarni toʻlash holati, ularni berishni kechiktirish hollari mavjudligi toʻgʻrisida har oylik hisobotlarni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
naqd pul zaxiralari holati va ulardan foydalanishni tezkorlik bilan boshqarish, shuningdek boʻsh naqd mablagʻlar yetarli hajmda boʻlishini taʼminlash maqsadida ulardan oqilona foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank mijozlarining naqd pul mablagʻlarini cheklovsiz va uzluksiz berish masalalari boʻyicha murojaat va shikoyatlarini koʻrib chiqish hamda ular yuzasidan zudlik bilan choralar koʻrish, tijorat banklarining boʻlimlari va filiallarida ushbu masalalar yuzasidan tekshirishlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari mansabdor shaxslarining aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning depozit hisobvaraqlaridan naqd pullar uzluksiz berilishiga oid talablar bajarilishini taʼminlash borasidagi faoliyati natijalariga koʻra ularni ragʻbatlantirish yoki javobgarlik choralari qoʻllash boʻyicha takliflar tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Naqd pullarni berish masalalariga tezkorlik bilan eʼtibor qaratish uchun har bir mintaqada mijozlarning arizalarini, shu jumladan “ishonch telefoni” orqali murojaatini koʻrib chiqish va kelib tushayotgan murojaatlar darhol tekshirilishi tashkil qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning depozit hisobvaraqlaridan naqd pul soʻzsiz va cheklovsiz toʻlanishini taʼminlash borasidagi ishlarning ahvolini har chorakda umumlashtirib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga axborot berib borsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankdan tashqari aylanmani cheklash boʻyicha qabul qilingan qarorlarning amalga oshirilishi, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan tovarlar sotish, ish va xizmat koʻrsatishdan tushadigan naqd pul tushumlarini bank kassalariga toʻliq topshirilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank kassalariga topshirilgan naqd-savdo tushumi bilan chakana tovar oboroti va pulli xizmatlarni amaldagi hajmlari oʻrtasida mutanosiblik boʻlishi, shuningdek chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasi korxonalari nazorat-kassa mashinalari va hisob-kitob terminallaridan majburiy foydalanish ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin. Plastik kartochkalardan foydalangan holda toʻlovni qabul qilishdan huquqqa zid tarzda bosh tortish faktlari aniqlangan hollarda aybdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik chorasi koʻrilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markaziy bank hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan amaldagi qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar mazkur qarorning qoidalariga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Raisi F.M. Mullajonov zimmalariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 5-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-147-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 30-31-son, 227-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 06/18/5296/0534-son; 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son)