Lizing to‘g‘risidagi qonun hujjatlari lizingni amalga oshirish paytida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi hamda ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining lizing to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Lizing ijara munosabatlarining alohida turi bo‘lib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig‘iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizing shartnomasida belgilangan shartlarda berib qo‘yish maqsadida mol-mulkni (lizing obyektini) oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Lizing uch taraflama (sotuvchi — lizing beruvchi — lizing oluvchi) yoki ikki taraflama (lizing beruvchi — lizing oluvchi) lizing shartnomasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Lizing beruvchi va sotuvchi o‘rtasida ikki taraflama lizing shartnomasi tuzilayotganida qo‘shimcha ravishda lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasi tuziladi.
Tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan iste’mol qilinmaydigan har qanday ashyolar, shu jumladan korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa ko‘char va ko‘chmas mulk lizing obyektlari bo‘lishi mumkin.
Yer uchastkalari va boshqa tabiat obyektlari, shuningdek erkin muomalada bo‘lishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan yoki muomalada bo‘lishining alohida tartibi belgilangan mol-mulk lizing obyektlari bo‘lishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Lizing shartnomasi bo‘yicha lizing oluvchiga kelgusida topshirish maqsadida lizing obyektini mulk qilib oluvchi shaxs lizing beruvchi deb e’tirof etiladi.
Egalik qilish va foydalanish uchun lizing shartnomasi bo‘yicha lizing obyektini olayotgan shaxs lizing oluvchi deb e’tirof etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
lizing shartnomasi muddati lizing obyektining xizmat muddatidan 80 foizdan ortiq bo‘ladi yoki lizing shartnomasi muddati tugagach, lizing obyektining qoldiq qiymati uning boshlang‘ich qiymatining 20 foizidan kamni tashkil etadi;
lizing oluvchi lizing obyektini qat’iy belgilangan narxda yoki lizing shartnomasi muddati tugaganda aniqlanadigan narxda sotib olish huquqiga ega;
lizing shartnomasi davridagi to‘lovlarning umumiy summasi lizing obyekti qiymatining 90 foizidan ortiq.
Agar lizing shartnomasida ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan talablardan birortasi nazarda tutilmagan bo‘lsa, lizingning bunday turi operativ lizing hisoblanadi. Operativ lizingni (ijarani) amalga oshirish tartibi va shartlari qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Lizing uning uchta subyekti ishtirok etadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shaklda ham, lizing oluvchi va sotuvchi bo‘lib bir shaxsning o‘zi ishtirok etadigan qaytariladigan shaklda ham amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Lizing oluvchi lizing beruvchi oldida lizing shartnomasi yuzasidan javobgar bo‘lib qolgani holda, lizing shartnomasi bo‘yicha olgan lizing obyektini lizing beruvchining yozma roziligi bilan vaqtinchalik egalik qilish va foydalanish uchun uchinchi shaxsga qo‘shimcha lizingga topshirishga haqli. Bunda ushbu Qonunning qoidalari qo‘shimcha lizing shartnomasida qo‘shimcha lizing beruvchiga, qo‘shimcha lizing oluvchiga va sotuvchiga nisbatan muvofiq ravishda lizing beruvchiga, lizing oluvchiga va sotuvchiga bo‘lganidek qo‘llaniladi.
Qo‘shimcha lizing shartnomasining amal qilish muddati lizing shartnomasining amal qilish muddatidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi talab etiladigan lizing obyektlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lizing beruvchining yoki lizing oluvchining nomiga rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Lizing shartnomasi bo‘yicha lizing beruvchining o‘z mablag‘i va (yoki) qarz mablag‘larini investitsiyalashga qaratilgan tadbirkorlik faoliyati turi — lizing faoliyatidir.
Banklar lizing faoliyatini o‘z mablag‘lari va (yoki) jalb etilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
lizing obyektining tavsiflanishi (lizing obyektining miqdori, sifati, ro‘yxati, kontrakt qiymati va boshqa ko‘rsatkichlari) va shartnoma umumiy pul summasining ko‘rsatilishi;
lizing obyektini berish tartibi, shu jumladan lizing obyektini yetkazib berish, montaj qilish va foydalanishga topshirish tartibi;
lizing obyektidan foydalanish, unga qarash, uni saqlab turish va ta’mirlash yuzasidan taraflarning majburiyatlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
lizing beruvchi qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatishi, bunday xizmatlarsiz lizing obyektidan foydalanib bo‘lmasa;
lizing subyektlari tomonidan lizing shartnomasi shartlariga rioya etilishini nazorat qilish tartibi.
Keyingi tahrirga qarang.
Lizing shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish, agar qonun hujjatlarida va shartnomada boshqa tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, taraflar kelishuviga binoan amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
lizing oluvchining lizing obyektidan qanday sharoitlarda foydalanayotganligini va uni belgilangan maqsadiga muvofiq ishlatayotganligini lizing shartnomasi shartlariga hamda qonun hujjatlari talablariga muvofiq nazorat qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlarida hamda lizing shartnomasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda lizing oluvchidan lizing obyektini olib qo‘yish;
Keyingi tahrirga qarang.
lizing oluvchi lizing shartnomasini jiddiy tarzda buzgan taqdirda barcha lizing to‘lovlarini muddatidan ilgari to‘lashni yoxud yetkazilgan zararni undirib va (yoki) lizing obyektini qaytib olgan tarzda shartnomani bekor qilishni talab etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar lizing obyekti lizing beruvchining aybi bilan yetkazib berilmagan bo‘lsa yoki lizing shartnomasi shartlariga nomuvofiq bo‘lsa, lizing beruvchi lizing oluvchining roziligi bilan o‘zi lozim darajada bajarmagan lizing shartnomasi shartlarini tuzatib bajarishga yoki lizing oluvchiga boshqa lizing obyektini taklif etishga haqli.
lizing shartnomasi bo‘yicha mol-mulkni olishi va uni lizing oluvchiga egalik qilish hamda foydalanish uchun berishi;
lizing oluvchi uchun mol-mulk olayotganda mol-mulk muayyan shaxsga lizingga berishga mo‘ljallanganligini sotuvchiga ma’lum qilishi;
lizing obyektini, agar shartnomada shunday shartlar nazarda tutilgan bo‘lsa, saqlab turish, ta’mirlash va unga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha lizing oluvchi oldida o‘z zimmasiga olingan majburiyatlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda bajarishi shart.
Lizing beruvchi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va o‘zga mujburiyatlarni bajarishi mumkin.
lizing beruvchidan lizing shartnomasini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik tufayli yetkazilgan zarar qoplanishini talab qilish;
sotuvchiga lizing obyekti oldi-sotdi shartnomasidan kelib chiquvchi talablarni, jumladan uning sifati va butligi, topshirish muddati, kafolatli ta’mirlashi va hokazolar xususida talablar qo‘yish;
lizing obyekti yetkazib berilmagan, to‘liq yetkazib berilmagan, yetkazib berish muddati o‘tkazib yuborilgan yoki sifati talab darajasida bo‘lmagan lizing obyekti yetkazib berilgan taqdirda, yetkazib beriladigan lizing obyektidan voz kechish va lizing shartnomasining bekor qilinishini talab etish;
lizing shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda, o‘zi vaqti-vaqti bilan avans sifatida to‘lagan to‘lovlar va boshqa summalarni lizing obyektidan foydalanish davrida olgan foydaning qiymatini chegirib tashlab, o‘ziga qaytarib berishni talab qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Uchinchi shaxs undiruvni lizing obyektiga qaratganda lizing oluvchi lizing shartnomasini bekor qilish va lizing obyektini mulk qilib olish bilan bir paytda lizing shartnomasi bo‘yicha tegishli lizing to‘lovlari qoldig‘ini bir yo‘la to‘lashga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
lizing obyektini qabul qilib olishi va undan lozim darajada foydalanishi, uni shartnoma shartlariga muvofiq saqlab turishi;
lizing to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lab turishi, agar lizing shartnomasida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, lizing obyektini o‘z hisobidan joriy ta’mirlashi, uni saqlab turishga doir boshqa xarajatlar qilishi shart.
Lizing shartnomasi bekor qilinganda lizing oluvchi lizing obyektini lizing beruvchidan qanday holatda olgan bo‘lsa, shunday holatda, normal eskirish va taraflarning kelishuvida shartlashilgan o‘zgarishlarni hisobga olgan holda qaytarishi shart, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Lizing oluvchining lizing obyektini ta’mirlash va unga texnik xizmat ko‘rsatishga doir huquqi va majburiyati sotuvchi bilan alohida tuzilgan shartnomada belgilanishi mumkin.
Lizing oluvchi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va o‘zga majburiyatlarni bajarishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Sotuvchi qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq huquqlarga ega bo‘ladi va majburiyatlarni bajaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar lizing shartnomasida yoki oldi-sotdi (mahsulot yetkazib berish) shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha sotuvchining lizing oluvchiga nisbatan huquq va majburiyatlari lizing beruvchiga nisbatan huquq va majburiyatlaridek bo‘ladi. Bunda lizing oluvchi lizing obyekti oldi-sotdi shartnomasini bekor qilishga yoki uni haqiqiy emas deb topishga haqli emas.
Lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasi lizing beruvchi va sotuvchi o‘rtasida tuzilib, unga ko‘ra lizing beruvchi lizing oluvchining topshirig‘iga binoan lizing obyektini keyinchalik lizing oluvchiga berish uchun o‘z mulki qilib oladi.
Taraflarning xohishiga ko‘ra lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasi lizing shartnomasi kuchga kirishidan oldin yoki keyin tuzilishi mumkin.
Lizing obyekti oldi-sotdi shartnomasini tuzish paytida lizing beruvchi lizing obyekti qaysi maqsadda olinayotganligidan sotuvchini oldindan xabardor qilishi, buni oldi-sotdi shartnomasida qayd etishi shart.
Lizing obyektiga bo‘lgan mulk huquqi lizing oluvchi tomonidan sotib olingunga qadar lizing beruvchiga tegishlidir.
Moliyaviy lizingda lizing shartnomasining amal qilish muddati tugagunga qadar barcha lizing to‘lovlari to‘langan taqdirda, agar lizing shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, lizing obyektiga bo‘lgan mulk huquqi lizing oluvchiga o‘tishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Operativ lizingni amalga oshirishda lizing beruvchi va lizing oluvchi o‘rtasidagi lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasi asosida lizing obyektiga bo‘lgan mulk huquqi lizing oluvchiga o‘tishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Lizing oluvchi bankrot bo‘lgan, uning mol-mulki xatga olingan yoki musodara qilingan taqdirda, lizing obyekti lizing oluvchining umumiy mol-mulkidan ajratiladi va lizing beruvchiga qaytarilishi lozim, u mol-mulkni o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etishi mumkin. Lizing beruvchiga zararni qoplash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Lizing beruvchi lizing oluvchini xabardor qilgan holda lizing shartnomasi bo‘yicha o‘z huquqlaridan to‘liq yoki qisman uchinchi shaxslar foydasiga voz kechishi mumkin.
Lizing oluvchi lizing beruvchining ruxsati bilan moliyaviy lizing shartnomasi bo‘yicha o‘z huquqlaridan to‘liq yoki qisman uchinchi shaxslar foydasiga voz kechishi mumkin. Operativ lizingni amalga oshirishda lizing oluvchining huquqlaridan voz kechishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Lizing obyektiga bo‘lgan mulk huquqi lizing beruvchidan uchinchi shaxsga o‘tganda, lizing oluvchi bilan tuzilgan lizing shartnomasi yangi mulkdor uchun o‘z kuchini saqlab qoladi.
Lizing beruvchi va lizing oluvchi o‘zaro kelishgan holda qonun hujjatlariga muvofiq lizing obyektini jadal amortizatsiya qilishni qo‘llash huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Nobud bo‘lish, yo‘qolish, o‘g‘irlash, shikastlanish, buzilish va barvaqt eskirish xavfi bilan bog‘liq bo‘lgan tarzdagi har qanday yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarardan lizing obyektini sug‘urtalash taraflarning kelishuviga binoan amalga oshiriladi. Bunday kelishuv bo‘lmagan taqdirda, lizing oluvchi lizing obyekti sug‘urtasi uchun javobgar bo‘ladi.
Lizing obyekti bilan bog‘liq barcha xavflar, shu jumladan uning tasodifan yo‘qolishi (nobud bo‘lishi) yoki tasodifan buzilishi, shuningdek o‘g‘irlanishi, barvaqt eskirishi, shikastlanishi xavflari lizing shartnomasida nazarda tutilgan tartibda lizing oluvchiga o‘tadi. Xavflar lizing oluvchiga o‘tgan daqiqadan e’tiboran lizing oluvchi lizing obyekti har qanday tarzda yo‘qotilishi yoki shikastlanishi uchun lizing shartnomasi amal qiladigan muddat davomida javobgar bo‘ladi.
Agar xavflar lizing beruvchidan lizing oluvchiga o‘tadigan vaqt lizing shartnomasida belgilangan bo‘lmasa, xavflar lizing oluvchiga u lizing obyektini olgan daqiqadan e’tiboran o‘tadi.
Agar taklif etilgan lizing obyekti lizing shartnomasiga mos kelmasa va bu lizing oluvchiga lizing obyektidan voz kechish huquqini bersa, ana shunday nomuvofiqlik bartaraf etilgunga qadar yoki lizing oluvchi lizing obyektini olgunga qadar barcha xavflar lizing beruvchi zimmasida bo‘ladi.
Sotuvchining nochorligi yoki lizing obyektining undan foydalanish maqsadlariga nomuvofiqligi xavflari lizing oluvchining zimmasida bo‘ladi, lizing beruvchining sotuvchini yoki lizing obyektini tanlash yoxud lizing beruvchi lizing oluvchini muayyan sotuvchini yoki lizing obyektini tanlashga g‘ayriqonuniy tarzda majburlash hollari bundan mustasno.
Lizing shartnomasiga bog‘liq ravishda sarflangan mablag‘lar qaytarilishining kafolati sifatida lizing beruvchi lizing oluvchidan ta’minlash berilishini, shu jumladan garov, bank kafolati yoki uchinchi shaxsning kafilligi ko‘rinishidagi ta’minlash berilishini talab qilishi mumkin.
Agar lizing shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, lizing beruvchi lizing oluvchini oldindan xabardor qilmay turib lizing obyektidan garov sifatida foydalanishga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Lizing shartnomasi bo‘yicha lizing oluvchi to‘laydigan lizing to‘lovlari lizing obyekti amortizatsiyasining tegishli qismi qiymatini va lizing shartnomasi bo‘yicha lizing beruvchi tomonidan qilingan xarajatlarni, shuningdek uning daromadi (marja)ni o‘z ichiga oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Lizing to‘lovlari shartnomaning butun amal qilish muddatiga taqsimlanadi va bo‘lib-bo‘lib to‘lanadi. Lizing to‘lovlarining miqdorlari va davriyligi lizing shartnomasi bilan belgilanadi.
Lizing beruvchi tomonidan lizing oluvchidan pul summasini undirish va lizing obyektini olib qo‘yish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Lizing beruvchi mol-mulkni yetkazib bermaganlik, to‘liq yetkazib bermaganlik, yetkazib berish muddatini o‘tkazib yuborganlik va tegishli darajada sifatli bo‘lmagan mol-mulkni yetkazib berganlik uchun, agar bu uning aybli harakatlari (harakatsizligi) tufayli bo‘lsa, lizing oluvchining oldida javobgar bo‘ladi.
Lizing beruvchi lizing oluvchi oldida lizing obyekti yuzasidan javobgar bo‘lmaydi, lizing obyekti sotuvchisi va lizing obyektining o‘zi lizing beruvchi tomonidan tanlangan va lizing oluvchi shu tufayli zarar ko‘rganligi isbotlangan hollar bundan mustasno.
Lizing beruvchi va lizing oluvchi sotuvchiga nisbatan lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha solidar kreditorlar sifatida ish ko‘radilar. Sotuvchi ular oldida lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasidan kelib chiquvchi majburiyatlarni bajarish (lizing obyektining sifati, butligi, lozim darajada yetkazib berilishi va boshqalar) yuzasidan javobgar bo‘ladi. Bunda sotuvchi lizing obyekti bilan bog‘liq aynan bitta zarar uchun bir paytning o‘zida lizing oluvchi va lizing beruvchi oldida javobgar bo‘lishi mumkin emas.
Operativ lizingni amalga oshirishda lizingga berilgan lizing obyektidan foydalanishga to‘liq yoki qisman to‘sqinlik qiluvchi kamchiliklar uchun lizing beruvchi javobgar bo‘ladi. Bunday kamchiliklar aniqlangan taqdirda, lizing oluvchi lizing beruvchidan ularning tekin bartaraf etilishini va lizing to‘lovlari mutanosib ravishda kamaytirilishini yoki mazkur lizing obyektining kamchiliklarini bartaraf etish bilan bog‘liq o‘z xarajatlarining qoplanishini talab qilishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Lizing beruvchi lizing obyektining lizing shartnomasini tuzishda qayd etib o‘tilgan kamchiliklari uchun javob bermaydi.
Lizing oluvchining aybi bilan lizing obyektining yo‘qolishi yoki lizing obyektining o‘z vazifasiga doir ahamiyatini yo‘qotishi, agar lizing shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, lizing oluvchini lizing beruvchi oldidagi javobgarlikdan ozod etmaydi.
LexUZ sharhi
Shuningdek, lizingga oid masalalar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 587 — 599-moddalarida aks ettirilgan. Tanishish uchun tavsiya etiladi.