Banklardagi depozit hisobvaraqlardan naqd pul to‘lovlarini uzluksiz ta’minlash kafolatlari to‘g‘risida qabul qilingan qarorlarga muvofiq:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 21-martdagi PF-2564-sonli Farmonining 6-bandi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 5-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PF-2772-sonli Farmoni ilovasining 5-bandi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 20-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PF-3077-sonli Farmonining 1-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.