Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.07.2001 01.12.1994 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 115
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.07.2001
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining 1994-yil 16-iyuldagi

365-son qarori bilan tasdiqlangan

Oʻzbekiston Respublikasi

Moliya vazirining oʻrinbosari

Davlat sugʻurta bosh boshqarmasi boshligʻi

N.S. YUSUPOV

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOʻMIR, NEFT, GAZ QAZIB OLISh VA GEOLOGIYA-RAZVEDKA IShLARI TIZIMI XODIMLARINING MAJBURIY DAVLAT ShAXSIY SUGʻURTASINI OʻTKAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻriqnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1994-yil 1-dekabr 115-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2001-yil 14-iyuldagi 96-mh-sonli buyrugʻiga asosan davlat reyestridan chiqarilgan va oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Yoʻriqnoma koʻmir, neft, gaz qazib olish va geologiya-razvedka ishlari tizimi xodimlarining majburiy davlat shaxsiy sugʻurtasi boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish hamda toʻlovlarni toʻlash tartibini belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston neft va gaz sanoati milliy korporatsiyasi (Oʻzneftgaz), Oʻzbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar Davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi koʻmir qazib olish va sotish aksionerlik birlashmasi (Koʻmir AO) sugʻurtalangan har bir xodimi uchun Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdoridagi sugʻurta badallarini, shu jumladan, davlat sugʻurta tashkilotlarining sugʻurtani oʻtkazish bilan bogʻliq ushbu badallarning 8 foizi miqdoridagi xarajatlarini har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sugʻurta bosh boshqarmasining hisob raqamiga oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eng kam oylik ish haqining miqdori oshirilgan taqdirda sugʻurta puli va badalning miqdori qayta hisoblanadi va farqi Oʻzdavsugʻurtaning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Korxona sugʻurta badalini oʻtkazgan kundan boshlab xodim sugʻurtalangan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurta badallari oʻz vaqtida va toʻliq oʻtkazilishi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sugʻurta bosh boshqarmasi tomonidan nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi xodim ishga olinganda uning uchun ham sugʻurta badali oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxona, tashkilot oʻz xodimlarini ular sugʻurtalanganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Yoʻriqnomada koʻzda tutilgan sugʻurta hodisalari yuz berganda sugʻurta pulini sugʻurtalangan shaxsning yashash (roʻyxatga olingan) joyidagi davlat sugʻurta muassasasi jamgʻarma bankining tegishli muassasasiga oluvchining nomidagi omonatga pul oʻtkazish, bankiga chek berish yoki pochta orqali oʻtkazish yoʻli bilan toʻlaydi. Balogʻatga yetmagan oluvchiga sugʻurta puli faqat uning yashash joyidagi jamgʻarma banki muassasasiga uning nomiga pul oʻtkazish yoʻli bilan toʻlanadi va bu haqda vasiylik hamda homiylik idoralariga maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Sugʻurta pulini toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sugʻurta puli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sugʻurtalangan shaxs xizmat vazifasini ado etayotganda halok boʻlsa (oʻlsa) uning merosxoʻrlariga Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining 35 baravari miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sugʻurtalangan shaxs xizmat vazifasini bajarayotganda shikast olishi bilan bogʻliq nogironlik belgilanganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I guruh nogironiga eng kam oylik ish haqining 36 baravari hajmidagi pulning 50 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II guruh nogironiga eng kam oylik ish haqining 36 baravari hajmidagi pulning 30 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III guruh nogironiga eng kam oylik ish haqining 36 baravari hajmidagi pulning 20 foizi miqdorida toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalangan shaxs bilan yuz bergan, ammo uning nogiron boʻlib qolishiga olib kelmagan baxtsiz hodisaning oqibatlari “Sugʻurta hodisalari munosabati bilan sugʻurta pulini va bir marta beriladigan nafaqalarni aniqlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi uslubiy koʻrsatmalarga asosan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurta puli sugʻurtaning boshqa turlari boʻyicha toʻlovlar va zararni qoplash yoʻsinidagi toʻlovlardan qatʼi nazar, toʻlanaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sugʻurta puli davlat sugʻurta muassasasi barcha zarur hujjatlarni olgan kundan boshlab 3 kun ichida toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurta pulini toʻlash rad etilgan taqdirda davlat sugʻurta muassasasi bu haqda 3 kun mobaynida sugʻurtalangan shaxsga yoki uning merosxoʻrlariga rad etish sabablarini koʻrsatgan holda yozma ravishda maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sugʻurtalangan shaxs (merosxoʻrlari) sugʻurta pulini toʻlash haqidagi arizani sugʻurta hodisasi roʻy bergan kundan boshlab 3 yil mobaynida davlat sugʻurta muassasasiga berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tomonlarning sugʻurtaga taalluqli munosabatlaridan kelib chiquvchi barcha nizolar sudlar tomonidan ularning vakolatiga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qoʻyilgan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Agar sugʻurtalangan shaxsning halok boʻlishi (oʻlimi) yoki shikast olishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uning oʻzi ataylab sodir etgan yoki boshqa aybli xatti harakatlari bilan bogʻliq boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta tashkilotiga sugʻurta obyekti haqida atayin soxta maʼlumotlar xabar qilingan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta hodisasi sugʻurta shartnomasida nazarda tutilgan boshqa hollar tufayli yuz bergan boʻlsa, sugʻurta tashkiloti sugʻurta talanuvchiga sugʻurta pulini (sugʻurta tovonini) toʻliq yoki qisman toʻlashni rad etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. sugʻurtalangan shaxs shikast olgan taqdirda davlat sugʻurta muassasasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta pulini toʻlash haqidagi ariza;

№ N-1 shaklli dalolatnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DMEK maʼlumotnomasining nusxasi (nogironlik belgilangan boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsini tasdiqlovchi hujjat. Sugʻurtalangan shaxs oʻlganda ushbular taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta pulini toʻlash haqidagi ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻlganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
merosxoʻrlik huquqini tasdiqlovchi notarial idora guvohnomasining nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsini tasdiqlaydigan hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sugʻurtalangan shaxs yoki merosxoʻrlari sugʻurta puli toʻlashni soʻrab murojaat qilganlarida davlat sugʻurta muassasasi arizani yuqorida aytilgan tizimlar xodimlarining arizalari va toʻlangan sugʻurta puli roʻyxatga olinadigan 184 raqamli daftarda qayd qilib qoʻyishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat sugʻurta tashkilotlarining talabi bilan viloyatlararo idoralar sugʻurta pulini toʻlash masalasini hal etish uchun sugʻurta hodisalari yuz bergan sharoitlar haqidagi hujjatlarni taqdim etadilar.