29.08.2003 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1268
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining qarori, 29.08.2003 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1268
Кучга кириш санаси
08.09.2003
Hujjat 08.09.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Tashkilotlarda xizmat safarlariga ketayotgan shaxslarni va ushbu tashkilotga xizmat safariga kelayotgan shaxslarni ro‘yxatga olish mazkur Yo‘riqnomani 2 va 3-ilovalariga binoan shakllardagi maxsus jurnallarda yuritiladi. Tashkilotni rahbari xizmat safarlariga yuborilayotgan, xizmat safariga ketayotgan shaxslarni ro‘yxatga olish jurnalini yuritish va xizmat safarlari guvohnomasiga belgi qo‘yish uchun javobgar bo‘lgan shaxsni buyruq chiqarish yo‘li bilan tasdiqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Xizmat safariga yuboriladigan xodimga xizmat safariga ketishdan oldin mazkur Yo‘riqnomani 10 — 12-bandlarida ko‘zda tutilgan miqdorlarda kundalik, yo‘l xarajatlari, turar joyni ijaraga olish xarajatlari chegarasida pul ko‘rinishidagi avans (bo‘nak) to‘lanadi. Xodim xizmat safaridan qaytgan kundan e’tiboran uch kun mobaynida avans (bo‘nak) hisobotini taqdim qilishi shart. Ushbu hisobotga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan xizmat safari guvohnomasi va xizmat safarida haqiqatda qilingan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Montaj, sozlash va qurilish ishlarni bajarish uchun xizmat safariga yuborilgan xodimlar, rahbarlar va mutaxassislarga mazkur Yo‘riqnomaning 11-bandida ko‘zda tutilgan me’yorlar bo‘yicha ikki oy mobaynida kundalik xarajatlar to‘lanadi. Ikki oydan ortiq muddatda xizmat safarida bo‘lgan vaqt uchun kundalik xarajatlar o‘rniga ish haqi yoki lavozim maoshiga tarif stavkasini 50% miqdorida, lekin sutka uchun mazkur Yo‘riqnomaning 11-bandida belgilangan me’yordan yuqori bo‘lmagan ustama belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq, xo‘jalik subyekti rahbarini qaroriga binoan ishlab chiqarish va boshqaruv xodimlari uchun mazkur Yo‘riqnomada ko‘zda tutilgan normadan ortiqcha xizmat safarlari xarajatlari foyda solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan bazaga va jismoniy shaxsni soliq solinadigan daromadiga qo‘shiladi.
Keyingi tahrirga qarang.