Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.08.2015 21.08.1998 yildagi 359-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.08.2015
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAYDI HAYVONLARNI TUTISh BILAN ShUGʻULLANUVChI XODIMLAR MEHNATINI RAGʻBATLANTIRISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi 243-sonli “Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tizimining rahbar kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni hamda davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tizimining rahbar kadrlarini tanlash va ularni rotatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasalliklarning oldini olish uchun javobgarlikni oshirish, shuningdek daydi hayvonlarni tutish bilan shugʻullanuvchi xodimlar mehnatini ragʻbatlantirish va ularni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining daydi hayvonlarni tutish bilan shugʻullanuvchi, faoliyati Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan mablagʻ bilan taʼminlanadigan xodimlari uchun 1998-yil 1-sentabrdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida xavfli mehnat sharoitlari uchun tarif stavkalariga (lavozim maoshlariga) 30 foizli ustama;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zimmasidagi vazifalarni namunali bajarganlik uchun har oyda lavozim maoshining 100 foizi miqdorida mukofotlash belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarif stavkalariga ustama va zimmadagi vazifalarni namunali bajarganlik uchun har oyda mukofotlash sanitariya qonunlarini buzganlik uchun jazo jarimalaridan tushadigan mablagʻlar hisobiga amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8-apreldagi 147-son qarori bilan tasdiqlangan “Sanitariya qonunlarini buzganlik uchun jazo jarimalaridan tushadigan mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ning “a” kichik bandi quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining daydi hayvonlarni tutish bilan shugʻullanuvchi xodimlariga zimmadagi vazifalarni namunali bajarganlik hamda alohida xavfli mehnat sharoitlari uchun ustamalar toʻlashga va ularni har oyda mukofotlashga”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi bilan birgalikda daydi hayvonlarni tutish bilan shugʻullanuvchi xodimlarga sanitariya qonunlarini buzganlik uchun jazo jarimalaridan tushadigan mablagʻlar hisobiga ustamalar belgilash hamda ularni mukofotlash tartibi va shartlarini bir oyda muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 21-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
359-son