LexUZ sharhi
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-dekabrdagi 541-son “1999-yildagi O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va Davlat budjetining prognozi to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra 1999-yilning 1-yanvaridan boshlab yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilinadigan tovarlarga nisbatan aksiz solig‘i stavkalari (8-2-son ilova) belgilangan. Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24-fevraldagi “Importni tariflar asosida tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 80-son qarori bilan tasdiqlangan aksiz solig‘i stavkalari (2-son ilova) qo‘llanilmaydi.