Ushbu Qonunning maqsadi axborotlashtirish, axborot resurslari va axborot tizimlaridan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Axborotlashtirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining axborotlashtirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
axborotlashtirish — yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni;
axborot resursi — axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi;
Keyingi tahrirga qarang.
axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdori — axborot resurslariga yoki axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining egasi — qonun bilan yoki axborot resurslarining, axborot tizimlarining mulkdori tomonidan belgilangan huquqlar doirasida axborot resurslariga yoxud axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
axborot texnologiyasi — axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar;
axborot tizimi — axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari.
Oldingi tahrirga qarang.
bloger — Internet jahon axborot tarmog‘idagi o‘z veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa xususiyatga ega axborotni joylashtiruvchi, shu jumladan axborotdan foydalanuvchilar tomonidan ushbu axborotni muhokama qilish uchun joylashtiruvchi jismoniy shaxs.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan.
har kimning axborotni erkin olish va tarqatishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish, axborot resurslaridan erkin foydalanilishini ta’minlash;
davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari, shuningdek yuridik hamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari asosida O‘zbekiston Respublikasining yagona axborot makonini yaratish;
xalqaro axborot tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmog‘idan erkin foydalanish uchun sharoit yaratish;
davlat axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini yaratish hamda rivojlantirish, ularning bir-biriga mosligini va o‘zaro aloqada ishlashini ta’minlash;
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoit yaratish;
Axborotlashtirish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u maxsus vakolat bergan organ amalga oshiradi.
davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari yaratilishiga ko‘maklashadi;
axborot tizimlari va axborot texnologiyalarining texnika vositalari hamda xizmatlarini sertifikatlashtirish ishlarini tashkil etadi;
yuridik va jismoniy shaxslarning o‘z axborot resurslari hamda axborot tizimlari muhofaza etilishini ta’minlash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
axborot resurslaridan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralarini amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati va xavfsizligi manfaatlarini ko‘zlab axborot xavfsizligini hamda axborot tizimlaridan ustuvor foydalanilishini ta’minlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Axborot resurslari va axborot tizimlarining huquqiy rejimi quyidagilarni belgilovchi normalar bilan aniqlanadi:
axborotni hujjatlashtirish, axborot resurslarini shakllantirish va axborot tizimlarini yaratish tartibini;
Axborotni hujjatlashtirish axborotni axborot resurslariga kiritishning majburiy shartidir. Axborotni hujjatlashtirish tartibi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
Axborot resurslarida saqlanadigan va ishlov beriladigan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan axborot elektron hujjat bo‘lib, qog‘oz hujjat bilan bir xil yuridik kuchga ega.
Elektron hujjatni va elektron raqamli imzoni shakllantirish hamda ulardan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlar qonun bilan tartibga solinadi.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi Qonuniga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida axborot resurslari va axborot tizimlari ommaviy hamda xususiy mulk bo‘lishi mumkin.
Axborot resurslari va axborot tizimlariga bo‘lgan mulk huquqining vujudga kelishiga quyidagilar asos bo‘ladi:
axborot resurslari hamda axborot tizimlarining davlat budjeti mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning o‘z mablag‘lari yoki qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan yaratilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
axborot resurslari va axborot tizimlariga bo‘lgan mulk huquqining o‘zga shaxsga o‘tishi shartlarini o‘z ichiga olgan oldi-sotdi shartnomasi yoki boshqa bitim;
Qonunda axborot resurslari va axborot tizimlariga bo‘lgan mulk huquqi vujudga kelishining boshqa asoslari ham nazarda tutilishi mumkin.
yuridik va jismoniy shaxslarning davlat budjeti mablag‘lari hisobidan yaratilgan axborot resurslaridan;
yuridik va jismoniy shaxslarning davlat sirlari hamda maxfiy axborotni o‘z ichiga olgan axborot resurslaridan;
yuridik va jismoniy shaxslarning belgilangan tartibda taqdim etiladigan hujjatlashtirilgan axborotidan.
Yuridik va jismoniy shaxslar hujjatlashtirilgan axborotni davlat axborot resurslarini shakllantirish uchun tegishli davlat organlariga belgilangan tartibda taqdim etishi shart.
Yuridik va jismoniy shaxslarning hujjatlashtirilgan axborotni majburiy taqdim etishi tartibi, davlat axborot resurslarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish uchun mas’ul davlat organlarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Davlat sirlari va maxfiy axborot jumlasiga kiritilgan axborotni taqdim etish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Axborot resurslari ulardan erkin foydalanish toifalari bo‘yicha hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot resurslariga va erkin foydalanilishi cheklab qo‘yilgan axborot resurslariga bo‘linadi.
Cheklanmagan doiradagi foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan axborot resurslari hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot resurslaridir.
Davlat sirlari to‘g‘risidagi axborotni va maxfiy axborotni yoki erkin foydalanilishi axborot resurslarining mulkdorlari tomonidan cheklab qo‘yilgan axborotni o‘z ichiga olgan axborot resurslari erkin foydalanilishi cheklab qo‘yilgan axborot resurslariga kiradi.
Axborot resurslarining mulkdorlari va egalari hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot resurslaridan yuridik hamda jismoniy shaxslarning teng huquq asosida erkin tarzda foydalanishini ta’minlashi kerak.
Axborot resurslarini erkin foydalanish toifalariga kiritish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda axborot resurslarining mulkdori tomonidan aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Axborot resurslaridan foydalanuvchilar axborot resurslaridan erkin foydalanishda teng huquqlarga ega, erkin foydalanilishi cheklab qo‘yilgan axborot resurslari bundan mustasno.
Axborot bilan ta’minlashga doir axborot va xizmatlar ro‘yxatlarini, axborot resurslaridan erkin foydalanish tartibi hamda shartlari haqidagi ma’lumotlarni axborot resurslarining mulkdorlari va egalari foydalanuvchilarga bepul taqdim etadi.
Yuridik va jismoniy shaxslar qonuniy asoslarda axborot resurslaridan o‘zlari olgan axborotdan axborot manbaini albatta havola etgan holda hosila axborot yaratish uchun foydalanishlari mumkin.
Axborot resurslaridan axborot olish tartibini axborot resurslarining mulkdori yoki egasi qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etgan holda aniqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan bloger hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot joylashtiriladigan Internet jahon axborot tarmog‘idagi o‘z veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifasidan:
O‘zbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat etish;
urush, zo‘ravonlik va terrorizmni, shuningdek diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm g‘oyalarini targ‘ib qilish;
milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atuvchi, shuningdek fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yo‘l qo‘yuvchi axborotni tarqatish;
qonunga muvofiq jinoiy va boshqa javobgarlikka sabab bo‘ladigan boshqa harakatlarni sodir etish maqsadlarida foydalanilishiga yo‘l qo‘ymasligi shart.
Veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan bloger hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot joylashtiriladigan Internet jahon axborot tarmog‘idagi o‘z veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborotni joylashtirishdan avval uning to‘g‘riligini tekshirishi, shuningdek joylashtirilgan axborotning noto‘g‘riligi aniqlangan taqdirda uni darhol o‘chirib tashlashi shart.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan majburiyatlar veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan bloger tomonidan bajarilmagan taqdirda mazkur veb-saytdan va (yoki) veb-sayt sahifasidan foydalanish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda maxsus vakolatli organ tomonidan cheklanishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan talablarni buzganlik qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
(121-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Jismoniy shaxslarning shaxsiga taalluqli ma’lumotlar to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga olgan axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Jismoniy shaxslarning shaxsiga taalluqli ma’lumotlar to‘g‘risidagi axborot maxfiy axborot toifasiga kiradi.
Yuridik va jismoniy shaxslar o‘zlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ichiga olgan axborot resurslaridan erkin foydalanish, mazkur ma’lumotlarning to‘liqligi hamda to‘g‘riligini ta’minlash maqsadida ularga aniqliklar kiritish huquqiga ega.
O‘zlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ichiga olgan axborot resurslaridan yuridik va jismoniy shaxslarning erkin foydalanishi qonun bilan cheklanishi mumkin.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasiga ko‘ra axborot olish faqat qonunga muvofiq hamda inson huquq va erkinliklari, konstitutsiyaviy tuzum asoslari, jamiyatning axloqiy qadriyatlari, mamlakatning ma’naviy, madaniy va ilmiy salohiyatini muhofaza qilish, xavfsizligini ta’minlash maqsadida cheklanishi mumkin.
Yuridik va jismoniy shaxslarga o‘zlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ichiga olgan axborot resurslaridan erkin foydalanishni axborot resurslarining mulkdori yoki egasi rad etganligi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Milliy axborot tizimiga davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari, shuningdek yuridik hamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari kiradi.
Milliy axborot tizimi davlat budjeti mablag‘lari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning o‘z mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan yaratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Milliy axborot tizimi uning tarkibiga kiruvchi axborot tizimlarining xalqaro axborot tizimlari bilan bir-biriga mosligini hisobga olgan holda yaratiladi.
Milliy axborot tizimidan foydalangan holda axborot almashish shartnoma asosida amalga oshiriladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida bitimlar tuzishda axborot tizimlaridan foydalanish qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Axborot tizimlarini tashkil qiluvchi texnika vositalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sertifikatlashtirilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat organlari axborot tizimlarining, tarmoq va hududiy axborot tizimlarining, yuridik hamda jismoniy shaxslar axborot tizimlarining davlat sirlari yoki maxfiy axborotni o‘z ichiga olgan axborotni ishlovdan o‘tkazish uchun mo‘ljallangan texnika vositalari, shuningdek mazkur tizimlarni muhofaza qilish vositalari majburiy sertifikatlashtirilishi lozim.
Axborot tizimlarining tarmoqlararo bog‘lanishi turli axborot tizimlari o‘rtasida axborot almashish uchun amalga oshiriladi.
Belgilangan normalar va qoidalarga muvofiq o‘zaro tarmoqlararo bog‘lanish imkoniyatini axborot tizimlarining mulkdorlari, egalari ta’minlaydi.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasiga qarang.
Turli axborot tizimlarining tarmoqlararo bog‘lanishi axborot tizimlarining mulkdorlari, egalari o‘rtasidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Tarmoqlararo bog‘lanishni amalga oshirish hamda turli axborot tizimlarining o‘zaro aloqada bo‘lish tartibi va shartlari maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
axborot resurslarining tarqalib ketishi, o‘g‘irlanishi, yo‘qotilishi, buzib talqin etilishi, to‘sib qo‘yilishi, qalbakilashtirilishi va ulardan boshqacha tarzda ruxsatsiz erkin foydalanilishining oldini olish;
axborotni yo‘q qilish, to‘sib qo‘yish, undan nusxa olish, uni buzib talqin etishga doir ruxsatsiz harakatlarning hamda axborot resurslari va axborot tizimlariga boshqa shakldagi aralashishlarning oldini olish;
Axborot resurslari va axborot tizimlari, agar ular bilan g‘ayriqonuniy munosabatda bo‘lish natijasida axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdorlariga, egalariga yoxud boshqa yuridik hamda jismoniy shaxslarga zarar yetkazilishi mumkin bo‘lsa, muhofaza qilinishi kerak.
Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar davlat sirlari hamda maxfiy sirlar to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga olgan axborot resurslari va axborot tizimlarining muhofaza qilinishini ta’minlashi shart.
Axborot resurslari va axborot tizimlari muhofaza qilinishini tashkil etish tartibi ularning mulkdorlari, egalari tomonidan mustaqil belgilanadi.
Davlat sirlari hamda maxfiy sirlar to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga olgan axborot resurslari va axborot tizimlarining muhofaza qilinishini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar o‘z axborot tizimlarini xalqaro axborot tarmoqlariga hamda Internet jahon axborot tarmog‘iga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ulashi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Erkin foydalanilishi cheklab qo‘yilgan axborot resurslarini o‘z ichiga olgan axborot tizimlarining xalqaro axborot tarmoqlariga hamda Internet jahon axborot tarmog‘iga ulanishi faqat zarur muhofaza choralari ko‘rilganidan keyin amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Axborotlashtirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Keyingi tahrirga qarang.