Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SUDYALARINI, ADLIYA ORGANLARI XODIMLARINI IJTIMOIY HIMOYA QILISHNI KUCHAYTIRISH TOʻGʻRISIDA
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 3-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 2-son, 21-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Sudyalarni, adliya organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish, bu organlarni yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirish hamda mehnatga haq toʻlash darajasini tabaqali baravarlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqqadima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 3-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 2-son, 21-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Quyidagilar:
malaka darajalari uchun sudyalarning lavozim maoshlariga qoʻshiladigan qoʻshimcha haq miqdorlari 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 3-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 2-son, 21-modda)
sudlar va adliya organlarining malaka darajalari va martaba darajalariga ega boʻlgan xodimlariga uzoq muddat xizmat qilganligi uchun beriladigan har oylik ustama haq miqdorlari 3-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
martaba darajalari uchun sudlar va adliya organlari xodimlarining lavozim maoshlariga qoʻshiladigan qoʻshimcha haq miqdorlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-yanvardagi 11-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 3-son, 32-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Umumiy yurisdiksiya sudlari (harbiy sudlardan tashqari), xoʻjalik sudlari va adliya organlari xodimlariga malaka darajasi, martaba darajasi va uzoq muddat xizmat qilganligi uchun lavozim maoshlariga qoʻshimcha haq va har oylik ustama haq Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobiga toʻlansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-yanvardagi 11-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 3-son, 32-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur qaror 1993-yil 1-iyuldan boshlab amalga kiritilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 9-iyul.,
343-son
Malaka darajalari uchun sudyalarning lavozim maoshlariga qoʻshiladigan
QOʻSHIMCHA HAQ MIQDORLARI
|
Lavozimlarning nomi |
Lavozim maoshlariga qoʻshiladigan |
|
5-malaka darajasiga ega |
|
|
4-malaka darajasiga ega |
|
|
3-malaka darajasiga ega |
|
|
2-malaka darajasiga ega |
|
|
1-malaka darajasiga ega |
|
|
Oliy malaka darajasiga ega |
|
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 3-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 2-son, 21-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Sudlar va adliya organlarining malaka darajalari va martaba darajalariga ega boʻlgan xodimlariga uzoq muddat xizmat qilganligi uchun beriladigan har oylik ustama haq miqdorlari (lavozim maoshiga nisbatan foizlarda)
(3-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-yanvardagi 11-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 3-son, 32-modda)
|
Sud va adliya organlaridagi umumiy ish staji: | ||
| 2 yildan 5 yilgacha boʻlganda |
— |
5% |
| 5 yildan 10 yilgacha boʻlganda |
— |
10% |
| 10 yildan 15 yilgacha boʻlganda |
— |
15% |
| 15 yildan 20 yilgacha boʻlganda |
— |
20% |
| 20 yildan 25 yilgacha boʻlganda |
— |
25% |
| 25 yildan ortiq boʻlganda |
— |
30% |
Oldingi tahrirga qarang.
Izoh.
Quyidagilar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida boshqaruv xodimi sifatidagi ishlash davri koʻp yil ishlaganligi uchun ustamalar toʻlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari va uning apparati yetakchi mutaxassisi sifatidagi ishlash davri koʻp yil ishlaganligi ustamalar toʻlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-iyundagi 412-son qaroriga asosan izoh bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 551-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Sudlar va adliya organlari xodimlarining lavozim maoshlariga martaba darajalari uchun qoʻshiladigan
(4-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-yanvardagi 11-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 3-son, 32-modda)
QOʻSHIMCHA HAQ MIQDORLARI
|
Nomi |
Lavozim maoshlariga nisbatan |
|
3-darajali yurist |
15 |
|
2-darajali yurist |
16 |
| 1-darajali yurist |
16 |
|
3-darajali adliya maslahatchisi |
17 |
|
2-darajali adliya maslahatchisi |
17 |
| 1-darajali adliya maslahatchisi |
18 |
| 3-darajali davlat adliya maslahatchisi |
19 |
| 2-darajali davlat adliya maslahatchisi |
19 |
| 1-darajali davlat adliya maslahatchisi |
19 |
| Haqiqiy davlat maslahatchisi |
20 |
Oldingi tahrirga qarang.
Izoh.
Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida boshqaruv xodimi sifatidagi ishlash davri martaba darajalari olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari va uning apparati yetakchi mutaxassisi sifatidagi ishlash davri martaba darajalari olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-iyundagi 412-son qaroriga asosan izoh bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 551-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 7-8-son, 66-modda; 2013-y., 3-son, 32-modda; 2014-y., 2-son, 21-modda; 2017-y., 25-son, 551-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2017-y., 09/17/873/0180; 01.02.2018-y., 09/18/67/0636-son, 18.07.2018-y., 09/18/544/1541-son, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2023-y., 09/23/147/0203-son)