O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON ARXITEKTORLAR UYuShMASINING FAOLIYATINI QO‘LLAB-QUVVATLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Respublikada arxitektura-shaharsozlik faoliyatini yanada rivojlantirish, bunda O‘zbekiston Arxitektorlar uyushmasining o‘rni va mas’uliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Arxitektorlar uyushmasiga o‘z kuch-g‘ayratlarini arxitektura va shaharsozlikni rivojlantirishning quyidagi asosiy yo‘nalishlarini ro‘yobga chiqarishga qaratish tavsiya etilsin:
arxitektura va shaharsozlik faoliyatining me’yoriy-huquqiy asoslarini takomillashtirishda qatnashish, shaharlar va boshqa aholi yashaydigan joylarni obod qilishning arxitektura-rejalashtirish, badiiy sifatini rivojlantirish va yaxshilash;
loyihalashtirish, shuningdek, milliy an’analar va xorijiy me’morchilikning ilg‘or tajribasini hisobga olgan holda, arxitektura va shaharsozlikni rivojlantirish jarayonlarini boshqarishning zamonaviy usullari va texnologiyalarini ishlab chiqish;
me’morchilikning milliy madaniy merosini o‘rganish va saqlash, uning yutuqlarini anjumanlar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar va eng yaxshi loyihalar uchun tanlovlar o‘tkazish yo‘li bilan targ‘ib qilish;
respublika arxitektorlarining ijodiy faolligini rivojlantirish, ularning kasb-hunar darajalarini oshirish, o‘ziga qarashli arxitektura jamg‘armasining ishlab chiqarish quvvatlaridan kengroq foydalanish, arxitekturaning malakali kadrlarini tayyorlash.
2. O‘zbekiston Arxitektorlar uyushmasi “Davarxitekqurilish” qo‘mitasi, respublikaning boshqa vazirliklari va idoralari bilan birgalikda 1998-yil 1-oktabrgacha 2005-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Arxitekturasini rivojlantirishning milliy dasturi konsepsiyasini tayyorlasin.
3. O‘zbekiston Arxitektorlar uyushmasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida:
“O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi, “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi, “O‘zbektransqurilish” davlat uyushmasi va “O‘zmontajmaxsusqurilish” uyushmasi, “O‘zavtoyo‘l” davlat konserni, “O‘zbekgidroenergoqurilish” tresti va respublikaning bir qator loyihalashtirish institutlarining O‘zbekiston Arxitektorlar uyushmasiga moliyaviy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi takliflari qo‘llab-quvvatlansin;
1998-yilda O‘zbekiston Arxitektorlar uyushmasiga Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan 5 mln. so‘m ajratilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-noyabrdagi 254-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Arxitektorlar uyushmasiga uning joylardagi bo‘limlarini tashkil etishda, ularni binolar va aloqa vositalari bilan ta’minlashda amaliy yordam ko‘rsatsinlar.
4. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-iyundagi 168-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2009-y., 25-son, 288-modda)
homiylar tomonidan o‘tkazilgan mablag‘lardan6 arxitektura ishini yanada rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot faoliyati, Arxitektorlar uyushmasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ijodiy xodimlarni ijtimoiy himoya qilish uchun foydalanilishi kerak.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R. R. Yunusov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 16-iyun,
254-son