25.11.1994 yildagi 570-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASINING KREDIT MUASSASALARI TOMONIDAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIGA BERILADIGAN KREDITLARDAN FOYDALANISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlaridagi loyihalarni mablagʻ bilan taʼminlash uchun nemis kredit muassasalari tomonidan beriladigan kredit resurslaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Germaniya Federal Hukumati oʻrtasida respublikaga 66,0 mln nemis markasi miqdorida imtiyozli notijorat krediti berilishini hamda 10.5 mln nemis markasi summasida grant ajratilishini nazarda tutuvchi moliyaviy hamkorlik toʻgʻrisida Bitim imzolanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan “AKA” nemis banklari konsorsiumi hamda Iqtisodiyotni tiklash kredit banki (KfW) bilan Oʻzbekiston Respublikasidagi investitsiya loyihalarini mablagʻ bilan taʼminlash uchun tijorat asosida kredit bitimlari imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “KfW” bankining uzoq muddati imtiyozli notijorat kreditlarining asosiy qarz oluvchisi va GFR Hukumati tomonidan beriladigan grantlarning taqsimlovchisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Imtiyozli notijorat kredit boʻyicha subqarzdorlar boʻlib hisoblanadigan “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, “Yogʻmoytamakisanoat”, “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmalari, Aloqa vazirligi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda yakka tartibdagi kredit bitimlarini rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlarning oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda respublika iqtisodiyotining ayrim tarmoqlarini rivojlantirish ustuvorliklaridan kelib chiqib, bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga nemis moliya muassasalari orqali mablagʻ bilan taʼminlashga tavsiya etiladigan investitsiya loyihalari roʻyxati boʻyicha takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda investitsiya loyihalarini keyinchalik ularni nemis kredit muassasalari kreditlari orqali mablagʻ bilan taʼminlashga oid takliflar kiritish uchun ekspertizadan oʻtkazishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 kun muddatda Markaziy bank, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki,Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi bilan birgalikda GFR Hukumati tomonidan beriladigan grantni taqsimlash tartibini, shuningdek “nemis moliya muassasalarining tijorat va notijorat kreditlar boʻyicha qarz mablagʻlarini ajratish, xizmat koʻrsatish va qaytarish tartibini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi ekspertizasi asosida “AKA” va “KfW” kreditlar doirasida tuziladigan yakka tartibdagi kredit bitimlari boʻyicha zarur boʻlgan kafolat majburiyatlarini rasmiylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Moliya vaziri B.S.Hamidov Germaniya Federativ Respublikasi moliya muassasalarining kreditlari doirasida amalga oshiriladigan loyihalar boʻyicha toʻlov kafolatlarini Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolash uchun vakil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hukumat tomonidan Germaniyaning tegishli moliya muassasalariga beriladigan kafolatlarning vakolatliligi toʻgʻrisidagi yuridik xulosalarni vaqtida berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari B.S.Hamidov va Oʻ.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 25-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
570-son