Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 16.05.1998 yildagi 216-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BOZORLAR FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISh YuZASIDAN MANSABDOR ShAXSLARNING MAS’ULIYATINI OShIRIShGA QARATILGAN ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika huquqni muhofaza qiluvchi idoralari tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlar joylardagi hokimliklar va bozor rahbarlarining loqaydligi tufayli Respublika Prezidentining “Bozorlarning faoliyatini tashkil etishni va aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1996-yil 5-martdagi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining “Bozorlarning faoliyatini va ularni boshqarishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 5-martdagi 82-son qarori hamda “Bozorlardan foydalanishdan tushadigan daromadlarni shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizom” ijrolari qoniqarsiz tashkil qilinganligini ko‘rsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilgaridek, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bozorlarida dehqon va fermyerlarga yetishtirilgan mahsulotlarini sotish uchun zarur sharoitlar yaratilmagan. Olibsotarlar, turli jinoiy tizimlar hamda bozorlar ma’muriyati xodimlari va rahbarlarining o‘zlari tomonidan tovlamachilik, qonunsiz yig‘imlar, tazyiq o‘tkazish holatlari o‘rin olib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulot yetkazib beruvchilar bilan bevosita shartnomalarni tuzish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini bozorlarga olib kelish, saqlash va qo‘riqlash masalalari tashkil qilinmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan bozor rahbarlari lavozimlariga halol, sof vijdonli odamlarni tanlash masalalari o‘z holiga tashlab qo‘yilgan. Ko‘pincha bu lavozimlarda o‘z mansabiga tekin boylik va daromad orttirish vositasi sifatida qarovchi tasodifiy odamlar qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozorlar faoliyatidan tushadigan mablag‘ va daromadlar nazoratsiz tasarruf etilmoqda va o‘zlashtirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro, Andijon viloyatlari, Toshkent shahri bozorlarini aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish hamon paysalga solinib, chiqarilgan aksiyalarning ko‘p qismi sotilmay qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona, Andijon viloyatlaridagi bozorlar rahbarlarining mas’uliyatsizligi oqibatida xo‘jaliklar, fermyerlar va aholi bilan fyuchers shartnomalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash sust amalga oshirilayotir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini olib-sotish, valyutafurushlik, spirtli ichimlik va tamaki mahsulotlarini g‘ayriqonuniy sotish, firibgarlik va boshqa jinoyatlarning kamayishiga hanuzgacha erishilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan jiddiy kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hokimliklari va Toshkent shahar hokimi hamda Respublika Prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va ularning joylardagi idoralarining yuqorida qayd etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni va Vazirlar Mahkamasining qarorini bajarish, respublika bozorlarida zarur tartib o‘rnatish borasidagi ishlari qoniqarsiz deb hisoblansin. Ular ishning ushbu sohasi uchun shaxsan mas’ul ekanliklari haqida ogohlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimlari zimmasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozorlar faoliyatini tashkil qilishda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan tuman, shahar hokimlarini intizomiy javobgarlikka tortish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda dehqon bozorlari rahbarlarini attestatsiyadan o‘tkazish yuzasidan komissiya tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozorlarning layoqatsiz, nopok rahbarlarini o‘z vazifalaridan ozod qilish, ularning bozor ma’muriyatlaridagi boshqa lavozimlarda qolishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozorlarni obodonlashtirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini qishloq xo‘jaligi, chorvachilik mahsulotlari va boshqa keng iste’mol tovarlari bilan ta’minlash, bozor ma’muriyatlari xodimlari o‘rtasida intizomni mustahkamlash yuzasidan qat’iy choralar ko‘rish yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ko‘rilgan choralar haqida bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi (B. Mustafoyev), Ichki ishlar vazirligi (Z. Almatov) va Davlat soliq qo‘mitasi (V. Beganov)ga bozorlar faoliyatini tashkil qilish ustidan nazoratni yanada kuchaytirish, aniqlangan qonunbuzarliklar yuzasidan aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qattiq choralar ko‘rish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (S. Mirsafoyev), Oliy xo‘jalik sudi (M. Abdusalomov) bozor ma’muriyatlari tomonidan mahsulot yetkazib berish haqida tuziladigan shartnomalarning sifati va samaradorligini oshirish yuzasidan amaliy tadbirlar ko‘rsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 16-may.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
216-son