Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy
banki Boshqaruvi tomonidan
1998-yil 5-sentabr, 232-son
(15-son bayonnoma)
“TASDIQLANGAN”
Tijorat banklari tomonidan xorijiy valyutadagi hisobvaraqlarni yuritish
tartibi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 22-oktabrda 511-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur Tartib Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 29-avgustdagi 18/5-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3281, 31.08.2020-y.) asosan 2020-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Mazkur tartib Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq, tijorat banklari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning — rezidentlar va norezidentlarning talab qilib olinadigan xorijiy valyutadagi depozit hisobvaraqlarini (keyingi oʻrinlarda valyuta hisobvaraqlari deb yuritiladi) yuritish qoidalarini belgilab beradi.
Valyuta hisobvaraqlarini ochish “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”da (roʻyxat raqami 1948, 2009-yil 27-aprel) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(1.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 511-10, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/511-10/1319-son)
1.2. Valyuta hisobvaraqlaridan toʻlovlar tijorat banklari tomonidan hisobvaraqlardagi mablagʻning qoldigʻi doirasida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, valyuta hisobvaraqlari boʻyicha bajariladigan operatsiyalar bank kartalaridan foydalangan holda tijorat banklari tomonidan belgilangan overdraft limitlari doirasida amalga oshirilishi mumkin.
(1.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 511-10, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/511-10/1319-son)
1.4. Tijorat banklarining operatsiyalar boʻyicha foiz stavkalari va vositachilik haqi miqdori bank hisobvaraqlari shartnomasida belgilab qoʻyiladi.
1.5. Tijorat banklari bank operatsiyalari boʻyicha vositachilik haqini chet el valyutasida olish huquqiga egadirlar.
1.7. Banklar oʻz mijozlari va korrespondentlarining operatsiyalari, hisobvaraqlari va ularga oʻtkazgan pullari sir saqlanishiga kafolat beradi. Bankning barcha xizmatchilari bank, uning mijozlari va korrespondentlari operatsiyalarini, hisobvaraqlari va bankka qoʻygan pullari boʻyicha sirlarni saqlashga majburdirlar.
Bank mijozlari hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar uchinchi shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasining “Bank siri toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tartibda beriladi.
(1.7-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 511-10, 04.06.2018-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/511-10/1319-son)
1.8. Tijorat banklari omonatchilarga tuzilgan shartnomalarga muvofiq omonatlarni saqlanishi va soʻzsiz qaytarilishi boʻyicha zarur kafolatlarni beradilar.
(1.8-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 511-10, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/511-10/1319-son)
II. YuRIDIK ShAXSLAR — REZIDENTLARNING XORIJIY VALYUTADAGI HISOBVARAQLARI
2.1. Rezident — yuridik shaxslarning chet el valyutasidagi mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi tijorat banklarida ochilgan valyuta hisobvaraqlarida saqlanadi va ular ushbu mablagʻlardan qonunchilikka muvofiq holda mustaqil ravishda foydalanadilar
Rezident — yuridik shaxslarga kelib tushayotgan chet el valyutasi, shu jumladan tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportidan olingan valyuta tushumi agarda qonunchilikda Markaziy bank tomonidan boshqacha belgilanmagan boʻlsa, ularning tijorat banklaridagi hisobvaraqlariga majburiy ravishda hisoblab yozilishi shart.
2.2. Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar uchun ular davlat roʻyxatidan oʻtgunga qadar ochilgan muvaqqat jamgʻarish valyuta hisobvaraqlariga xorijiy chel eldan kelgan xorijiy valyuta qonunchilikda belgilangan miqdorda oʻtkazilishi mumkin.
Mazkur hisobvaraqdagi mablagʻdan foydalanishga faqat ustav fondiga badal toʻlash uchun ruxsat etiladi, agar roʻyxatga olish rad etilgan taqdirda uni oʻtkazgan shaxsga qaytarib yuboriladi.
2.3. Rezident — yuridik shaxslarning valyuta hisobvaraqlariga chet el valyutasidagi quyidagi summalar hisoblab yozilishi mumkin:
a) tashqi savdoni yuritish bilan bogʻliq toʻlovlarga doir;
b) tijorat banklari orqali Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotib olingan mablagʻlar;
v) qonunchilikda belgilangan holatlarda olingan naqd chet el valyutasi;
g) qonunchilikda belgilangan tartibda olingan kreditlar, chet el investitsiyalari va qarz boʻyicha oʻtkazilgan mablagʻlar va ularni amalga oshirish bilan bogʻliq toʻlovlar;
d) qonunchilikda belgilangan tartibda yuridik shaxslarning ustav fondi (ustav kapitali)ga oʻtkazilayotgan mablagʻlar;
e) bank kartalari boʻyicha toʻlovlarga doir;
(2.3-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 511-10, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/511-10/1319-son)
j) qonunchilikda belgilangan holatlarda nosavdo tusdagi toʻlovlar boʻyicha;
z) hisobvaraq egasining Oʻzbekiston Respublikasidagi boshqa banklarda ochilgan hisobvaraqlaridan oʻtkazilgan;
i) qonunchilikda belgilangan boshqa holatlarda kelib tushgan mablagʻlar.
2.4. Valyuta hisobvaraqlaridagi mablagʻlar hisobvaraq egasining topshirigʻiga koʻra quyidagi maqsadlar uchun ishlatilishi mumkin:
a) joriy xalqaro operatsiyalarni amalga oshirish bilan bogʻliq toʻlovlar boʻyicha oʻtkazilishi;
b) chet el valyutasidagi operatsiyalar boʻyicha bankning vositachilik haqini, xodimlarning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga xizmat safariga joʻnatilishi bilan bogʻliq xarajatlarni (shu jumladan, naqd pul shaklida) toʻlash uchun;
v) kreditlar, qarz mablagʻlari, foizlar va boshqa daromadlar toʻlovi uchun;
g) qonunchilikda belgilangan tartibda yuridik shaxslarning ustav fondi (ustav kapitali)ni shakllantirishga doir xarajatlar toʻlovini oʻtkazish uchun;
d) Oʻzbekiston Respublikasi hududida tijorat banklari orqali sotish uchun;
e) qonunchilikda belgilangan hollarda nosavdo tusidagi toʻlovlar boʻyicha oʻtkazilishi;
j) hisobvaraq egasining Oʻzbekiston Respublikasi boshqa banklarida ochilgan hisobvaraqlariga oʻtkazish uchun;
j1) dividendlar shaklida toʻlash uchun;
z) qonunchilikda belgilangan boshqa maqsadlar uchun.
III. YuRIDIK ShAXSLAR — NOREZIDENTLARNING XORIJIY VALYUTADAGI HISOBVARAQLARI
3.1. Chet el valyutasidagi hisobvaraqlar quyidagi norezident — yuridik shaxslarga ochiladi:
Oʻzbekiston Respublikasida turgan, immunitet va diplomatik imtiyozlardan foydalanadigan xorijiy diplomatik va boshqa rasmiy vakolatxonalar, xalqaro tashkilotlar va ularning filiallari, shuningdek xoʻjalik yoki boshqa tijorat faoliyatini amalga oshirmaydigan Oʻzbekiston Respublikasidagi boshqa xorijiy tashkilotlarning vakolatxonalariga;
tovar-xomashyo birjalarining ochiq elektron savdolarida qatnashuvchilarga;
uyushgan savdolarda jamiyat aksiyalarini sotib olishni (sotishni) amalga oshiruvchilarga;
(3.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-fevraldagi 3/6-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 511-12, 25.03.2019-y.) asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 10/19/511-12/2814-son)
Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshiradiganlarga.
(3.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 30-iyundagi 22/8-sonli qarori (roʻyxat raqami 511-11, 28.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 10/18/511-11/1586-son)
3.2. Bu hisobvaraqlarga quyidagi pullar oʻtkazilishi mumkin:
a) xorijdan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining boshqa banklarida ochilgan oʻz hisobvaraqlaridan hisobvaraq egasi nomiga oʻtkazilgan xorijiy valyuta;
b) tijorat banklari tomonidan toʻlanishi lozim boʻlgan xorijiy valyuta:
— xorijdan hisobvaraq egasi nomiga yuborilgan xorijiy valyutadagi toʻlov hujjatlari boʻyicha;
— hisobvaraq egasi xorijdan olib kelgan xorijiy valyutadagi toʻlov hujjatlari bank kartalari boʻyicha;
(3.2-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 511-10, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/511-10/1319-son)
— bankka taqdim etilgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilgan topshirish yozuvlari boʻlmagan xorijiy valyutadagi nomi koʻrsatilgan toʻlov hujjatlari boʻyicha;
b1) vakolatxona tashkil etgan norezident — yuridik shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidagi investitsion faoliyati natijasida olingan dividendlari va boshqa daromadlari.
(3.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-fevraldagi 3/6-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 511-12, 25.03.2019-y.) asosan “b1” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 10/19/511-12/2814-son)
v) naqd xorijiy valyuta:
— hisobvaraq egasi xorijdan olib kelgan va Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelish chogʻida bojxona organlari tomonidan roʻyxatga olingan yoki hisobvaraq egasi uchun tijorat banki nomiga qimmatli joʻnatma sifatida yuborgan naqd xorijiy valyuta;
(3.2-bandning “v” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 511-10, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/511-10/1319-son)
— Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelish chogʻida bojxonada roʻyxatga olinmagan, shu jumladan, bojxona deklaratsiyasini toʻldirish talab qilinmagan hollarda keltirilgan naqd xorijiy valyuta; (AV 03.12.2013-y. 511-7-son bilan roʻyxatga olingan MB Boshqaruvining Qarori tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang)
— xorijdan xorijiy hisobvaraq egasi nomiga pochta joʻnatmalarida yuborilgan naqd xorijiy valyuta;
v1) qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda aviachiptalarni sotishdan olingan mablagʻlar; (AV 22.12.2011-y. 511-6-son bilan roʻyxatga olingan MB Boshqaruvining Qaroriga muvofiq kiritilgan kichik band)
g) Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari va Markaziy bankning meʼyoriy hujjatlariga muvofiq ravishda oʻtkazilgan yoki naqd olingan boshqa mablagʻlar.
3.3. Mazkur hisobvaraqlarda turgan mablagʻlar hisobvaraq egasining farmoyishiga muvofiq:
a) bankda qabul qilingan shaklda (bank oʻtkazmasi, akkreditiv, chek shaklida) xorijga oʻtkazilishi;
b) chet el valyutasidagi operatsiyalar boʻyicha bankning vositachilik haqini, xodimlarning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga xizmat safariga joʻnatilishi bilan bogʻliq xarajatlarni (shu jumladan, naqd pul shaklida) toʻlash uchun; (AV 12.09.2017-y. 511-8-son bilan roʻyxatga olingan MB Boshqaruvining Qarori tahriridagi kichik band) (Oldingi tahririga qarang)
v) respublika hududida operatsiya amalga oshirilgan kundagi xorijiy valyutani sotib olishning amaldagi qiymati boʻyicha soʻm bilan toʻlanishi yoki oʻtkazilishi;
g) hisobvaraq egasining Oʻzbekiston Respublikasining boshqa banklarida ochilgan oʻz hisobvaraqlariga oʻtkazilishi, shuningdek amaldagi qonunlarda koʻzda tutilgan boshqa maqsadlarda foydalanilishi mumkin.
3.4. Xorijiy tashkilotlar (firmalar) belgilangan tartibda roʻyxatga olingunga qadar xorijdan kelgan va vaqtinchalik xorijiy valyutadagi hisobvaraqlarga oʻtkazilgan mablagʻ norezident yuridik shaxslarning hisobvaraqlariga oʻtkaziladi yoki ular roʻyxatga olinmay qolgan taqdirda shu mablagʻni oʻtkazgan shaxslarga qaytarib yuboriladi.
IV. JISMONIY ShAXSLARNING XORIJIY VALYUTADAGI HISOBVARAQLARI
4.1. Rezident — jismoniy shaxslar (shu jumladan, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar) va norezidentlar Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi tijorat banklarida chet el valyutasidagi hisobvaraqlarni ochishlari va ushbu valyuta hisobvaraqlaridagi chet el valyutasidagi mablagʻlardan qonunchilikka muvofiq holda mustaqil ravishda foydalanilishlari mumkin.
4.2. Hisobvaraqlarning egalari mazkur hisobvaraqlar boʻyicha ushbu Tartibda koʻzda tutilgan operatsiyalarni shaxsan, shuningdek oʻzlari vakolat bergan shaxslar orqali amalga oshirishlari mumkin.
4.3. Jismoniy shaxslar rezidentlarning (shuningdek, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarning) hisobvaraqlariga:
a) tijorat banklariga toʻlovga oʻtkaziladigan xorijiy valyuta:
— hisobvaraq egasi nomiga xorijdan kelgan joʻnatmalar boʻyicha;
— hisobvaraq egasi nomiga xorijdan xorijiy valyutada joʻnatilgan toʻlov hujjatlari boʻyicha;
— xorijdan keltirilgan xorijiy valyutadagi toʻlov hujjatlari bank kartalari boʻyicha;
(4.3-bandning “a” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 511-10, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/511-10/1319-son)
— Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilgan topshirish yozuvlari boʻlmagan, xorijiy valyutada bankka taqdim etilgan va nomi yozilgan toʻlov hujjatlari boʻyicha;
b) hisobvaraq egasining Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochilgan boshqa hisobvaraqlaridan oʻtkazilgan xorijiy valyuta;
v) naqd xorijiy valyuta;
(4.3-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 511-10, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/511-10/1319-son)
g) xorijiy valyutadagi foizlar;
d) amaldagi qonunchilik va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining meʼyoriy hujjatlarida koʻzda tutilgan hollarda oʻtkazilgan yoki naqd pulda olingan nosavdo tusidagi boshqa oʻtkazmalar.
4.4. Jismoniy shaxslar rezidentlarning (shuningdek, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarning) hisobvaraqlardagi mablagʻ hisobvaraq egasining farmoyishiga muvofiq:
a) quyidagilarga oʻtkazilishi mumkin:
— 5000 AQSh dollaridan yuqori boʻlmagan ekvivalent miqdorda jismoniy shaxslar hisobvaraqlariga xorijga;
— davolanish, oʻqitish, sugʻurta uchun invoyslar, hisob-kitob qogʻozlari va boshqa hujjatlar asosida xorijga;
— patentlar va mualliflik guvohnomalarining toʻldirilishi, berilishi va ishlatilishi bilan bogʻliq xarajatlarga xorijga;
— xorijiy davlatlar konsullik va boshqa rasmiy muassasalari xizmatiga haq toʻlash uchun;
— notarial va sud idoralarining hukm, qaror va ajrimlari asosida pul mablagʻlarini toʻlashga;
— tanlovlarda, koʻrgazmalarda va musobaqalarda ishtirok etish uchun, shuningdek shartnomalar va savdo xususiyatiga ega boʻlmagan boshqa operatsiyalar boʻyicha ishga joylashish bilan bogʻliq xarajatlarga;
— Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining talablariga muvofiq xorijiy banklarda hisobvaraq egasi nomiga ochilgan hisobvaraqlarga;
— Oʻzbekiston Respublikasining boshqa banklarida ochilgan hisobvaraq egasining oʻz hisobvaraqlariga;
b) naqd xorijiy valyutada (xorijiy valyutadagi toʻlov hujjatlari boʻyicha), jumladan, xorijga olib ketish uchun, toʻlanishi mumkin. Bunday hollarda amaldagi meʼyoriy hujjatlarga muvofiq belgilangan miqdorda xorijiy valyutani olib chiqib ketishga ruxsat beriladi;
b-1) tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxsni tashkil etmagan holda amalga oshirayotgan rezidentlar — jismoniy shaxslarning valyuta hisobvaraqlaridan naqd chet el valyutasida toʻlangan;
v) respublika hududida operatsiya amalga oshirilgan kundagi xorijiy valyutani xarid qilish qiymati boʻyicha soʻm bilan toʻlanishi yoki oʻtkazilishi mumkin;
g) bankning chet el valyutasidagi operatsiyalari boʻyicha vositachilik haqi toʻlovi uchun foydalanilishi;
d) Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari va Markaziy bankning meʼyoriy hujjatlarida koʻzda tutilgan boshqa maqsadlar uchun foydalanilishi mumkin.
4.5. Jismoniy shaxslar — norezidentlarning hisobvaraqlariga quyidagilar oʻtkazilishi mumkin:
a) hisobvaraq egasining nomiga xorijdan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining boshqa banklarida ochilgan oʻz hisobvaraqlaridan oʻtkazilgan xorijiy valyuta;
b) tijorat banki tomonidan; — hisobvaraq egasi nomiga xorijdan yuborilgan xorijiy valyutada toʻlov hujjatlari boʻyicha;
— xorijdan olib kelingan xorijiy valyutadagi toʻlov hujjatlari bank kartalari boʻyicha;
(4.5-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 511-10, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/511-10/1319-son)
— Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilgan, topshirish yozuvlari boʻlmagan xorijiy valyutadagi nomi yozilgan toʻlov hujjatlari taqdimi boʻyicha;
v) naqd xorijiy valyuta:
hisobvaraq egasi xorijdan olib kelgan va Oʻzbekiston Respublikasiga kirish chogʻida bojxona organlarida roʻyxatga olingan yoki hisobvaraq egasi uchun tijorat banki nomiga qimmatli joʻnatma sifatida yuborilgan;
(4.5-bandning “v” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 511-10, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/511-10/1319-son)
— Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelish chogʻida bojxonada roʻyxatga olinmagan, shu jumladan, bojxona deklaratsiyasini toʻldirish talab qilinmaydigan hollarda olib kelingan naqd xorijiy valyuta;
— xorijdan hisobvaraq nomi egasi nomiga pochta joʻnatmasida yuborilgan naqd xorijiy valyuta;
tegishli tasdiqlovchi hujjatlar asosida xalqaro pul oʻtkazmalari tizimlari orqali kelib tushgan va berilgan;
bankomat (terminal) cheki asosida hisobvaraq egasining bank kartasidan echilgan;
tegishli tasdiqlovchi hujjatlar koʻrsatilganda Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy asoslarda topilgan;
tasdiqlovchi hujjatlar asosida bank hisobvaragʻidan echilgan;
(4.5-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 511-10, 04.06.2018-y.) asosan beshinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/511-10/1319-son)
g) xorijiy valyutadagi foizlar;
d) Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari va Markaziy bankning meʼyoriy hujjatlariga muvofiq joʻnatilgan yoki olingan boshqa naqd pullar.
4.6. Jismoniy shaxslar — norezidentlar hisobvaraqlaridagi mablagʻ shu hisobvaraq egasining farmoyishiga muvofiq:
a) hisobvaraq egasining Oʻzbekiston Respublikasining boshqa banklarida ochilgan oʻz hisobvaraqlariga oʻtkazilishi, shuningdek bankda qabul qilingan shaklda (bank joʻnatmasi, chek va shu kabilar) xorijga oʻtkazilishi mumkin;
b) naqd xorijiy valyuta bilan (xorijiy valyutadagi toʻlov hujjatlari boʻyicha), shu jumladan, xorijga olib ketish uchun toʻlanishi mumkin. Bunday holatlarda amaldagi meʼyoriy hujjatlarga muvofiq ravishda belgilangan miqdordagi xorijiy valyutani olib ketishga ruxsat etiladi;
v) respublika hududida operatsiya amalga oshirilgan kundagi xorijiy valyutani xarid qilish qiymati boʻyicha soʻm bilan toʻlanishi yoki oʻtkazilishi mumkin;
g) tijorat banklari amalga oshirilgan operatsiyalar uchun vositachilik haqi sifatida foydalanilishi mumkin;
d) hisobvaraq egasining Oʻzbekiston Respublikasining boshqa banklarida ochilgan hisobvaraqlariga oʻtkazilishi, shuningdek amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlarda foydalanilishi mumkin.
(4.6-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-fevraldagi 3/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 511-12, 25.03.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 10/19/511-12/2814-son)
V. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI FAOLIYATINI DOIMIY MUASSASA ORQALI AMALGA OShIRADIGAN NOREZIDENTLARNING ChET EL VALYUTASIDAGI HISOBVARAQLARI
5.1. Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan norezidentlarning chet el valyutasidagi mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi tijorat banklarida ochilgan valyuta hisobvaraqlarida saqlanadi hamda ular tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq ishlatiladi.
5.2. Mazkur hisobvaraqlarga quyidagi mablagʻlar kiritilishi mumkin:
doimiy muassasa tashkil etgan norezidentning chet eldagi hisobvaragʻidan oʻtkazilgan chet el valyutasi;
doimiy muassasaning Oʻzbekiston Respublikasining boshqa banklarida ochilgan hisobvaraqlaridan oʻtkazilgan chet el valyutasi.
ichki valyuta bozorida sotib olingan chet el valyutasi.
(5.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 30-iyundagi 22/8-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 511-11, 28.07.2018-y.) asosan xatboshi bilan toʻldrilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 10/18/511-11/1586-son)
doimiy muassasa tashkil etgan norezident — yuridik shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidagi investitsion faoliyati natijasida olingan dividendlari va boshqa daromadlari.
(5.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-fevraldagi 3/6-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 511-12, 25.03.2019-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 10/19/511-12/2814-son)
5.3. Mazkur hisobvaraqlarda hisobda turgan summalar hisobvaraq egasining ixtiyoriga binoan:
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi tijorat banklari orqali sotish uchun ishlatilishi;
xodimlarning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga xizmat safarlari bilan bogʻliq xarajatlarni belgilangan tartibga muvofiq toʻlashga (shu jumladan naqd pul shaklida) ishlatilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi hisobvaraqlariga oʻtkazilishi;
(5.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-fevraldagi 3/6-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 511-12, 25.03.2019-y.) asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 10/19/511-12/2814-son)
hisobvaraq egasining Oʻzbekiston Respublikasining boshqa banklarida ochilgan hisobvaraqlariga oʻtkazilishi, shuningdek amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlarda foydalanilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5.4-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 30-iyundagi 22/8-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 511-11, 28.07.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 10/18/511-11/1586-son)
Markaziy banki raisining oʻrinbosari S. RAHIMOV
VI. Tovar-xomashyo birjalarining ochiq elektron savdolarida qatnashuvchi va uyushgan savdolarda jamiyat aksiyalarini sotib olishni (sotishni) amalga oshiruvchi norezident — yuridik shaxslarning chet el valyutasidagi hisobvaraqlari
(VI boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-fevraldagi 3/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 511-12, 25.03.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 10/19/511-12/2814-son)
6.1. Tovar-xomashyo birjalarining ochiq elektron savdolarida qatnashuvchi va uyushgan savdolarda jamiyat aksiyalarini sotib olishni (sotishni) amalga oshiruvchi norezident — yuridik shaxslarning chet el valyutasidagi mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi tijorat banklarida ochilgan valyuta hisobvaraqlarida saqlanadi.
(6.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-fevraldagi 3/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 511-12, 25.03.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 10/19/511-12/2814-son)
6.2. Mazkur hisobvaraqlarga quyidagi mablagʻlar kiritilishi mumkin:
ichki valyuta bozorida sotib olingan chet el valyutasi;
brokerlik xizmat koʻrsatish shartnomasiga asosan, birja brokyerlari orqali oʻtkazilgan chet el valyutasi.
uyushgan savdolarda aksiyalarni sotib olishdan (sotishdan) tushgan mablagʻlar.
(6.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-fevraldagi 3/6-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 511-12, 25.03.2019-y.) asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 10/19/511-12/2814-son)
6.3. Mazkur hisobvaraqlardagi mablagʻlar hisobvaraq egasining topshirigʻiga koʻra, oʻzining Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi banklarda ochilgan boshqa hisobvaraqlariga oʻtkazilishi mumkin.
6.4. Tijorat banklari chet el valyutasidagi hisobvaraqlardagi mablagʻlarning harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy bankiga taqdim etadi.
(VI boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 30-iyundagi 22/8-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 511-11, 28.07.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 10/18/511-11/1586-son)