LexUZ sharhi
Mazkur hujjatda ko‘rsatilgan yangi avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari qurishga ruxsat olish va qurilishni kelishish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-son qaroriga asosan 2011-yilning 1-sentabridan bekor qilingan.
Oldingi tahrirga qarang.
Respublika iste’molchilarini neft mahsulotlari bilan ta’minlash va ularni sotishda qoidabuzarliklarning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 444-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 444-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 289-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 12-son, 97-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari uchun neft mahsulotlari faqat neft mahsulotlari yetkazib beruvchining maxsus avtotransportida yetkazib berilishi hisobga olingan holda xo‘jalik yurituvchi subyektlar (avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobcha egalari) bilan neft bazalari o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida, belgilangan tartibda beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
neft mahsulotlarini yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnoma AYoQS egalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa xavfsizligi davlat qo‘mitasi, “O‘zneftgazinspeksiya”, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining yong‘in xavfsizligi boshqarmalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi hududiy bo‘linmalarining AYoQS mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi talablari, yong‘inga qarshi talablar, neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, hisobini yuritish va tarqatish talablariga muvofiqligi, shuningdek, sanitariya va shaharsozlik normalari hamda qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gigiyena shoxobchalari mavjudligi to‘g‘risidagi tegishli xulosalari taqdim etilgan holda tuziladi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-sentabrdagi 793-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.09.2019-y., 19/19/793/3787-son)
Keyingi tahrirga qarang.
yangi avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarini qurish “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan xolda amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
AYQSh xodimlari belgilangan tartibda texnika va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha malakasini oshirish, tayyorlash, qayta tayyorlash va bilimlarini tekshirishdan o‘tishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari vakolatli davlat organlari bilan birgalikda AYQShlarni sanitariya, ekologiya, yong‘in xavfsizligi, shaharsozlik normalari va qoidalariga va savdo qoidalariga rioya etilishi yuzasidan nazorat qiladilar va to‘liq javob beradilar.
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-sentabrdagi 793-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.09.2019-y., 19/19/793/3787-son)
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasining, shuningdek xususiy avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari egalarining avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari hududiy uyushmalarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, quyidagilar uyushmalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarining ish tartibi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish va ularni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etish;
xususiy avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari egalarining talab qilinadigan neft mahsulotlari hajmlari to‘g‘risidagi takliflarini ko‘rib chiqish hamda ularni yetkazib berish yuzasidan “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi bo‘linmalari bilan shartnomalar tuzish bo‘yicha takliflar kiritish;
xususiy avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari egalari manfaatlarini himoya qilish va ularni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashida, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida ifodalash;
xorijiy investitsiyalarni hamda vatanimiz yuridik va jismoniy shaxslari mablag‘larini avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari tarmog‘ini rivojlantirish va rekonstruksiya qilishga jalb etish.
6. Vazirlar Mahkamasining Yoqilg‘i-energetika hamda Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish komplekslari, hududiy ishchi guruhlari rahbarlari bir oy muddatda avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari hududiy uyushmalarining ta’sis konferensiyalarini tayyorlasinlar va o‘tkazsinlar, qonunchilikda belgilangan tartibda rahbar va ijro etuvchi organlarini saylashda ko‘maklashsinlar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi tizimining naqd pulga neft mahsulotlari sotuvchi ishlab turgan avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarini 4-ilovaga* muvofiq 1998-yil oxirigacha va 1999-yilda xususiylashtirish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda belgilangan tartibda kimoshdi savdolari orqali va tender asosida avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarini, ular joylashgan yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga bergan holda va yer uchastkalari bilan birgalikda jismoniy va yuridik, shu jumladan xorijiy jismoniy va yuridik shaxslarga, mablag‘lar manbalari yuzasidan deklaratsiya talab qilmasdan, sotsinlar.
9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi zarur tartibni hamda avtomobil yonilg‘isi kuyish shoxobchalarining mazkur qarorga 1-ilovada bayon qilingan talablarga muvofiq faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun ichki ishlar organlari va bo‘linmalarining mas’uliyatini oshirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-iyundagi 236-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2002-y., 11-12-son, 97-modda)
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 7-sentabrdagi 382-son qarorining 1-bandidan, shuningdek mazkur qaror bilan tasdiqlangan Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan ta’minlash to‘g‘risidagi nizomning 1-bandidan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Vazirlar Mahkamasining “Yonilg‘i-moylash materiallarini sotishni tartibga solish to‘g‘risida” 1994-yil 6-maydagi 240-son qarori bilan tasdiqlangan Avtoyonilg‘i quyish shoxobchalarining ishlash qoidalarining 8 va 20-bandlari;
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 7-sentabrdagi 382-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan ta’minlash to‘g‘risidagi nizomga ilova;
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 11-sentabrdagi 433-fm farmoyishiga 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 289-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 12-son, 97-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 289-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 12-son, 97-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)