Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, neft mahsulotlari, gaz, elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash va ulardan boshqa maqsadlarda foydalanishning, noqonuniy sotish (berish)ning, o‘zlashtirib olishning va ularning sifati buzilishining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolarni qo‘llash to‘g‘risidagi Nizom (ilova qilinmoqda) tasdiqlansin va amalga kiritilsin.
2. Adliya vazirligi va Moliya vazirligi “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasi va Energetika va elektrlashtirish vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi qonunlar majmuasiga hamda yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik haqida O‘zbekiston Respublikasining jinoyat va jazo to‘g‘risidagi qonunlar majmuasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi takliflarni tayyorlasinlar va 1994-yilning birinchi yarim yilligida taqdim etsinlar.
3. Moliya vazirligi Markaziy bankda Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazo sifatida undirib olinadigan pul mablag‘larining bir qismini o‘tkazish uchun energiyani tejash bo‘yicha maxsus respublika tarmoqlararo schyoti ochilishini ta’minlasin. Belgilab qo‘yilsinki, qayd etib o‘tilgan schyotning pul mablag‘laridan Yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash komissiyasining qaroriga muvofiq keyinchalik soliq solinmasdan foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari Q. Haqqulov zimmasiga yuklansin.
Ushbu Nizom yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan, ular qaysi idoraga qarashliligi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, iqtisodiy jazolar qo‘llashni nazarda tutadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(I bo‘limning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori chiqarib tashlangan — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
a) korxonalar va tashkilotlarga qarashli neft mahsulotlarini noqonuniy o‘zlashtirib olish va xo‘jasizlik bilan sarflash, shuningdek, ularni neft omborlaridan va davlat transport vositalaridan noqonuniy sotish aybdor yuridik shaxslardan noqonuniy ravishda sarflangan neft mahsulotlarining 3 baravar qiymatini undirib olishga sabab bo‘ladi;
(“a” kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2004-y., 37-son , 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
b) neft mahsulotlarini maqsadga nomuvofiq ishlatish, shuningdek, ularni qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan normalardan ortiqcha sarflash sarflangan neft mahsulotlarining 50 foiz qiymatini aybdor yuridik shaxslardan undirib olishga sabab bo‘ladi;
(“b” kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
v) neft mahsulotlarini asossiz ravishda ishlab chiqarish nobudgarchiliklari, tabiiy kamayish yoki qo‘shib yozilgan ish hajmi hisobiga hisobdan chiqarish aybdor yuridik shaxslardan noqonuniy ravishda hisobdan chiqarilgan neft mahsulotlarining 3 baravar qiymatini undirib olishga sabab bo‘ladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(“g” kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori bilan chiqarib tashlangan— O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
d) yetkazib beruvchi hamda sotuvchi tashkilotlar va korxonalar tomonidan, shuningdek, neft mahsulotlarini ishlatuvchilar tomonidan ularning sifati buzilganda, shuningdek, neft mahsulotlarini tashish qoidalariga rioya qilmaslik sifati buzilgan neft mahsulotlarining 50 foiz qiymatini va ularning sifatini tiklashga sarflangan barcha xarajatlar pulini aybdorlardan undirib olishga sabab bo‘ladi;
(“d” kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
e) neft mahsulotlarini mahsulot yetkazib beruvchilardan tamg‘asiz vagon-tsisternalarda yoki qoidani buzgan holda qabul qilib olish va tashish neft mahsulotlarini qabul qilish va tashishni amalga oshiruvchi tashkilotlardan tashilgan neft mahsulotlari hajmining 50 foiz qiymatini undirib olishga sabab bo‘ladi;
(“e” kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
j) yetkazib beruvchi va sotuvchi korxonalar va tashkilotlar tomonidan konditsiyasiz neft mahsulotlarining avtotsisternalar tamg‘alanmasdan va neft mahsulotlari sifati pasportlarisiz berilishi sotilgan konditsiyasiz neft mahsulotlarining 50 foiz qiymatini hamda ularning sifatini tiklashga sarflangan barcha xarajatlar pulini aybdorlardan undirib olishga sabab bo‘ladi;
(“j” kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(“z” kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabr 430-sonli qarori asosida chiqarib tashlangan— O‘R QHT, 2004-y., 37 -son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(“i” kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori bilan chiqarib tashlangan — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
a) shartnomalar tuzmasdan gaz yetkazib berish gaz ta’minoti tashkilotlaridan, obyekt (qurilma)ni gaz tarmog‘idan albatta uzib qo‘ygan holda, gaz ulangan paytdan boshlab sarflangan gazning 10 baravar qiymatini undirib olishga sabab bo‘ladi;
(“a” kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabr 430-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 37 -son, 411-modda)
b) ishlatuvchilar tomonidan yoqilg‘i ishlatiladigan qurilmalarning gaz ta’minoti tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab qo‘yilishi, obyekt (qurilma)ni gaz tarmog‘idan albatta uzib qo‘ygan holda, ulardan gaz ulangan paytdan boshlab sarflangan gazning 10 baravar qiymatini undirib olishga sabab bo‘ladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(“v” kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabr 430-sonli qarori asosida chiqarib tashlangan— O‘R QHT, 2004-y., 37 -son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(“g” kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-oktabrdagi 421-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 19-son, 179-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
d) yoqilg‘i ishlatiladigan jihozlar (qurilmalar)da gazning qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan normalardan ortiqcha behuda isrof qilinishi tekshirish paytidan oldingi 12 oyda nooqilona sarflangan gazning 50 foiz qiymatini ishlatuvchilardan undirib olishga sabab bo‘ladi;
(“d” kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(“e” kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabr 430-sonli qarori asosida chiqarib tashlangan— O‘R QHT, 2004-y., 37 -son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(“j” kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori bilan chiqarib tashlangan — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
z) ushbu ishlarni bajarishga “O‘zdavneftgazinspeksiya”ning ruxsatisiz korporatsiyasining gazdan foydalanish huquqini beradigan ruxsatisiz ishlatuvchilarning gaz ishlatiladigan qurilmalarida ishga tushirish va rejimli-sozlash ishlarini amalga oshirish bu ishlarni bajaruvchi tashkilotlardan ishga tushirish va rejimli-sozlash ishlari smeta hajmi qiymatining 10 foizini undirib olishga va barcha ishlarning to‘xtatilishiga, obyekt (qurilma)ning gaz tarmog‘idan uzib qo‘yilishiga olib keladi.
(“z” kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(“a” kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabr 430-sonli qarori asosida chiqarib tashlangan— O‘R QHT, 2004-y., 37 -son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
b) kondensatning shartnomada ko‘rsatilgan miqdorlar doirasida qaytarilib berilmasligi qaytarilmagan miqdor qiymatini 30 foiz, shartnomada ko‘rsatilgan me’yorlardan kam qaytarib berilgan taqdirda esa qaytarilmagan kondensat miqdorining qiymatini, tarif qiymatini ham qo‘shib hisoblagan holda 50 foiz miqdorda undirib olishga sabab bo‘ladi;
(“b” kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori bilan chiqarib tashlangan — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
v) foydalanuvchilar tomonidan elektr va issiqlik qurilmalarining energiya ta’minoti tashkilotlari tarmoqlariga tegishli shartnoma tuzmasdan o‘zboshimchalik bilan ulab qo‘yilishi ishlatilgan elektr va issiqlik energiyasi qiymatini korxona va tashkilotlardan 10 baravar miqdorda undirib olishga sabab bo‘ladi;
(“v” kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabr 430-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 37 -son, 411-modda)
g) korxonalar va tashkilotlar tomonidan elektr energiyasidan xonalarni isitish va issiq suv ta’minoti maqsadlarida tegishli ruxsatlarsiz foydalanish bu maqsadlarda foydalanilgan elektr energiyasi tarifini ulardan 5 baravar miqdorda undirib olishga sabab bo‘ladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
d) sanoat korxonalari va tashkilotlarining isitish tarmoqlaridan suvning to‘kib yuborilishi, izolatsiyaning buzilishi va issiqlik-bug‘ quvurlari, issiqlik tarmoqlaridan, issiqlik ishlatiladigan asbob-uskunalardan izolatsiyasiz foydalanish issiqlik energiyasi hajmining asbob-uskunalar yoki normativ usullar bilan aniqlangan isrof bo‘lgan hajmi qiymatini ulardan 3 baravar miqdorda undirib olishga sabab bo‘ladi;
(“d” kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
e) korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan ishlab chiqarish zaruriyati bo‘lmagan holda jihozlarning unumsiz yoki behuda ishlashi oqibatida energiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri isrof qilinishi, reaktiv quvvatlarni tiklash vositalarining ish tartibi buzilishi yoki ularga rioya qilmaslik asbob-uskunalar yoki normativ usullar bilan aniqlangan isrof bo‘lgan elektr va issiqlik energiyasi hajmi qiymatini ulardan 50 foiz miqdorda undirib olishga sabab bo‘ladi;
(“e” kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
j) sanoat korxonalari va tashkilotlari tomonidan qisilgan havo, suv, bug‘ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri isrof qilinishi, shuningdek, kondensatning oqizib yuborilishi, issiqlik tarmoqlarining suvga bostirib yuborilishi, mavjud ikkilamchi energiya manbalaridan foydalanmaslik yoki zarur darajada foydalanishni ta’minlamaslik asbob-uskunalar yoki normativ usullar bilan aniqlangan isrof bo‘lgan elektr va issiqlik energiyasi qiymatini ulardan 50 foiz miqdorda undirib olishga sabab bo‘ladi;
(“j” kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
z) elektr yoki issiqlik energiyasini hisobga olish sxemasining buzilishi yoki o‘zgartirilishi hisobga olish asboblari so‘nggi marta tekshirilgan paytdan boshlab foydalanilgan elektr va issiqlik energiyasi hajmi qiymatini aybdorlardan 50 foiz miqdorda undirib olishga sabab bo‘ladi;
(“z” kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
i) elektr yoritgichlardan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar, shuningdek hududlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan normalardan ortiqcha, asossiz, ishlab chiqarish zaruriyatisiz foydalanish yorug‘lik texnikasi uskunasining o‘rnatilgan quvvatidan va uskunalardan foydalaniladigan soatlarning yillik sonidan kelib chiqib belgilangan ushbu maqsadlarda foydalaniladigan elektr energiyasi qiymatini 50 foiz miqdorda ulardan undirib olishga olib keladi;
(“i” kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
k) energetika asbob-uskunalari va tarmoqlarining belgilangan Qoidalarning talablariga javob bermaydigan qoniqarsiz texnikaviy holati, energiya qurilmalari va tarmoqlarining texnikaviy holati va ulardan foydalanishdagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha energiya ta’minoti tashkiloti talabining muntazam bajarilmasligi bu qurilmalar va tarmoqlar balansida bo‘lgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga nisbatan ishlatiladigan, tashiladigan yoki bu qurilmalar bilan vujudga keltiriladigan energiyaning o‘rtacha oylik hajmi qiymatining 25 foizi miqdorida iqtisodiy choralar qo‘llashga sabab bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2 band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan iqtisodiy jazolar “O‘zdavneftgazinspeksiya”ning hamda “O‘zdavenergonazorat” agentligining vakolatli mansabdor shaxslari tomonidan tuzilgan dalolatnomalar (bayonnomalar)ga asosan qo‘llanadi. Iqtisodiy jazolar bo‘yicha undirib olinadigan summalar miqdori neft mahsulotlari, gaz va boshqa yoqilg‘i-energetika resurslarining amaldagi qiymatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 24-fevraldagi 94-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 3-4-son, 17-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar sud tartibida qo‘llanadi, ular tomonidan sodir etilgan qonun buzilishi aybi tan olingan va iqtisodiy sanksiyalar summasi ixtiyoriy ravishda to‘langan hollar bundan mustasno
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori asosida xatboshi bilan to‘ldirilgan— O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
2. Iqtisodiy jazolarning qo‘llanishi yuridik va jismoniy shaxslarni ular tomonidan yetkazilgan zararni to‘liq undirib olishdan ozod qilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Yuridik shaxslar “O‘zdavneftgaznazorat” va “O‘zdavenergiyanazorat” agentligi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari ustidan belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoki sudga murojaat qilishga haqlidir.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 24-fevraldagi 94-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 3-4-son, 17-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Yoqilg‘i-energetika resurslaridan, neft mahsulotlari, gaz, elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun ushbu Nizomda nazarda tutilgan undirib olinadigan pul korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bir oy muddatda “O‘zdavneftgazinspeksiya”ning hamda “O‘zdavenergonazorat” agentligining hisob-kitob schyotiga o‘tkaziladi. Uning 90 foizi energiyani tejash bo‘yicha maxsus respublika tarmoqlararo schyotga o‘tkaziladi, qolgan 10 foizi esa “O‘zdavneftgazinspeksiya” hamda “O‘zdavenergonazorat” agentligi” ixtiyorida qoladi va keyinchalik unga soliq solinmaydi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 24-fevraldagi 94-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 3-4-son, 17-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Bu summalar o‘z vaqtida o‘tkazilmagan hollarda ularni aybdor shaxslardan akseptsiz undirib olish “O‘zenergiyanazorat” tomonidan taqdim etilgan hujjatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 515-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Tadbirkorlik subyektining oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining 20 foizidan ortiq bo‘lgan iqtisodiy sanksiyalarni undirish unga undiriladigan summani undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab 6 oy mobaynida to‘lovlarni har oyda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkonini bergan holda amalga oshiriladi.
(III bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori asosida 6-band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Energiya tejash bo‘yicha maxsus respublika tarmoqlararo schyotdagi pul mablag‘laridan keyinchalik soliq solinmasdan yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash komissiyasining qaroriga ko‘ra belgilangan maqsadlar bo‘yicha energiyani tejash muammolarini, energiyani tejaydigan texnologiyalar va ishlab chiqarishlarni yaratish va joriy etishni, yoqilg‘i-energetika resurslarini iste’mol qilish va ulardan foydalanishni hisobga olish, nazorat qilish va boshqarish tizimi tartibini, energiya tejamkorligining normativ huquqiy negizni takomillashtirishni mablag‘ bilan ta’minlash uchun foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Agar neft mahsulotlari, gaz, elektr va issiqlik energiyasidan boshqa maqsadlarda foydalanish yoki ularni ortiqcha sarflash, isrof qilish qishloq xo‘jaligi ishlarini noqulay ob-havo sharoitlarida amalga oshirish, tabiiy ofatlar, halokatlar oqibatlarini bartaraf etish va boshqa favqulodda vaziyatlar tufayli kelib chiqqan bo‘lsa, iqtisodiy jazolar qo‘llanilmaydi.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori bilan 6 va 7-bandlar tegishli ravishda 7 va 8-bandlar deb hisoblangan — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)