(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2017-yil 26-dekabrdagi 2017-75-sonli (ro‘yxat raqami 1500-4, 08.01.2018-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2018-y., 10/18/1500-4/0527-son)
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020-yil 24-noyabrdagi 2020-43-sonli ““Davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik subyektlaridan moliyaviy hisobot, soliqlar, majburiy to‘lovlar va daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblar, arizalar va bildirishnomalar qabul qilib olish hamda ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1500-5, 04.12.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-iyundagi “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risida”gi PQ-100-sonli qaroriga asosan Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. “Davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik subyektlaridan moliyaviy hisobot, soliqlar, majburiy to‘lovlar va daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblar, arizalar va bildirishnomalar qabul qilib olish hamda ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Nizomi ilovaga asosan tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2017-yil 26-dekabrdagi 2017-75-sonli (ro‘yxat raqami 1500-4, 08.01.2018-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2018-y., 10/18/1500-4/0527-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 28-sentabrda 824-son bilan ro‘yxatga olingan va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 1999-yil 10-sentabrda 99-114-son bilan tasdiqlangan “Soliq to‘lovchilarning hisobotlari va balanslarini qabul qilish vaqtinchalik tartibi” o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 10 kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
(nizomning nomi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2017-yil 26-dekabrdagi 2017-75-sonli (ro‘yxat raqami 1500-4, 08.01.2018-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2018-y., 10/18/1500-4/0527-son)
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi va “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-iyundagi “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risida”gi PQ–100 sonli qaroriga asosan soliq to‘lovchilar tomonidan moliyaviy hisobot, soliqlar, majburiy to‘lovlar va ajratmalar, daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblar (shu jumladan qonunchilikka muvofiq hisob-kitoblarga ilova qilinadigan hujjatlar) hamda soliqlar va majburiy to‘lovlarni hisoblash, to‘lashga doir yozma arizalar va bildirishnomalarni, shu jumladan soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilgan arizalar va bildirishnomalarni (bundan keyin “hisobotlar”) soliq organlariga taqdim etish borasida o‘zaro munosabatlar tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2017-yil 26-dekabrdagi 2017-75-sonli (ro‘yxat raqami 1500-4, 08.01.2018-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2018-y., 10/18/1500-4/0527-son)
2. Nizom amaldagi qonunchilikka ko‘ra soliq to‘lovchi bo‘lgan va davlat soliq xizmati organlariga hisobotlar taqdim etishi belgilangan tadbirkorlik subyektlariga va boshqa tashkilotlarga (bundan keyin “soliq to‘lovchi”) tatbiq etiladi.
3. Soliq to‘lovchilar tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlarning shakllari, ularni tuzish tartibi va taqdim etish muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Bunda mikrofirma va kichik korxonalar tomonidan buxgalteriya balansidan iborat moliyaviy hisobot — 1-shaklni hamda moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot — 2-shaklni har hisobot yili bo‘yicha hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevralidan kechikmasdan davlat soliq xizmati organlariga topshiriladi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasining 2012-yil 10-oktabrdagi 2012-29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1500-2, 09.11.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 45-son, 520-modda)
4. Soliqlar, majburiy to‘lovlar va ajratmalar bo‘yicha hisob-kitoblarni tuzish tartibi hamda taqdim qilish muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
5. Amaldagi qonunchilik bilan belgilangan moliyaviy, soliq hisobotlar va soliqlarni hisoblab chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan majburiy ma’lumotnomalardan tashqari soliq to‘lovchilardan qo‘shimcha ravishda har qanday ma’lumotlar, ma’lumotnoma va hujjatlarni talab qilish qat’iyan man etiladi.
Ushbu tartibda hisobotlar bevosita soliq to‘lovchi tomonidan ikki nusxada tuzilib, belgilangan muddatlarda davlat soliq inspeksiyasining soliq to‘lovchilarning hisobot va balanslarni qabul qiluvchi tegishli bo‘linmaga taqdim etiladi.
Soliq to‘lovchilar tomonidan hisobotlar soliq inspeksiyalardagi alohida maxsus ajratilgan xonalarda (operatsion zallarda) taqdim etiladi.
Ushbu tartibda soliq to‘lovchi tomonidan hisobotlar ikki nusxada tuzilib, bitta konvertga solinadi va o‘zining muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tamg‘alanadi. Konvertga solingan hisobotlar, soliq to‘lovchilar hisobga qo‘yilgan davlat soliq inspeksiyasiga pochta orqali yuboriladi.
(6-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2015-yil 5-oktabrdagi 2015-31-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1500-3, 08.10.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 40-son, 524-modda)
Ushbu tartibda hisobotlar soliq to‘lovchi tomonidan elektron shakllarda tayyorlanib, belgilangan muddatlarda hisobga qo‘yilgan davlat soliq inspeksiyalariga elektron aloqa orqali yuboriladi. Elektron hujjatlarda tayyorlangan hisobotlar bevosita soliq to‘lovchi yoki ularning axborot vositachisi orqali yuborilishi mumkin.
Elektron shaklda qayd etilgan hisobotlar elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va hisobotlarning belgilangan shakllari to‘liq to‘ldirilgan bo‘lishi kerak. Soliqlar va majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqish va to‘lashga doir yozma arizalar va bildirishnomalarni, shu jumladan soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilgan ariza va bildirishnomalarni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan quyidagi majburiy rekvizitlariga ega bo‘lishi kerak:
(6-bandning “s” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2017-yil 26-dekabrdagi 2017-75-sonli (ro‘yxat raqami 1500-4, 08.01.2018-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2018-y., 10/18/1500-4/0527-son)
Elektron hujjatlarda taqdim etilayotgan hisobotlardagi ma’lumotlarni himoyasini ta’minlash maqsadida, elektron hujjat aylanishining ishtirokchilari tomonidan ma’lumotlarni kriptografiya himoya vositalari qo‘llaniladi.
Elektron shaklda hisobotlarni taqdim etgan soliq to‘lovchilar ushbu hisobotlarni qog‘oz nusxalarda taqdim etish majburiyatiga ega emas.
Tadbirkorlik subyektlari hisobotlarni telekommunikatsiya kanallari orqali elektron hujjat tarzida taqdim etadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2015-yil 5-oktabrdagi 2015-31-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1500-3, 08.10.2015-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 40-son, 524-modda)
8. Soliq to‘lovchilar tomonidan elektron hujjat aylanishi orqali taqdim etilgan hisobotlarni qabul qilish va ishlov berish uchun hisobotlarni qabul qiluvchi bo‘linmada alohida elektron manzilga ega bo‘lgan elektron hujjatlarni qabul qilib oluvchi kompyuter o‘rnatiladi. Ushbu kompyuter davlat soliq inspeksiyasining lokal tarmog‘iga ulangan bo‘lishi lozim.
9. Pochta aloqasi orqali soliq to‘lovchilar tomonidan taqdim etilgan hisobotlar davlat soliq inspeksiyasining umumiy bo‘limiga kelgach, umumiy bo‘lim pochta konvertidagi barcha hujjatlarni yagona raqam va kelib tushish sanasi bilan ro‘yxatdan o‘tkazib, bir kun ichida reyestr asosida hisobotlarni qabul qiluvchi bo‘linmaga taqdim etadi.
10. Soliq to‘lovchilar hisobotlarni qabul qiluvchi bo‘linmaning mas’ul xodimlariga bevosita hisobotlarni topshirganda, hisobotlarni qabul qilib olgan shaxs soliq to‘lovchining hisobotning ikkinchi nusxasining o‘ngdan pastki burchagiga davlat soliq xizmati idorasining ro‘yxatga olish shtampini qo‘yadi, kirish raqami va hujjatning kelib tushgan sanasini ko‘rsatadi.
11. Davlat soliq inspeksiyasining hisobotlarni qabul qiluvchi bo‘linmaga soliq to‘lovchilarning hisobotlari tushgandan so‘ng, ularni olinganligini, ushbu tartibdagi 1-ilovaga muvofiq, soliq to‘lovchilarning hisobotlarini ro‘yxatga olish jurnaliga bir kun ichida qayd qiladilar.
Topshiriladigan hisobotlarni qayd qilish jurnali raqamlanishi, tikilgan, Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining imzosi va muhr bilan tasdiqlanishi lozim.
12. Soliq to‘lovchilarning hisobotlarini olish jurnalida hisobotlar soliq to‘lovchilar tomonidan taqdim etilgan sanasi:
elektron hujjat aylanishi orqali taqdim etilganda, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, hisobotlarni jo‘natuvchi tomonidan uning bekor qilinishi mumkin bo‘lmagan jo‘natilish sanasi;
pochta aloqasi orqali taqdim etilganda, hisobotlarni yuborilganligi to‘g‘risida pochta bo‘limining shtampidagi sanasi;
soliq to‘lovchilarning bevosita davlat soliq inspeksiyasiga tashrifi orqali taqdim etilganda, mazkur Nizomning 10-bandiga muvofiq hisobotlarni qabul qilib olgan shaxs tomonidan hujjatning kelib tushganligi to‘g‘risida ko‘rsatilgan sanasi hisoblanadi.
13. Hisobotlarni qabul qiluvchi bo‘linma xodimlari soliq to‘lovchilardan qabul qilingan hisobotlarda quyidagilarning mavjudligini tekshiradilar:
hisobotlarda mansabdor shaxslarining imzolarining va muhrning (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) mavjudligi;
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2015-yil 5-oktabrdagi 2015-31-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1500-3, 08.10.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 40-son, 524-modda)
elektron hujjat aylanishi orqali yuborilganda hisobotlardagi mansabdor shaxslarning elektron raqamli imzolarining mavjudligini va elektron hujjat imzolanayotgan paytda elektron raqamli imzo kalitining sertifikati amal qilib turganligi ham tekshiriladi;
hisobotlarning barcha majburiy rekvizitlarini (bank hisobvaraqlari raqamlari, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamlari, yuridik manzil, sanalar va shu kabilarni) to‘ldirishini;
hisobotlardagi shakllarida nazarda tutilgan barcha ko‘rsatkichlarni to‘ldirishini, shunda korxonada tegishli aktivlar, passivlar, operatsiyalar mavjud bo‘lmagan holda bu modda (qator, ustun chizib ) (“x” belgi bilan) qo‘yilganligini.
14. Soliq to‘lovchilarning hisobotlarini qayta ishlov berish kelib tushgan paytidan to hisobotning yoki mulohazalarning bir nusxasi soliq to‘lovchiga berilishi paytigacha uch kundan oshmagan muddatda amalga oshirilishi lozim.
Agarda yuqorida aytilgan muddatning tugash vaqti dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelib qolsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
(14-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2008-yil 19-oktabrdagi 2008-42-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1500-1, 04.11.2008-y.) tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 44-45-son, 448-modda)
15. Hisobotga doir e’tirozlar bo‘lmagan taqdirda taalluqli kompyuter dasturi orqali hisobot kuniga hisoblangan soliq to‘lovlari summalari ko‘rsatkichlari hisobvaraqlariga yozuvlarni o‘tkazish va budjet bilan o‘zaro hisob-kitoblarga ko‘ra operativ taqqoslanishni amalga oshirish uchun, soliqlar tushumini hisobga olish, tahlil qilish va soliq statistikasini olib boruvchi bo‘linmaga topshiriladi, shundan keyin budjet bilan hisob-kitoblar haqidagi ma’lumotlar ko‘chirilib, soliq summalarining shaxsiy hisobvaraqlariga o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni kompyuterdan chiqarib, belgilangan holda hisobotlarni qabul qiluvchi bo‘linmaga topshiriladi.
16. Shunday keyin, hisobotlarni qabul qiluvchi bo‘linmaning xodimlari, qog‘oz shakllarda taqdim etilgan hisobotlarni qabul qilingani haqida shtamp qo‘yib, qabul qilingan hisobotning bir nusxasini soliq to‘lovchiga qaytaradilar.
Elektron shakldagi hisobot qabul qilinganligi haqida soliq inspeksiyasining mansabdor shaxsi tomonidan elektron raqamli imzo qo‘yiladi va imzolangan hisobot soliq to‘lovchiga qaytariladi.
Hisobotning qabul qilingan nusxasi, soliq to‘lovchi tomonidan ushbu hisobot taqdim etilgan shakliga qarab, ya’ni elektron hujjat aylanishi orqali, pochta aloqasi orqali yoki bevosita soliq to‘lovchining o‘ziga qaytariladi.
17. Taqdim etilgan hisobotlar belgilangan talablarga muvofiq kelmagan taqdirda davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan, mazkur Nizomda belgilangan muddatlarda hamda Nizomning 2-ilovasiga muvofiq “Hisobotga doir mulohazalar” tayyorlanib, qayta ishlash uchun soliq to‘lovchiga qaytariladi.
“Hisobotga doir mulohazalar” va hisobotlar, soliq to‘lovchi tomonidan ushbu hisobot taqdim etilgan shakliga qarab, ya’ni elektron hujjat aylanishi orqali, pochta aloqasi orqali yoki bevosita soliq to‘lovchining o‘ziga qaytariladi.
18. Mazkur mulohazalar tuzatilish va hisobotlar topshirish uchun belgilangan muddatdan kechiktirmay taqdim etilishi lozim. Bunday holda amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlik choralari soliq to‘lovchiga nisbatan qo‘llanmasligi lozim.
19. Bildirilgan mulohazalarni hisobga olgan holda takror ishlab chiqilgan hisobot davlat soliq xizmati idorasiga qayta taqdim etiladi va hisobotga bog‘liq keyingi ishlar ushbu Nizomning 15-16 bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
20. Soliq to‘lovchilarning qabul qilingan hisobotlari hisobotlar va balanslarni qabul qilish bo‘linmasida maxsus ajratilgan va yopiladigan yaroqli idora shkaflarida va qonunchilik bilan belgilangan muddatlarda saqlanishi lozim.
Elektron shaklda taqdim etilgan hisobotlar maxsus ajratilgan kompyuterlarda saqlanadi. Elektron hisobotlarni saqlash chog‘ida ulardan foydalanish va ularning qog‘oz nusxalarini taqdim etish imkoniyati ta’minlanishi lozim.
Elektron shakldagi hisobotlarni saqlash muddati, qog‘oz nusxalardagi hisobotlar uchun belgilangan muddatdan kam bo‘lmasligi kerak.
soliq organlaridan soliq haqidagi qonun hujjatlari masalalari bo‘yicha axborot va maslahatlar olish;
soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalar oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarish yuzasidan soliq organlaridagi mavjud ma’lumotlar bilan tanishish;
soliq solish obyektini hisobga olishda, soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish va to‘lashda o‘zlari yo‘l qo‘ygan xatolarni mustaqil ravishda tuzatish.
budjetga va budjetdan tashqari jamg‘armalarga ortiqcha miqdorda tushgan soliqlar va yig‘imlar summasini qaytarish to‘g‘risida yozma, shu jumladan soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilgan ariza bilan murojaat qilish.
(21-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2017-yil 26-dekabrdagi 2017-75-sonli (ro‘yxat raqami 1500-4, 08.01.2018-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2018-y., 10/18/1500-4/0527-son)
22. Mazkur Nizomning 21-bandida ko‘rsatilgan murojaatlari yuzasidan ma’lumotlar soliq organlari tomonidan, soliq to‘lovchilarning xohishiga ko‘ra — elektron hujjat aylanishi orqali, pochta aloqasi orqali yoki bevosita soliq to‘lovchining o‘ziga taqdim etiladi.
Shunda, har bir ma’lumot belgilangan tartibda soliq organining muhri va mansabdor shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi. Elektron hujjat orqali taqdim etilgan ma’lumot esa soliq organi mansabdor shaxsining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
23. Davlat soliq organlarida soliq to‘lovchilardan hisobotlar to‘liq ish kuni davomida qabul qilinadi.
24. Soliq to‘lovchilardan hisobotlarni qabul qilishda, ularni mulkchilik shakliga, faoliyat turiga, to‘layotgan soliq turlariga qarab yoki boshqa mezonlarga qarab hisobotlarni qabul qiluvchi xodimlarga biriktirish qat’iyan man etiladi.
25. Soliq to‘lovchilar tomonidan hisobotlarni topshirish jarayonida qulayliklar yaratish maqsadida hisobotlarni qabul qilish har bir operatsion zallarda:
tegishli me’yoriy hujjatlar hamda soliq tizimidagi yangiliklarni yorituvchi informatsion axborot stendlari;
hisobotlarni qabul qilish bo‘linmasining xodimlarini joylashganligi va ularning funksional vazifalari haqida informatsion axborot stendlari;
soliq inspeksiyasining lokal axborot tizimiga ulanmagan, me’yoriy huquqiy-informatsion dasturlari kiritilgan kompyuterlar o‘rnatilishi;
hisobotlarni topshirishda mavjud savollar va muammolar, shuningdek soliq qonunchiligida o‘zgarishlar to‘g‘risida soliq to‘lovchilarga tezkor konsultatsiyalar berish uchun soliq xizmati organining mas’ul xodimini biriktirish lozim.
26. Hisobotlarni qabul qilish bo‘linmasi va soliq idorasining boshqa bo‘linmalari mas’ul xodimlari (hisobotlardan foydalanuvchilar), soliq to‘lovchilarning topshirgan hisobotlardan foydalanishni (ma’lumotlarni ko‘chirib yozish, hisobot shakllaridan, soliq hisob-kitoblaridan nusxalar olish) faqat maxsus ajratilgan xonadan amalga oshirishlari mumkin va shunda xonadan tashqarisiga olib chiqib ketish huquqiga ega emaslar.
27. Hisobotdan foydalanuvchiga soliq to‘lovchining buxgalterlik hisoboti yoki hisobotlarning ayrim shakllari zarur bo‘lib qolgan taqdirda hisobotdan foydalanuvchi zarur hujjatlarning nusxalarini olishga haqlidir.
Hisobotdan foydalanuvchilarni va ular tomonidan olingan ayrim hisobot shakllarini ro‘yxatga olish uchun 3-ilovada ko‘rsatilgan, raqamlangan, tikilgan va muhr bilan tasdiqlangan hisobotlardan foydalanuvchilarni ro‘yxatga olish jurnali yuritilishi zarur.
28. Hisobotlardan foydalanuvchilarga hisobotlar o‘rnatilgan tartibda faqatgina soliq organlarining boshliqlari va ularning o‘rinbosarlarini yozma ravishdagi ko‘rsatmasiga asosan berilishi zarur.
amaldagi qonunchilik bilan belgilangan moliyaviy va soliq hisobotlardan tashqari soliq to‘lovchilardan qo‘shimcha ravishda har qanday ma’lumotlar, ma’lumotnoma va hujjatlarni talab qilganlik uchun;
ushbu Nizomning 13-bandida ko‘rsatilgan savollar bo‘yicha olib borilgan tekshiruvning sifatsiz amalga oshirilganlik uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javobgardirlar.
30. Hisobotlardan foydalanuvchilar soliq to‘lovchilarning hisobotlardagi ma’lumotlarining sir saqlanishi uchun qonunda belgilangan tartibda javobgardirlar.
31. Soliq to‘lovchilar, taqdim etiladigan hisobotlar tasdiqlangan shakllarda to‘ldirilishi, undagi barcha ko‘rsatkichlarining haqqoniyligi hamda hisobotlarni o‘z vaqtida topshirilishi uchun amaldagi qonunlarga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik subyektlaridan moliyaviy hisobot, soliqlar, majburiy to‘lovlar va daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblar, arizalar va bildirishnomalarni qabul qilib olish hamda ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
(ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2017-yil 26-dekabrdagi 2017-75-sonli (ro‘yxat raqami 1500-4, 08.01.2018-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2018-y., 10/18/1500-4/0527-son)
№ | Soliq to‘lovchining nomi | Hisobotning turi (moliyaviy hisobot, soliqlar yoki majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitob va hokazo) | Hisobotlar taqdim etilgan sana | Qayta ishlashga yuborilgan sana | Hisobot qayta ishlovdan so‘ng qabul qilingan sana | ||
elektron hujjat aylanishi orqali | Pochta aloqasi orqali | Soliq to‘lovchilarning bevosita Soliq inspeksiyasiga tashrifi orqali | |||||
1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 |
Izoh: 4, 5, 6-ustunlarda hisobotni qabul qilish sanasi Nizomning 14 bandiga muvofiq belgilanadi. |
Davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik subyektlaridan moliyaviy hisobot, soliqlar, majburiy to‘lovlar va daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblar, arizalar va bildirishnomalarni qabul qilib olish hamda ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
(ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2017-yil 26-dekabrdagi 2017-75-sonli (ro‘yxat raqami 1500-4, 08.01.2018-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2018-y., 10/18/1500-4/0527-son)
1. Hisobotlar to‘liq emas _______________________________________________________ | |||
(hisobotlarning qaysi shakllari yo‘qligi ko‘rsatilsin) | |||
____________________________________________________________________________ | |||
2. Mansabdor shaxslar imzosi yo‘q ________________________________________________ | |||
(qaysi shakllarda) | |||
3. Barcha rekvizitlar to‘ldirilganmi: | |||
— bank hisobotlari raqami | |||
— STIR faoliyat kodi | |||
— yuridik manzil | |||
— javobgar shaxs | |||
Zarurat bo‘lsin, qaysi shakllarda to‘ldirilmaganligi ko‘rsatilsin | |||
4. Hisobotlar shakllarining to‘ldirilmagan ko‘rsatkichlari bor yoki hisobot shakllari belgilangan me’yorlar buzilgan holda to‘ldirilgan ___________________________________ ____________________________________________________________________________ | |||
(qaysi shakllarda ekanligi ko‘rsatilsin) | |||
5. ___________________ soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha qo‘llanadigan imtiyozlar tafsiloti yo‘q | |||
6. ___________________ soliqlarni va majburiy to‘lovlar to‘lashdan ozod qilishda tasdiqlovchi hujjatlar (hisob-kitoblar) yo‘q | |||
7. Boshqalar __________________________________________________________________ | |||
(sababi ko‘rsatilsin) | |||
Izoh: mulohazalar faqat hisobotlar yuzasidan e’tirozlar bor bo‘lganda to‘ldiriladi. Mulohazalar ikki nusxada to‘ldiriladi, ulardan bittasi inspeksiyada saqlanadi. | |||
Inspektor ____________________ (ismi, sharifi); sana ____________________ |
Davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik subyektlaridan moliyaviy hisobot, soliqlar, majburiy to‘lovlar va daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblar, arizalar va bildirishnomalarni qabul qilib olish hamda ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
(ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2017-yil 26-dekabrdagi 2017-75-sonli (ro‘yxat raqami 1500-4, 08.01.2018-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2018-y., 10/18/1500-4/0527-son)
№ | Hisobotdan | Foydalangan | Olingan | Oluvchining | Qaytarish | Qaytarib |
1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 |