Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XALQ ISTEʼMOL MOLLARI IShLAB ChIQARIShNI RAGʻBATLANTIRISh MAQSADIDA SOLIQ TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-iyundagi 168-sonli “Soliq imtiyozlari tartibga solinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, kichik korxonalar, ayniqsa qishloq joylarda shunday korxonalar barpo etishni ragʻbatlantirish, shuningdek, taqchil xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarishni koʻpaytirish va tashkil qilishdan korxonalarning iqtisodiy manfaatdorligini oshirish hamda isteʼmol bozorini shunday mollar bilan toʻldirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-fevral 55-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-fevral 55-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-fevral 55-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
4. Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, (spirtli, spirtsiz ichimliklar, zargarlik va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar bundan istisno) aksiz soligʻining bir qismi korxonalar ixtiyorida qoldirilib, ana shu mablagʻlar ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishga sarflansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishgan holda aksiz soligʻi miqdorlarini belgilash va qayta koʻrib chiqish hamda korxonalar ixtiyorida qoldiriladigan ulushni belgilash huquqi berilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi bilan kelishgan holda soliq olishda mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgarishlar munosabati bilan budjetga toʻlovlar boʻyicha korxonalar va tashkilotlarning hisob-kitoblar tartibini ishlab chiqsin.
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari — Moliya vaziri oʻrtoq B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 24-fevral,
93-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-fevral 55-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)