LexUZ sharhi
Mazkur 1-sonli qo‘shimcha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2006-yil 17-yanvardagi 1/8-sonli “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari elektron tizimlarida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risida Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat № 1552, 2006-yil 13-mart) muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan 1998-yil 25-iyulda tasdiqlangan 412-sonli “Avtomatlashtirilgan bank texnologiyasi tizimidagi axborotni muhofaza qilish va ushbu qoidalarning bajarilishida tijorat banklaridagi mansabdor shaxslarning javobgarligi to‘g‘risidagi Nizom”ning 2.13-bandining 1-qismi (xatboshisi) quyidagi tahrirda bayon etilsin va qo‘shimcha 3-qism bilan to‘ldirilsin:
2.13. Tijorat banklarining asosiy X.25 yoki Frame Relay aloqa tarmoqlari buzilganda axborot uch usulda uzatilishi va qabul qilinishi mumkin:
1) Tijorat banklarining Axborotlashtirish Bosh markazi yoki Hududiy axborotlashtirish markazi bilan kommutatsiyali telefon tarmog‘i orqali ishlash tartibi:
Kommutatsiyali telefon tarmog‘i orqali ishlashga vaqtincha, asosiy X.25 yoki Frame Relay tarmoqlari orqali ishlash imkoniyati bo‘lmagan holdagina ruxsat beriladi;
Tijorat banki Axborotlashtirish Bosh markazi yoki Hududiy axborotlashtirish markaziga qo‘ng‘iroq qilib, kommutatsiyali telefon tarmog‘i orqali ishlashga ruxsat olishi, so‘ngra kommutatsiyali telefon tarmog‘i orqali axborot almashinuvini amalga oshirishi kerak. Axborotlashtirish Bosh markazi yoki Hududiy axborotlashtirish markazi darhol Markaziy bankning Xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish departamentiga bu haqda xabar beradi;
Tijorat banki Axborotlashtirish Bosh markazi yoki Hududiy axborotlashtirish markazi bilan kommutatsiyali telefon tarmog‘i orqali axborot almashinishi to‘g‘risida uch nusxada dalolatnoma tayyorlaydi. Tijorat banki dalolatnomaning bir nusxasini Axborotlashtirish Bosh markazi yoki Hududiy axborotlashtirish markaziga, ikkinchisini Markaziy bankning Xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish departamentiga yuboradi, uchinchi nusxani o‘zida saqlab qoladi;
Har kuni amaliyot kuni oxirida Axborotlashtirish Bosh markazi va Hududiy axborotlashtirish markazlari Markaziy bankning Xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish departamentiga kommutatsiyali telefon tarmog‘i orqali ishlagan tijorat banklari to‘g‘risida yozma ravishda ma’lumot beradilar.
3) Tijorat banki X.25, Frame Relay va kommutatsiyali telefon tarmog‘i orqali ishlash imkoniyati bo‘lmagan holda ikkinchi tijorat banki aloqa tarmog‘idan foydalanib ishlash tartibi:
Tijorat banki o‘ziga yaqin bo‘lgan tijorat banklarining biriga yozma ravishda murojaat qilishi va shu bank rahbarining roziligi bilan mazkur usulda axborot almashinuvini amalga oshirishi mumkin. Aloqa tizimi nosoz bo‘lgan tijorat bankining o‘ziga yaqin bo‘lgan tijorat banklari aloqa tizimidan foydalanib turish to‘g‘risidagi iltimosi rad etilgan taqdirda, u mazkur Nizomning 2.13-bandining 2-chi “Disketalar yordamida elektron axborotlarni uzatish” bandiga asosan ishlashi kerak;
O‘z aloqa tarmog‘ini foydalanish uchun beruvchi tijorat banki Axborotlashtirish bosh markazi yoki Hududiy axborotlashtirish markazi direktori nomiga quyidagi mazmundagi DOS formatidagi modem xatini SkkkkkDD.TXT (bu yerda S-bo‘lishi shart bo‘lgan harf, kkkkk-MFO kodi, DD-xat yuborilayotgan sana) ko‘rinishida nomlangan faylda yuboradi, shu sanada jo‘natiladigan keyingi modem xati fayllarining kengaytirilgan nomi TX1, TX2.... kabi nomlanadi.
chiqish № | Axborotlashtirish bosh markazi direktoriga (hududiy axborotlashtirish markazi direktoriga |
Axborotlashtirish Bosh markazi yoki Hududiy axborotlashtirish markazi mazkur modem xati nusxasini Markaziy bankning Xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish departamentiga beradi. Axborotlashtirish Bosh markazi yoki Hududiy axborotlashtirish markazi qabul qilingan modem xatiga asosan javob yuboradi. Javob №kkkkkDD.TXT (bu yerda №-bo‘lishi shart bo‘lgan harf, kkkkk — MFO kodi, DD — xat yuborilgan sana) ko‘rinishida nomlangan fayl bo‘lib, shu sanada jo‘natiladigan keyingi javob fayllarining kengaytirilgan nomi TX1, TX2.... kabi nomlanadi. Ushbu javob faylida so‘ralgan ishlash imkoniyatlari yaratib berilganligi, muddati yoki boshqa tegishli axborotlar bo‘lishi kerak.
Tijorat banki javob faylini olmagan taqdirda Axborotlashtirish bosh markazi yoki Hududiy axborotlashtirish markaziga telefon qilishi kerak.
Tijorat banki ushbu usulda ishlashga majbur bo‘lish sabablarini aniq ko‘rsatgan holda, amalga oshirilgan axborot almashinuvi to‘g‘risida to‘rt nusxada dalolatnoma tayyorlaydi, bir nusxasi Axborotlashtirish Bosh markazi yoki Hududiy axborotlashtirish markaziga, ikkinchisini Markaziy bankning Xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish departamentiga, uchinchisini aloqa tarmog‘idan foydalanilgan tijorat bankiga yuboradi, to‘rtinchisini o‘zida saqlab qoladi;
Har kuni amaliyot kuni oxirida Axborotlashtirish Bosh markazi va Hududiy axborotlashtirish markazlari Markaziy bankning Xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish departamentiga kommutatsiyali telefon tarmog‘i orqali ishlagan tijorat banklari to‘g‘risida yozma ravishda ma’lumot beradilar.