OʻZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK JUMHURIYATI PREZIDENTINING
Farmoni
ASPIRANTLAR, OLIY OʻQUV YuRTLARI TALABALARI, OʻRTA MAXSUS OʻQUV YuRTLARI VA HUNAR-TEXNIKA BILIM YuRTLARI OʻQUVChILARINING STIPENDIYALARINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oliy oʻquv yurtlari talabalari va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari hamda hunar-texnika bilim yurtlari oʻquvchilarini ijtimoiy jihatdan himoya qilishni kuchaytirish va ularning moddiy ahvolini yaxshilash, mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida:
1. Barcha aspirantlar, oliy oʻquv yurtlarining talabalari va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlari oʻquvchilarining stipendiyalari 1990-yilning 1-sentabridan 30 foizga qadar koʻpaytirilsin.
2. Aspirantlar, talabalar va oʻquvchilarga zarur madaniy-maishiy sharoit yaratish hamda ularning ijtimoiy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash barcha darajalardagi oʻquv yurtlarining rektorlari va direktorlari zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
3. Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Kengashi ushbu Farmondan kelib chiqadigan barcha masalalarni hal etsin va stipendiyalarga qoʻshimcha haq toʻlashni belgilashda tabaqalashtirilgan holda xolisona yondashuvni taʼminlasin.
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyatining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1990-yil 4-sentabr,
53-son
(Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyati Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1990-y., 25—27-son, 331-modda)