18.11.1991 yildagi 417-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat yangi tahrirda qabul qilingan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING REFERENDUMI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonunn 2001-yil 30-avgustdagi 265-II-son Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonuni bilan yangi tahrirda qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I BOB. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Referendum tushunchasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi referendumi — davlat hayoti va ijtimoiy hayotining eng muhim masalalari boʻyicha, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarini va oʻzga qarorlarni qabul qilish, ularni oʻzgartirish, jamoatchilik fikrini aniqlash maqsadida umumxalq ovoz berishi boʻlib, xalq hokimiyatini bevosita amalga oshirish vositasidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Referendumda qabul qilingan qarorlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida oliy yuridik kuchga ega boʻladi va faqat referendum oʻtkazish yoʻli bilan bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Fuqarolarning referendumda ishtirok etish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 18 yoshga toʻlgan fuqarolari referendumda qatnashish huquqiga egadirlar. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan ruhiy kasal fuqarolar, shuningdek sudning hukmiga koʻra ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan yoxud jinoyat-protsessual qonunlarda belgilangan tartibda oldini olish chorasi qoʻllangan — hibsda ushlab turilgan shaxslar referendumda qatnashmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy holati, irqi va millati, jinsi, maʼlumoti, tili, dinga munosabati, siyosiy va oʻzga qarashlari, muayyan joyda qancha yashayotganligi, mashgʻulot turi va xarakteriga qarab fuqarolarning referendumda qatnashish huquqlarini bevosita yoki bilvosita cheklash man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Referendumni oʻtkazish prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari referendumda ixtiyoriy tarzda bevosita ishtirok etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Referendumda ovoz berish yashirin oʻtkaziladi, fuqarolarning oʻz xohish irodalarini izhor etishlarini nazorat qilishga yoʻl qoʻyilmaydi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari referendumda teng asoslarda ishtirok etadilar. Har bir fuqaro shaxsan ovoz beradi va bir ovozga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Referendumni tayyorlash va uni oʻtkazish davomida keng oshkoralik, jamoatchilikning ishtiroki taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda Oʻzbekiston Respublikasining referendum toʻgʻrisidagi qonunlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining referendumi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni), ushbu Qonun, Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlari saylovi toʻgʻrisidagi qonunlarning talablariga muvofiq oʻtkaziladi va Oʻzbekiston Respublikasininp ushbu Qonunga zid boʻlmagan qonun hujjatlari bilan tartibga solib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Referendumga qoʻyilmaydigan masalalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikaning hududiy bir 6utunligini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi, soliqlar, budjet toʻgʻrisidagi, amnistiya, avf etish toʻgʻrisidagi, jamoat tartibini, aholining sihat-salomatligi va xavfsizligini taʼminlash boʻyicha favqulodda va shoshilinch chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi tuzgan xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishi toʻgʻrisidagi masalalar, shuningdek mansabdor shaxslarni tayinlash va ozod qilish bilan bogʻliq masalalar Oʻzbekiston Respublikasining referendumiga qoʻyilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Referendumni tayinlash huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi referendumini oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish huquqiga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Referendumni tayyorlash va uni oʻtkazish chogʻida oshkoralik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, ommaviy harakatlar, referendumni tashkil etishda va uni oʻtkazishda qatnashayotgan davlat va jamoat idoralari oʻz faoliyatlarini ochiq va oshkora amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, boshqa jamoat birlashmalari va ommaviy harakatlar, mehnat jamoalari va fuqarolarga referendumga kiritilajak masalani yoqlab yoki unga qarshi bemalol tashviqot yurgizish huquqi kafolatlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz beriladigan kunda tashviqot olib borish man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Referendumga oid barcha masalalar, shuningdek referendumga kiritilajak qonun yoki oʻzga qarorlarning loyihalari tegishli idoralar tomonidan qabul qilinganidan keyin yetti kun mobaynida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy axborot vositalari referendumni tayyorlash qanday borayotganini va uning oʻtishini yoritib turadilar, ularning vakillariga referendum bilan bogʻliq boʻlgan barcha yigʻilishlar va majlislarga bemalol kirish va tegishli axborotni olish kafolatlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Referendum komissiyalari oʻzlarining tarkibi, manzilgohi va ish vaqtidan, ovoz berish uchastkalarining tashkil etilganligidan va referendumda qatnashish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarning roʻyxatidan aholini oʻz vaqtida voqif qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Referendum komissiyalarining majlislarida, shuningdek ovoz berish uchastkalarida ovoz berish vaqtida va ovozlarni hisoblab chiqish chogʻida, referendumning natijalarini aniqlash paytida siyosiy va oʻzga jamoat tashkilotlari ommaviy harakatlarning, mehnat jamoalarining, fuqarolar yigʻilishlarning, shuningdek ommaviy axborot vositalarining vakillari xozir boʻlishga haqlidirlar. Komissiyalarning majlislarida yoki ovoz berish uchastkalarida xozir boʻlgan shaxslar ularni yoʻllagan; tashkilot yigʻilishining bayonidan tasdiqlangan koʻchirmaga yoki oʻzlarining vakolatlarini tasdiqlovchi oʻzga hujjatga ega boʻlishlari kerak. Mazkur vakillar hozir boʻlishi kutilayotganligi toʻgʻrisida referendum oʻtkazuvchi komissiyalarni oldindan voqif etish talab qilinmaydi. Referendum oʻtkazuvchi komissiyaning faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8–modda. Referendumni moddiy jihatdan taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Referendumni tayyorlash va uni oʻtkazish xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasining davlat mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat idoralari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va ularning birlashmalari zarur xonalar va jihozlarini referendum oʻtkazuvchi komissiya ixtiyoriga bepul beradilar. Davlatga qarashli boʻlmagan korxonalar va tashkilotlarning xonalari va jihozlarini referendum oʻtkazuvchi komissiya ishi ijaraga olish haqi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Referendum toʻgʻrisidagi qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining referendumda qatnashish, tashviqot yuritish huquqidan erkin foydalanishlariga zoʻravonlik bilan, aldash, tahdid qilish yoki oʻzga yoʻl bilan qarshilik qiluvchi shaxslar, shuningdek referendum hujjatlarini soxtalashtirgan, ovozlarni ataylab notoʻgʻri hisoblagan, yashirin ovoz berish prinsipini buzgan yoki ushbu Qonunni oʻzgacha tarzda buzgan referendum oʻtkazuvchi komissiyaning aʼzolari, davlat va jamoat idoralarining mansabdor shaxslari, siyosiy partiyalar va harakatlarning vakillari, tashabbuskor guruhning aʼzolari, imzo toʻplayotgan shaxslar qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladilar. Referendum oʻtkazuvchi komissiyaning aʼzolariga nisbatan haqoratlovchi munosabatda boʻlgan shaxslar ham javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II BOB. REFERENDUMNI TAYYORLASh VA UNI OʻTKAZISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Referendumni oʻtkazish tashabbusi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi referendumini oʻtkazish tashabbusi bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi nomidan uning davlat hokimiyati organi chiqishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining referendum oʻtkazishni talab qilish huquqlarini amalga oshirishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar referendumni oʻtkazish toʻgʻrisidagi talabnomaga referendumda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan kamida toʻrt yuz ming nafar fuqaro imzo chekkan boʻlsa Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari referendum oʻtkazish tashabbusi huquqini amalga oshiradilar. Basharti, fuqarolarning imzolari ushbu Qonunni buzmay toʻplangan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi referendum tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Referendum oʻtkazish toʻgʻrisidagi talabnomaga imzo toʻplash tashabbusi huquqi Oʻzbekiston Respublikasining referendumda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan har bir fuqarosiga yoki bir guruh fuqarolariga tegishlidir. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari imzolarni toʻplash huquqidan ixtiyoriy tarzda va mustaqil foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun talablariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan tuziladigan referendum tashabbuskor guruhlari imzolar toʻplashni tashkil etadilar va amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Referendum tashabbuskor guruhini tashkil etish va uni roʻyxatdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Referendum oʻtkazish zarurligi masalasini hal etish maqsadida fuqarolarning tashabbusi bilan fuqarolarning yigʻilishi oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻilish oʻtkazish tashabbuskorlari kamida 10 kun avval xalq deputatlari tegishli Sovetini yoki uning Rayosatini yigʻilish qayerda va qachon oʻtkazilishidan xabardor qilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti, referendumda qatnashish huquqiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining kamida 300 fuqarosi ishtirok etsagina, yigʻilish qonuniy kuchga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻilishdan avval uning qatnashchilari roʻyxatga olinadi, yigʻilish rayosat saylaydi, referendum oʻtkazish zarur yoki zarur emasligini, shuningdek referendumga taklif etilajak qaror loyixasining matnini muxokama qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti, referendum oʻtkazish haqida qaror qabul qilinsa va referendumga chiqarilayotgan matn tasdiqlansa yigʻilish, ochiq yoki yashirin ovoz berish yoʻli bilan tarkibi kamida 10 kishidan iborat boʻlgan referendum tashabbuskor guruhni saylaydi va unga imzo toʻplashni tashkil etishni topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻilish protokoli va uning qatnashchilari roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlari hamda tashabbuskor guruhning roʻyxati qayd etish uchun fuqarolarning yigʻilish oʻtkazilgan hududdagi xalq deputatlari nohiya yoki shahar Sovetiga yoki uning rayosatiga takdim etiladi, Sovet yoki uning Rayosati protokolni olgan kundan boshlab bir hafta muddat ichida tashabbuskor guruhni qayd etish toʻgʻrisida yoki ushbu Qonunning talablari buzilgan hollarda roʻyxatga olishni rad etish toʻgʻrisida qaror chiqarishlari kerak. Rad etish ustidan nohiya (shahar) xalq sudiga shikoyat qilish mumkin, bu sud besh kun muddat ichida qatʼiy karor chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guruh qayd etilganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan uch kun ichida tegishli Sovetning rayosati tashabbuskor guruhning vakiliga qayd etilganlik toʻgʻrisidagi qaror nusxasini va guruh aʼzolarining guvohnomalarini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir referendum boʻyicha tuziladigan tashabbuskor guruhlarning umumiy miqdori cheklanmaydi. Uch va undan ortiq tashabbuskor guruhning qaroriga binoan referendumning uygʻunlashtiruvchi tashabbuskor guruhi tuzilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatga olingan tashabbuskor guruhlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tashabbuskor guruhlar tuzilgan joylardagi Sovetlarning rayosatlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosatiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Referendum tashabbuskor guruhlari tomonidan imzolarni toʻplash tartibi va muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganligi toʻgʻrisidagi qarorning nusxasini olgan paytdan boshlab referendum tashabbuskor guruhi Referendum oʻtkazish toʻgʻrisidagi talabnoma yozilgan varaqalarda imzolarni toʻplashni tashkil etish va bu ishni bemalol amalga oshirish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu referendum xususidagi masala boʻyicha imzolar toʻplashning umumiy davri referendum boʻyicha birinchi tashabbuskor guruh tuzilganligi toʻgʻrisida guvohnoma berilgan kundan boshlab ikki oydan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti, shu muddat ichida fukarolarning zarur miqdordagi imzolari toʻplanmagan boʻlsa, imzolar toʻplash toʻxtatiladi. Xuddi shu masala boʻyicha referendum oʻtkazish toʻgʻrisidagi talab bilan kamida bir yil vaqt oʻtgandan keyin chiqishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Referendumning imzo varaqasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Referendum oʻtkazish toʻgʻrisidagi talabnomaga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining imzosini toʻplash varaqalari (imzo varaqalari)da referendumga taklif etilayotgan masalalarning taʼrifi yoki taklif etilayotgan Qonunining yoki oʻzga qarorning (qonun loyihasining yoki oʻzga qarorning toʻliq matni bilan tanishish imkoniyati taʼminlangan takdirda) mazmuni bayon boʻlishi zarur. Referendumga olib chiqilayotgan masala tashabbuskor guruh tomonidan shunday tuzilishi kerakki, unga faqat bir mazmunda javob berish mumkin boʻlsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Referendum oʻtkazish toʻgʻrisidagi talabnomani qoʻllab-quvvatlayotgan fuqaro imzo varaqasiga imzo chekadi, bunda oʻzining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan vaqti, turar joyi, pasportining yoki uning oʻrnini bosadigan oʻzga hujjatining nomeri va seriyasini hamda imzolagan vaqtini koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imzo varaqalarini tashabbuskor guruh raisi va aʼzolaridan biri tasdiqlagan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir imzo varaqasida referendum tashabbuskor guruhining raisi va aʼzolaridan biri tomonidan qoʻyilgan tasdiqlovchi imzolar bilan birga tasdiqlangan jami imzolar toʻgʻrisidagi yozuv qayd etiladi. Tashabbuskor guruh aʼzolarining tasdiqlovchi imzolari ushbu tashabbuskor guruh qayd etilgan joydagi xalq deputatlari mahalliy Sovetining yoki Sovet rayosatining muhri guvohlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Yakuniy protokol
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imzolar toʻplash tugagach tashabbuskor guruh yakuniy protokolni tuzadi, unda guruh roʻyxatga olingan sana, imzolar toʻplash tugagan sana, toʻplangan imzolar soni koʻrsatiladi. Bu protokol tegishli Sovet yoki uning rayosati muhr bilan tasdiqlanadi hamda referendum oʻtkazish toʻgʻrisidagi talabnoma bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosatiga yoʻllanadi. Oliy Kengash Rayosati zarurat boʻlganda oʻn kun ichida olingan hujjatlarni tekshirib koʻrishi mumkin. Imzo varaqalarida bir fuqaroning ikki va undan ortiq imzosi aniqlangan taqdirda uning birorta ham imzosi hisobga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Referendum oʻtkazish toʻgʻrisidagi talabnomada referendumni oʻtkazish zarurligi asoslangan boʻlishi, referendumga kiritilayotgan masalalar, qonun yoki oʻzga qaror loyihasining aniq taʼrifi boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imzo varaqalari tashabbuskor guruhni roʻyxatga olgan xalq deputatlari Sovetiga saqlash uchun beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati tashabbuskor guruhdan olingan materiallarni qayd etadi, ulardagi maʼlumotlarni umumlashtiradi va ushbu Qonun talablariga rioya etilgan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining tegishli qoʻmitalari va komissiyalari xulosasini hisobga olib turib referendum tayinlash masalasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi sessiyasining kun tartibiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Referendum oʻtkazish toʻgʻrisidagi talab yuzasidan qaror qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi referendum oʻtkazish toʻgʻrisidagi talab yuzasidan quyidagi qarorlardan birini kabul qilishga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) referendum tayinlash, uni oʻtkazish kuni va uni taʼminlash choralari toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) referendum tashabbuskorlari ushbu Qonunni buzganlari taqdirda, referendum tayinlash toʻgʻrisidagi talablarni rad etish haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) referendum oʻtkazish toʻgʻrisidagi talablarda taklif qilinayotgan qonunni yoki oʻzgacha qarorni qabul qilib, shundan keyin referendum oʻtkazmaslik toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi takdim etilgan materiallarni qarab chiqadi va referendum oʻtkazish toʻgʻrisida talab tushgan kundan boshlab bir oy mobaynida ular yuzasidan qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilingan qaror uch kunlik muddat ichida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi. Referendum tayinlash toʻgʻrisidagi qaror eʼlon qilinganidan keyin kechi bilan oʻn kun oʻtgach, referendumga qoʻyilayotgan qonun yoki oʻzga qarorning loyihasi eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Referendumni oʻtkazish muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Referendum uni oʻtkazish haqida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oydan oldin va uch oydan kechikib oʻtkazilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu muddat faqat Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan uzaytirilishi yoki oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III BOB. REFERENDUM OʻTKAZISh VA UNING YAKUNLARINI ChIQARISh TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Referendum oʻtkazuvchi komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) referendum oʻtkazuvchi Markaziy komissiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) referendum oʻtkazuvchi okrug komissiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalari tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning vakolatlari ular tuzilgan paytdan boshlab vujudga keladi va referendum natijalari eʼlon qilingan paytdan bir oy oʻtgach toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining referendum oʻtkazuvchi Markaziy komissiyasi vakolatlarini Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlari saylovini oʻtkazuvchi Markaziy saylov komissiyasi amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Referendum oʻtkazuvchi okrug va uchastka komissiyalari Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlari saylovini oʻtkazuvchi tegishli saylov komissiyalarini tuzish uchun belgilab qoʻyilgan tartibda tuziladi. Okrug komissiyalari referendum tayinlash toʻgʻrisidagi qaror eʼlon qilingan kundan boshlab bir hafta ichida, uchastka komissiyalari esa uch hafta ichida tuzilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning vakolatlari va ularning faoliyatini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining referendum oʻtkazuvchi Markaziy komissiyasi ushbu Qonunning bajarilishini nazorat qiladi va uning hamma joyda bir xil qoʻllanilishini taminlaydi, zarur hollarda ushbu Qonunning qoidalarini sharhlash haqida takdimnomalar bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatiga kiradi, referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning faoliyatini yoʻnaltirib turadi, pul mablagʻlarini ular oʻrtasida taqsimlaydi, referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning qarorlari ushbu Qonunga zid kelgan hollarda ularni bekor qiladi, umumxalq ovoz berishida ishtirok etish uchun byulletenlar va ishtirokchilar roʻyxatlarining, boshqa hujjatlarning namunalarini belgilaydi, okrug va uchastka komissiyalarining qarorlari va harakatlari bilan tushgan shikoyatlarni qarab chiqadi, hamda ular yuzasidan uzil-kesil qarorlar qabul qiladi, referendum yakunlarini chiqaradi, hujjatlarni saqlash tartibini belgilaydi, ushbu Qonunga va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga muvofiq oʻzga vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Referendum oʻtkazuvchi okrug komissiyalari uchastka komissiyalarining faoliyatini tashkil etadi, referendumda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarning roʻyxatlari toʻgʻri tuzilishini nazorat qiladi, okrugda ovozlarni hisoblab chiqish natijalarini aniqlaydi, ushbu Qonunga rioya etilishini taʼminlash yuzasidan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalari “Oʻzbekiston Respublikasi deputatlari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan tartibda referendumda qatnashish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarning roʻyxatlarini tuzadi, shu bilan bogʻliq masalalarni hal qiladi, fuqarolarni ovoz berish kunidan xabardor qiladi, ovoz berish uchun binoning tayyorlanishini taʼminlaydi va ovoz berish kunida uchastkalarda ovoz berishni tashkil etadi, ovoz berish natijalarini referendum oʻtkazuvchi okrug komissiyasiga xabar qiladi, ushbu Qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning ishini tashkil etish “Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Referendum komissiyalarining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlarini barcha davlat va jamoat idoralari, siyosiy partiyalar va harakatlar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar bajarishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Referendum oʻtkazuvchi komissiyaning raisi, rais oʻrinbosari, kotibi yoki aʼzosi komissiya qaroriga muvofiq referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davrida referendum oʻtkazish uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan oʻrtacha ish haqi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan ozod qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va jamoat idoralari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar referendum oʻtkazuvchi komissiyalarga oʻz vakolatlarini amalga oshirishda yordam berishlari, ular ishi uchun zarur boʻlgan binolar va jihozlarni, axborot va materiallarni belgilangan tartibda berishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Referendum oʻtkaziladigan okrug va uchastkalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi referendumi oʻtkaziladigan okrug referenum oʻtkazuvchi komissiya tomonidan viloyatlar, Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasi chegaralarida tuziladi. Okruglarning chegaralari va referendum oʻtkazuvchi okrug komissiyalari joylashgan yer koʻrsatilgan roʻyxatlar referendum oʻtkazuvchi Markaziy komissiya tomonidan referendum tayinlanganidan kechi bilan 10 kun ichida matbuotda bosib chikariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Referendumda ovoz berishni oʻtkazish va ovozlarni hisoblab chiqish uchun nohiyalar, shaharlar va shaharlardagi nohiyalarning hududi uchastkalarga boʻlinadi. Uchastkalar harbiy qismlarda ham tuziladi. Sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa doimiy davolash muassasalarida, olib borish qiyin boʻlgan joylardagi fuqarolar yashaydigan yerlarda uchastkalar tuzilishi mumkin. Referendum oʻtkaziladigan uchastkalarni tuzish tartibi va normasi “Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlari saylovi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Referendumda qatnashish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarning roʻyxatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Referendumda qatnashish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarning roʻyxatiga Oʻzbekiston Respublikasining referendum kunigacha yoki referendum kunida 18 yoshga toʻlgan, roʻyxatni tuzish paytida muayyan uchastka hududida doimiy yashaydigan barcha fuqarolari kiritiladi. Referendumda qatnashish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarning roʻyxatlari Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlari saylovi uchun belgilab qoʻyilgan tartibda tuziladi va hamma tanishib chiqishi uchun referendum kunidan oʻn kun oldin uchastka komissiyasi binosida, sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalxonalarda va boshqa doimiy davolash muassasalarida, olis va borish qiyin boʻlgan joylarda referendumdan ikki kun oldin ilib qoʻyiladi. Uchastka komissiyasi roʻyxatlar bilan tanishish joyi va vaqti haqida fuqarolarga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir fuqaro roʻyxatga kiritilmagani, notoʻgʻri kiritilgani yoki roʻyxatdan chiqarib yuborilgani haqida, shuningdek roʻyxatlardagi noaniqlik haqida shikoyat qilish huquqiga ega. Roʻyxatdagi noaniqliklar haqidagi arizani referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasi koʻrib chiqadi, u arizani ikki kundan kechiktirmay, referendum arafasida va kunida esa darhol koʻrib chiqishi, zarur oʻzgarishlarni kiritishi yoki arizachiga uning arizasi rad etilgani toʻgʻrisidagi asosli qarorning nusxasini berishi shart. Bu qaror ustidan referendumdan kamida uch kun oldin nohiya (shahar) xalq sudiga shikoyat berilishi mumkin, xalq sudi shikoyatni ikki kun ichida koʻrib chiqishi shart. Nohiya (shahar) xalq sudining qarori uzil-kesildir. Referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasi sudning qaroriga muvofiq roʻyxatga darhol tuzatish kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Ovoz berish byulleteni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berish byulletenida referendumga qoʻyilgan masalaning yoki qaror loyihasining matni hamda ovoz beruvchi xohish-irodasining variantlari yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Referendumga qaror loyihalarining bir necha muqobillari qoʻyilgan taqdirda ularning hammasi bitta byulletenga kiritiladi, ketma-ket raqamlab chiqiladi, biri ikkinchisidan yotiq chiziqlar bilan ajratiladi va ularga alohida-alohida ovoz beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berish byulletenlarining namunasi va matni referendum oʻtkazuvchi Markaziy komissiya tomonidan referendum kunidan kamida 30 kun oldin tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Okrug komissiyalari uchastka komissiyalarini ovoz berish byulletenlari bilan referendum kunidan kamida 15 kun oldin taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Referendumda ovoz berish byulleteni davlat tilida, millatlararo muomala tilida, referendum oʻtkazuvchi Markaziy komissiya belgilagan tartibda va uning nazorati ostida chop etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Ovoz berish vaqti va joyi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berish referendum kuni mahalliy vaqt bilan soat 7 dan 20 ga qadar oʻtkaziladi. Ovoz berish vaqti va joyi haqida uchastka komissiyasi fuqarolarga referendumdan kamida besh kun oldin xabar qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy qismlarda tuzilgan, sanatoriylar va dam olish uylaridagi, kasalxonalar hamda boshqa doimiy davolash muassasalaridagi, olis va borish qiyin boʻlgan joylardagi uchastkalarda roʻyxatga kiritilgan hamma saylovchilar ovoz berib boʻlgan boʻlsalar, uchastka komissiyasi ovoz berishni istalgan vaqtda tugallangan deb eʼlon qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Referendumda ovoz berish va ovozlarni hisoblab chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Referendumda ovoz berishni tashkil etish, uni oʻtkazish tartibi va ovozlarni hisoblab chiqish “Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro byulleten olish vaqtida ovoz beruvchilar roʻyxatidagi oʻz familiyasi qarshisiga imzo chekadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar referendumga kiritilgan masalaga qarshi ovoz bersalar, savol matnini oʻchirib tashlaydilar yoki masalani yoqlab ovoz bersalar, savol matnini oʻchirmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlanmagan nusxadagi byulletenlar haqiqiy emas deb topiladi. Byulletenning haqiqiyligiga shubha tugʻilgan taqdirda masalani uchastka komissiyasi ovoz berish yoʻli bilan hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz beruvchilar roʻyxatiga kiritilgan fuqaro referendum kuni yashash joyida boʻlish imkoniga ega boʻlmagan taqdirda, u oʻzi yashaydigan joydagi uchastka komissiyasidan ovoz berish byulletenini talab qilib olishi, ovoz beruvchilar roʻyxatiga imzo chekib, byulletenni toʻldirishi va uni yopiq konvertda uchastka komissiyasida qoldirishi mumkin. Muddatidan oldin ovoz bergan fuqarolar toʻldirgan ovoz berish byulletenlari referendum kuni ovoz berish tugaganidan keyin qutilarni ochish oldidan uchastka komissiyasining raisi tomonidan komissiyaning barcha aʼzolari ishtirokida yopiq konvertlarda ovoz berish qutilariga tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Ovoz berish yakunlari bayoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovozlarni hisoblab chiqish yakunlari uchastka komissiyasining majlisida muhokama qilinadi hamda ikki nusxada tuziladigan bayonga kiritib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonlar siyohli yoki sharikli ruchka bilan toʻldiriladi, uchastka komissiyasining hamma aʼzolari tomonidan imzolanadi va muhr bosib tasdiqlanadi. Agar bir necha referendum oʻtkazilgan boʻlsa, ularning har biri boʻyicha alohida-alohida bayon tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonning birinchi nusxasi okrug komissiyasiga olib boriladi, ikkinchisi uchastka komissiyasida saqlab qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Okrug komissiyasi uchastka komissiyalarining bayonlari asosida olingan maʼlumotlarni jamlaydi, ularni tekshiradi va muhokama qilganidan soʻng yakunlovchi bayonni ikki nusxada tuzadi va imzolab, muhr bosib tasdiqlaydi, ulardan birinchisi darhol referendum oʻtkazuvchi Markaziy saylov komissiyasiga joʻnatib yuboriladi yoki boshqa yoʻl bilan yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Referendum oʻtkazuvchi okrug va uchastka komissiyalari ovozlarni hisoblab chiqqanlaridan keyin bayonlarning nusxalarini va byulletenlarni, shu jumladan bekor qilingan byulletenlarni muhrlangan holida tegishli xalq deputatlari Sovetlariga topshiradilar. Bu erda ular ikki oy mobaynida saklanadi, soʻngra agar bu vaqt ichida referendum natijalariga norozilik bildirilmagan boʻlsa, yoʻq qilib yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Referendum natijalarini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Referendum oʻtkazuvchi Markaziy komissiya referendum oʻtkazuvchi barcha okrug komissiyalarining bayonlari asosida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
referendumda qatnashish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar sonini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
byulletenlar olgan fuqarolar sonini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovoz berishda qatnashgan fuqarolar sonini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
referendumga olib chiqilgan qaror loyihasini yoqlab berilgan ovoz sonini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarshi berilgan ovozlar sonini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haqiqiy emas deb topilgan byulletenlar sonini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining referendumda qatnashish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarining yarmidan kamrogʻi ovoz berishda qatnashgan boʻlsa, referendum boʻlmagan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar referendumda qatnashgan fuqarolarning yarmidan koʻprogʻi referendumga olib chiqilgan masalalarni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, bu masalalar qabul qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, oʻzgartirish va unga qoʻshimchalar kiritish masalalari yuzasidan referendum oʻtkazilgan paytda, agar Oʻzbekiston Respublikasining referendumda qatnashish uchun roʻyxatga kiritilgan fuqarolarining yarmidan koʻpi qarorlarni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, ular qabul qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar referendumga qarorning muqobil variantlari olib chiqilgan boʻlsa-yu, ulardan birortasi ham, yetarli mikdorda ovoz olmagan boʻlsa, barcha variantlar rad etilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Referendum vaqtida yoki ovozlarni hisoblab chiqish chogʻida ushbu Qonun ovoz berish natijalariga taʼsir koʻrsatadigan darajada buzilishiga yoʻl qoʻyilgani uchun referendum natijalari haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Bunday buzishlar maʼlum boʻlgan taqdirda referendum natijalari ustidan bir oy mobaynida Oʻzbekiston Respublikasining Oliy sudiga shikoyat berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Referendumda qabul qilingan qarorni eʼlon etish va uning kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Referendum natijalarini referendum oʻtkazuvchi Markaziy komissiya ovoz berish tugaganidan keyin oʻn kundan kechiktirmay ommaviy axborot vositalari orqali Oʻzbekiston Respublikasining aholisiga maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biron bir okrug yoki uchastkada ovoz berish natijalari haqiqiy emas deb topilgan takdirda referendum oʻtkazuvchi Markaziy komissiya referendum oʻtkazuvchi tegishli komissiyaga mazkur okrugda yoki uchastkada ikki hafta ichida ovoz berishni takror oʻtkazishni topshirishga yoki referendum oʻtkazuvchi Markaziy komissiya oʻz qarori bilan bunday okruglar, uchastkalar boʻyicha ovoz berish natijalarini, ularsiz referendum umuman boʻlib oʻtgan deb eʼtirof etilishi mumkin boʻlgan takdirda, referendumning umumiy natijalaridan chiqarib tashlaydi. Referendum oʻtkazuvchi Markaziy komissiyaning qarorlari ustidan bu qarorlari qabul qilingan kundan boshlab bir hafta ichida Oʻzbekiston Respublikasining Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Referendumda qabul qilingan qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati tomonidan referendum natijalari haqida rasman xabar qilinganidan keyin kechi bilan yetti kun ichida matbuotda bosib chiqariladi va agar referendum qarorining oʻzida boshqa muddat nazarda tutilgan boʻlmasa, eʼlon qilingan kuni kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yil 18-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
417-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 1-son, 37-modda)