08.08.2005 yildagi PQ-149-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻZBEKTELEKOM” AKSIYADORLIK KOMPANIYASINING MAʼLUMOTLAR UZATISH XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISH VA UNI XUSUSIYLASHTIRISHGA TAYYORLASH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining maʼlumotlar uzatish xizmatlari koʻrsatish borasidagi imkoniyatlarini yanada rivojlantirish hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ijtimoiy soha obyektlari va yirik korporativ mijozlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida zamonaviy axborot texnologiyalariga boʻlgan talab-ehtiyojlarini qondirish, aksiyadorlik kompaniyasini xususiylashtirish jarayoniga xorijiy ishtirokchilarni keng jalb etish uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda “Oʻzbektelekom” AK aksiyadorlarining “UzRAK” maʼlumotlarini uzatish davlat tarmogʻi korxonasini “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasiga qoʻshish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yilning 1-sentabrigacha “UzRAK” korxonasi “Oʻzbektelekom” AKning “UzNet” filiali bilan qoʻshilib ketishi hisobiga aksiyadorlik kompaniyasining filiali etib qayta tashkil etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbektelekom” aksionerlik kompaniyasi “UzRAK” korxonasining shartnomalari va majburiyatlari, shu jumladan Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Maʼlumotlar uzatish milliy tarmogʻini zamonaviylashtirish va rivojlantirish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 5-dekabrdagi 466-sonli qarori bilan belgilangan miqdor va muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kafolatlangan kreditlarni qaytarish majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris ekanligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bir oy muddatda belgilangan tartibda “UzRAK” korxonasi mulkini “Oʻzbektelekom” AK ustav jamgʻarmasiga topshirishni rasmiylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat boshqaruvi organlari, davlat tashkilotlari, korxonalari va muassasalari oʻz korporativ axborot-telekommunikatsiya tarmoqlarini faqat Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlari va operatorlari maʼlumotlarini uzatish negizida tashkil qilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 4-avgustdagi “Oʻzbekiston-Amerika maʼlumotlar uzatish tarmogʻi qoʻshma korxonasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 369-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 8-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-149-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 244-modda)