O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TOShKENT ShAHRIDA BIZNES-MARKAZ QURISh VA UNDAN FOYDALANISh BO‘YIChA “DEU — TOShKENT” O‘ZBEKISTON — KOREYA QO‘ShMA KORXONASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Respublikada xalqaro biznes va turizm infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahar hokimligining “DEU” korporatsiyasi (Janubiy Koreya) ishtirokida Toshkent shahrida Biznes-markaz qurish va undan foydalanish bo‘yicha yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklidagi qo‘shma korxona tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-fevraldagi 81-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-fevraldagi 81-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
4. Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bir oy muddatda loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishini belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-fevraldagi 81-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
6. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Biznes-markaz qurish va undan foydalanish loyihasini O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi qurilish maydonida bojxona bo‘limi tashkil etilishini ta’minlasin.
8. Qo‘shma korxona Biznes-markaz majmui qurilishi davrida soliqlar, bojxona poshlinalari va yig‘imlar to‘lashdan ozod qilinsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Toshkent shahar hokimligi Investitsiyalar bosh boshqarmasining buyurtmanomasiga ko‘ra Biznes-markaz qurilishiga jalb qilinadigan “DEU” korporatsiyasi xodimlarining ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ruxsatnomalar o‘z vaqtida berilishini ta’minlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi Toshkent shahar hokimligi Investitsiyalar bosh boshqarmasining buyurtmanomasiga ko‘ra qo‘shma korxona va jalb qilinadigan xorijiy sheriklar xizmatchilari va mutaxassislariga ko‘p martalik vizalar berilishini ta’minlasinlar.
11. Qo‘shma korxona masalalari yuzasidan ishga keluvchi xorijiy mutaxassislarga vizalarni rasmiylashtirish, respublika hududida yashash va transportning barcha turlarida yurish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar bo‘yicha haq to‘lash huquqi berilsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 27-iyun,
329-son