Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2018 20.03.1998 yildagi 122-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“SIFAT” O‘ZBEKISTON PAXTA TOLASINI SERTIFIKATLASh MARKAZINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2018-yil 1-avgustda o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston paxtasining yuqori likvidli xomashyo tovarlari xalqaro bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish, paxta tolasini jo‘natishdan oldin yuqori darajada sertifikatlashni ta’minlash va uning paxta birjalaridagi qiymat ko‘rsatkichlarini ko‘tarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi, “O‘zdavstandart” markazi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Paxta loyihasini amalga oshirish agentligining mintaqaviy laboratoriyalar tarmoqlariga ega bo‘lgan “Sifat” O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi (O‘zbekiston “Sifat” markazi)ni tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston “Sifat” markazi “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi tarkibiga kiruvchi Paxta mahsulotini va kanop tolasini standartlash va sertifikatlash “Sifat” boshqarmasi hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan Bitim asosida faoliyat ko‘rsatuvchi “Paxta” tolasini sertifikatlash va marketing” kichik loyihasini joriy etish bo‘limi negizida tashkil qilinadi va ularning huquqiy vorisi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2, 3 va 4-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 220-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 19-son, 221-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi O‘zbekiston “Sifat” markazi bilan birgalikda bir oy muddatda xalqaro tashkilotlarni markazning tashkil etilganligi to‘g‘risida xabardor qilsin va uning tegishli ixtisoslashtirilgan xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lib kirishiga doir zarur tadbirlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida tuzilgan Zayom to‘g‘risidagi bitim doirasida Paxtachilikni takomillashtirish loyihasini amalga oshirish haqida” 1995-yil 31-oktabrdagi 421-son qaroriga 6-ilovaga muvofiq respublikada paxta tolasini sertifikatlash viloyat laboratoriyalarini qurish va jihozlash amalga oshirilayotgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston “Sifat” markazi paxta tolasini albatta sertifikatlashni ta’minlash maqsadida markaz va uning mintaqaviy laboratoriyalarini paxta tolasini sertifikatlash organi sifatida belgilangan tartibda “O‘zdavstandart” markazida akkreditatsiya qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston “Sifat” markazi, paxta loyihasi qatnashchisi sifatida, daromad va mulk soliqlaridan, bojxona poshlinalaridan va yig‘imlaridan ro‘yxatdan o‘tkazilgan vaqtidan boshlab 5 yil muddatga ozod qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 220-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 19-son, 221-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi belgilangan tartibda O‘zbekiston “Sifat” markazini va uning mintaqaviy laboratoriyalarini zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqasi bilan ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston “Sifat” markazi Toshkent shahar, Mannon Uyg‘ur ko‘chasi, “Qizil Sharq” berk ko‘chasi, 109-uyga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida tuzilgan Zayom to‘g‘risidagi bitim doirasida Paxtachilikni takomillashtirish loyihasini amalga oshirish haqida” 1995-yil 31-oktabrdagi 421-son qaroriga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-bandning birinchi xatboshi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-bandning ikkinchi xatboshidagi va 2-ilovadagi “Sifat” boshqarmasiga” so‘zlari “O‘zbekiston “Sifat” markaziga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I. H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 20-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
122-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 220-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 19-son, 221-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 220-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 19-son, 221-modda)