Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.05.2017 02.07.1997 yildagi 336-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.05.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XORIJIY INVESTITSIYaLAR IShTIROKIDAGI KORXONALARNI TAShKIL ETISh, DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISh VA TUGATISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 1-fevraldagi PQ-2750-son qarori)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga beriladigan qo‘shimcha rag‘batlantirishlar va imtiyozlar to‘g‘risida”gi Farmonga muvofiq, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini soddalashtirish, qo‘shma ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etishni va ularning samarali faoliyat ko‘rsatishini rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri zimmasiga Adliya vazirligining xodimlari tomonidan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi va muddatlariga qat’iy rioya etilishi uchun shaxsan javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi valyuta hisob raqamlarini ochish va ularning tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari sifatida qayta ro‘yxatdan o‘tkazilmasdan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishlari uchun asos hisoblanadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 2001-y., 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Muassislar ta’sis shartnomasida belgilangan muddatda ustav jamg‘armasini shakllantirish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishgan taqdirda, 1997-yil 1-yanvargacha davlat ro‘yxatidan o‘tgan korxonalar uchun, mazkur korxonalar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtda amalda bo‘lgan qonunchilikka muvofiq, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar maqomi va kafolatlar saqlab qolinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki, ta’sis hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan korxonalarni Davlat reyestridan chiqarishni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy organlari amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga mansub bo‘lmagan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar qatnashgan korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazishni tartibga soluvchi nizomni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Adliya vazirligi va Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari hisoblangan yuridik va jismoniy shaxslar ishtirokida chet elda korxonalar, shu’ba korxonalar, filiallar hamda vakolatxonalar tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatishi tartibi to‘g‘risidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-iyuldagi 346-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 29-son, 335-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularning faoliyati tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 1996-yil 12-fevraldagi 55-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan, deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 2-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
336-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 2001-y., 347-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-iyundagi 276-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2001-y., 12-son, 83-modda)