Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 24.01.2003 yildagi 42-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YAPONIYA HUKUMATINING MADANIYAT SOHASIDAGI BEG‘ARAZ YORDAMIDAN SAMARALI FOYDALANISH TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Xiva, Buxoro, Shahrisabz, Samarqand va boshqa shaharlarida joylashgan madaniy va tarixiy merosni saqlashga 141,0 mln Yaponiya yeni miqdoridagi asbob-uskunalarni yetkazib berish uchun Yaponiya Hukumatining beg‘araz yordamidan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H.S. Karomatov O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Almashuv notalarini imzolashga vakil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligiga beg‘araz yordamni olish uchun zarur tadbirlarni Yaponiya tomoni bilan kelishilgan muddatlarda rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga ko‘rsatib o‘tilgan beg‘araz yordamga hisob-kitob xizmati ko‘rsatish yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Beg‘araz yordam doirasida O‘zbekiston Respublikasiga kelayotgan asbob-uskunalar bojxona to‘lovlaridan ozod qilinsin, bojxona rasmiylashtiruvi uchun undiriladigan yig‘imlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi belgilangan tartibda Madaniyat ishlari vazirligining talabnomalari bo‘yicha loyihani amalga oshirish uchun jalb etilayotgan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar konsullik yig‘imlari undirilmasdan berilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Madaniyat ishlari vazirligining talabnomalariga ko‘ra loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarning viza muddatlarini uzaytirish, ularni turar joylarida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishi davlat boji undirmasdan amalga oshirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vakolatli bank Madaniyat ishlari vazirligining buyurtmanomalariga ko‘ra beg‘araz yordamga hisob-kitob xizmati ko‘rsatganlik uchun Yaponiya tomonining vositachilik haqini to‘lashga so‘mlardagi mablag‘lar konvertatsiya qilinishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H.S Karomatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 24-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-son