O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AKADEMIK LITSEYLAR VA KASB-HUNAR KOLLEJLARINI TAShKIL ETISh VA ULARNING FAOLIYATINI BOShQARISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni ro‘yobga chiqarish, shuningdek akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish, ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish va muvofiqlashtirish, ularda barkamol, chuqur bilimlarga ega bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlanishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi (bundan keyin Markaz deb ataladi) tashkil etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi — o‘n birinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-iyuldagi 342-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotdi — O‘R QHT, 2004-y., 29-son, 333-modda)
2. Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Markaz rahbari lavozimi joriy etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-iyuldagi 342-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotdi — O‘R QHT, 2004-y., 29-son, 333-modda)
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalarini tashkil etsinlar, ularni mablag‘ bilan ta’minlash, joylashtirish va moddiy-texnikaviy jihozlashni ta’minlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi — sakkizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-iyuldagi 342-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotdi — O‘R QHT, 2004-y., 29-son, 333-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-iyuldagi 342-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotdi — O‘R QHT, 2004-y., 29-son, 333-modda)
6. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
o‘rta maxsus va kasb-hunar-texnika ta’limining faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim muassasalarining hamda ular negizida tashkil qilinayotgan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari faoliyatiga tashkiliy, o‘quv-uslubiy va ilmiy rahbarlik qilish, davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, o‘quv dasturlarini unifikatsiyalash, pedagogik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markaziga yuklanadi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-iyuldagi 342-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 29-son, 333-modda)
faoliyat ko‘rsatayotgan o‘rta maxsus ta’lim muassasalari va ular negizida tashkil qilinayotgan Madaniyat ishlari vazirligining, Badiiy akademiyaning, Sog‘liqni saqlash vazirligining kasb-hunar kollejlari ularning tasarrufida qoladi;
o‘rta maxsus va kasb-hunar-texnika o‘quv yurtlari hamda ularning negizida tashkil etilayotgan tarmoq vazirliklari, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va korxonalarning kasb-hunar kollejlari ikki tomonlama bo‘ysunishda bo‘ladi.Tarmoq vazirliklari, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va korxonalar ularni moddiy va moliyaviy ta’minlashni, o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘rgatishni va ularda amaliy ko‘nikmalarni tarbiyalashni amalga oshiradilar, mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlaydilar, bitiruvchilarni ishga joylashtirish masalalarini hal qiladilar;
vazirliklar, idoralar va korxonalar mablag‘lari hisobiga ta’minlanadigan o‘quv yurtlari bo‘yicha mablag‘ bilan ta’minlashning mavjud tartibi saqlanib qoladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ikki hafta muddatda:
O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;
akademik litsey va kasb-hunar kolleji namunaviy ustavlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
tarmoq vazirliklari, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va korxonalar bilan birgalikda ikki tomonlama bo‘ysunishdagi kasb-hunar kollejlarining namunaviy ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
1998-yilda tajriba tariqasida tashkil etiladigan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari ro‘yxatini aniqlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Davlat test markazi akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga o‘quvchilar qabul qilish tartibini ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-dekabrdagi 1053-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 09/18/1053/2403-son)
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi:
kasb-hunar kollejlari ustidan tegishli ixtisoslikdagi oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar ustidan esa — Fanlar akademiyasining institutlari homiyligini ta’minlasinlar;
kasb-hunar kolleji vasiysi to‘g‘risidagi Nizomni, shuningdek akademik litsey va kasb-hunar kolleji homiysi to‘g‘risidagi nizomni ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda amalga kiritsinlar.
11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun pedagog va muhandis-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlashni ta’minlasin.
Kasb-hunar kollejlari uchun malakali pedagog va muhandis-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha bazaviy oliy ta’lim muassasalari sifatida Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti va Namangan industrial-texnologiya instituti belgilansin.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-iyundagi 160-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 23-son, 306-modda)
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga va Namangan industrial-texnologiya instituti Namangan muhandislik-pedagogika institutiga aylantirilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining tashkil etilayotgan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufiga berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(13, 14, 15-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-sentabrdagi 426-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotdi — O‘R QHT, 2004-y., 37-son, 409-modda)
16. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
tegishli vazirliklar va idoralardan berilayotgan shtatlarni, mehnatga haq to‘lash fondini hamda boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi xarajatlari uchun respublika budjetida zarur mablag‘larni nazarda tutsin;
Markazga ikkita yengil avtomashina uchun limit ajratsin, “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi transport xizmati ko‘rsatishni ta’minlasin.
17. Toshkent shahar hokimligi:
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazini Toshkent shahar, Mustaqillik maydoni, 6-uydagi ma’muriy binoga joylashtirsin;
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish institutini Toshkent shahar, Pushkin ko‘chasidagi 7-uyga joylashtirsin.
18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 24-fevral,
77-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-iyuldagi 342-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotdi — O‘R QHT, 2004-y., 29-son, 333-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-iyuldagi 342-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotdi — O‘R QHT, 2004-y., 29-son, 333-modda)