Yonilg‘i-moylash materiallari berishni tartibga solish, yong‘inga qarshi qoidalar buzilishining, shuningdek, aholi hayoti va salomatligi uchun xavf tug‘diradigan xatti-harakatlarning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Yonilg‘i-moylash materiallarini faqat belgilangan tartibda maxsus jihozlangan statsionar, ko‘chma, konteynerli avtoyonilg‘i quyish shoxobchalarida sotishga ruxsat etilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yonilg‘i-moylash materiallarini belgilanmagan joylarda va yong‘inga qarshi qoidalarni buzgan holda sotish hollarini qat’iy bartaraf etsin. Ushbu qoidalarga rioya qilmagan shaxslarga nisbatan materiallarni o‘z vaqtida rasmiylashtirsin va ularni javobgarlikka tortish uchun tegishli organlarga topshirsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi o‘ziga berilgan huquqlardan keng foydalangan holda, foyda (daromadlar)ni yashirib qolish hollarini aniqlasin, buxgalteriya hisobotlarini belgilangan tartibga xilof ravishda kechiktirib topshirishda va ma’lumotlarni buzib ko‘rsatishda aybdor bo‘lgan shaxslarga nisbatan qonunchilikka muvofiq o‘z vaqtida ta’sir o‘tkazish choralarini ko‘rsin.
5. “O‘zdavneftmahsulot” davlat-aksionerlik birlashmasi, respublika vazirliklari, idoralari, korporatsiyalari, uyushmalari, tashkilotlari neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, hisobga olish, tashish, berish va ulardan foydalanish bo‘yicha amaldagi qoidalar, normativlar hamda standartlarga rioya etilishi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlasinlar.
6. “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasi neft mahsulotlarini saqlash va ulardan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolarning samarali qo‘llanishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari Q.J. Haqqulov zimmasiga yuklansin.
1. Avtoyonilg‘i quyish shoxobchalari (AYQSh) transport vositalariga neft mahsulotlari qo‘yishga mo‘ljallangan. Ba’zi AYQShlarda avtomobillar uchun moy, surkaladigan konsistent moddalar, avtomobillar va boshqa transport vositalari uchun ehtiyot qismlar va jihozlar sotish, shaxsiy transport egalaridan ishlatilgan moylarni va neft mahsulotlaridan bo‘shagan kichik idishlarni qabul qilib olish, texnika xizmati ko‘rsatish, avtomobillarni yuvish va aholiga boshqa xil xizmatlar ko‘rsatish tashkil etiladi.
2. AYQShlar statsionar, ko‘chma (KAYQSh), konteynerli (KAYQSh va blok-punkt)larga bo‘linadi. Statsionar AYQShlar shaharlarda va aholi yashaydigan joylarda, shuningdek, avtomobil yo‘llarida joylashadi. Ko‘chma AYQSh (KAYQSh) avtotransport, qishloq xo‘jaligi texnikasi, motorli qayiqlar va katerlar to‘planadigan joylarda, dala sharoitlarida, turistik avtoyo‘nalishlarda, rezervuarlarni tozalash va tuzatish davrida statsionar AYQShlar hududlarida joylashtiriladi. Ular avtomobil va tirkama texnika shassilariga o‘rnatiladi.
Konteynerli AYQSh katta avtoyo‘llarda, turistik avtoyo‘nalishlarda, avtomobil xo‘jaliklarida, sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalarida, pulli avtomobil to‘xtash joylarida, garaj kooperativlarida, shuningdek, avtomobil transporti ko‘plab to‘planadigan joylarda joylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Umumiy foydalanishdan AYQSh “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasining hududiy organlariga, tashkilotlarga qarashli AYQShlar esa tegishli vazirliklar va idoralarga bo‘ysunadi.
6. Statsionar va konteynerli AYQShga boshliq, master yoki AYQSh operatorlaridan biri, ko‘chma AYQShga esa haydovchi-yonilg‘i quyuvchi rahbarlik qiladi.
7. Operatorlar va haydovchi-yonilg‘i quyuvchilar moddiy javobgar shaxslar hisoblanadilar, ular bilan jamoa (brigada) javobgarligi yoki shaxsan moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnomalar tuziladi.
8. AYQShlarning ish tartibi “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasining hududiy organlari, tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan, tegishli ma’muriy-hududiy organlarning hokimliklari bilan kelishilgan holda, belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Har bir AYQShda neft mahsulotlarini hisobga olish massa va hajm birliklarida yuritiladi. Neft mahsulotlari massasini o‘lchashning ishonchliligini va bir xilligini, shuningdek, ularning sifati nazorat qilinishini ta’minlash uchun AYQSh “O‘zdavstandart” markazi tomonidan qo‘llashga ruxsat berilgan hamda Davlat metrologiya xizmatining tamg‘asiga yoki pasportda tegishli belgiga ega bo‘lgan zarur asbob-uskunalar va o‘lchov vositalariga ega bo‘lishi kerak.
neft mahsulotlari talonlarini hisobga olish va neft mahsulotlarini talonlar bo‘yicha berish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma (davlat transportiga xizmat ko‘rsatuvchi AYQShlar uchun);
Keyingi tahrirga qarang.
tozalash inshootlaridan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma (tozalash inshootlari bo‘lgan AYQShlar uchun);
ishlatilgan neft mahsulotlarini to‘plash bo‘yicha yo‘riqnoma (ishlatilgan neft mahsulotlarini to‘plashni amalga oshiruvchi AYQShlar uchun);
neft mahsulotlari barcha turlarining talonlari namunalari (davlat transportiga xizmat ko‘rsatuvchi AYQShlar uchun);
Keyingi tahrirga qarang.
servis daftarchalari kvitansiyalari namunalari (xorijlik transport vositalarining egalariga xizmat ko‘rsatuvchi AYQShlar uchun);
neft mahsulotlarining chakana narxlari preyskurantlari (neft mahsulotlarini naqd pulga beruvchi AYQShlar uchun);
idishlarga quyilgan neft mahsulotlari, avtomobillar uchun ehtiyot qismlar harakatini hisobga olish daftari;
neft mahsulotlarini yagona talonlar bo‘yicha va naqd pulga berish apparaturalarida ishlash bo‘yicha AYQSh operatorlari uchun yo‘riqnoma (bu apparatga ega bo‘lgan AYQShlar uchun);
Keyingi tahrirga qarang.
neft mahsulotlarini kredit kartalari bo‘yicha berish va ularga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma (neft mahsulotlarini kredit kartalari bo‘yicha beruvchi AYQShlar uchun);
11. AYQShning o‘lchov, texnik xizmat ko‘rsatish vositalari bilan jihozlanganligi, ularni ishlatish, saqlash va asrash tartibi AYQShning o‘lchov vositalari bilan jihozlanganlik ro‘yxatiga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
12. AYQShda navbatchi operatorning familiyasi, AYQShning neft mahsulotlarini berish tartibi albatta ko‘rsatilgan ish vaqti, yaqin orada joylashgan AYQShlar sxemalari ko‘rsatilgan taxtachalar osib qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
13. AYQSh badiiy jihatdan bezatilgan peshlavhalar, reklamalar, ko‘rgazmali tashviqot vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. AYQShning tevarak-atrofi va katta avtoyo‘llardan kirish qismining beton hamda asfalt qoplamalarida nuqsonlar bo‘lmasligi kerak, AYQSh egallab turgan maydonchalar tekis bo‘lishi hamda avtomashinalarning kolonkalar va quyish qurilmalariga erkin kelishini ta’minlashi lozim. AYQSh binolari, inshootlari, maydonchalari, shuningdek, uning tevarak-atrofidagi joylar sanitariya-maishiy va yong‘inga qarshi normalarga javob berishi kerak.
Ko‘rsatilgan talablarni ta’minlamagani uchun AYQSh rahbariga hayfsan e’lon qilinadi yoki unga jarima solinadi. Mazkur intizom chorasi takror qo‘llangandan so‘ng aybdor ishdan bo‘shatiladi.
14. Sutkaning qorong‘i vaqtlarida AYQShning tevarak-atrofi amaldagi normalarga muvofiq yoritilishi kerak. Neft mahsulotlarini quyish va qabul qilish joylarining yoritilishiga alohida e’tibor berilishi kerak.
16. AYQSh tomonidan davlat yuk avtomobillariga, avtobuslarga, muayyan yo‘nalishdagi avtomobillarga, taksi va boshqa transport vositalariga yonilg‘i berish belgilangan namunadagi talonlar taqdim etilganda va talonning amalda bo‘lish muddati mobaynida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Neft mahsulotlarini naqd pulga beruvchi AYQShlarda pul mablag‘lari o‘g‘irlanishini va AYQSh binosiga ruxsat berilmagan hamda chet kishilarning kirishini istisno qiluvchi chora-tadbirlar ko‘rilishi kerak.
18. Yonilg‘i-moy va aralashmalar quyish kolonkalarini tuzatish va sozlash zarur bo‘lgan hollarda davlat ishonchnomasi tamg‘asini buzishga tegishli vazirlik yoki idora, “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasining hududiy organi tomonidan buyruq bilan tayinlangan shaxslarga, tamg‘alarni buzish paytida jamlovchi schyotchikning ko‘rsatkichlari asbob-uskunalarni tuzatishni hisobga olish jurnalida albatta qayd qilingan holda, ruxsat beriladi. Kolonkalar tuzatilgandan va sozlangandan keyin belgilangan talablarga muvofiq tekshirilishi hamda tekshirish natijalari ijobiy bo‘lgan taqdirda ushbu kolonkalarning texnik bayonida ko‘rsatilgan sxema bo‘yicha tamg‘alanishi kerak.
19. AYQSh rahbarining aybi bilan AYQShda yonilg‘i-moylash materiallari bo‘lmagan taqdirda nazorat qiluvchi organ tegishli organlar oldiga uni ishdan bo‘shatish masalasini qo‘yishga haqlidir.
20. Yonilg‘i-moylash materiallarini sotish bo‘yicha tijorat tuzilmalari faqat “O‘zdavneftmahsulot” tizimida tashkil etilishi va faoliyat ko‘rsatishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
21. AYQShda har bir oyning 1-kunida rezervuarlarda va boshqa saqlash joylaridagi barcha neft mahsulotlari qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak. Zaruriyat bo‘lganda neft mahsulotlarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish istalgan boshqa muddatda amalga oshirilishi mumkin (moddiy javobgar shaxs almashganda, taftish munosabati bilan va boshqa hollarda).
22. Qayd etib o‘tilgan Qoidalarni hamda AYQShda neft mahsulotlarini qabul qilib olish, saqlash, hisobga olish va berishning belgilangan tartibini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.