25.11.2024 yildagi PQ-405-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keksa avlod vakillarining bilim va tajribasidan foydalangan holda oilalarni kambagʻallikdan chiqarish tizimini joriy etish hamda “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish jarayoniga faol nuroniylarni jalb etish va ularning imkoniyatlaridan samarali foydalanish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — “Nuroniy” jamgʻarmasi) mahallalarda katta hayotiy tajribaga ega boʻlgan obroʻ-eʼtiborli uch nafar faol nuroniyni beshta kambagʻal oilaga biriktirish orqali ularni kambagʻallikdan chiqarishga koʻmaklashish hamda mahallada sogʻlom turmush tarzi va ijtimoiy-maʼnaviy muhitni shakllantirishga jalb etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi “Nuroniy” jamgʻarmasi va Oʻzbekiston mahallalari uyushmasiga mahallalarda faol boʻlgan nuroniylarni tanlab olish hamda ularga kambagʻal oilalarni biriktirish jarayonlariga koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar faol nuroniylarning asosiy faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oilalarni kambagʻallikdan chiqarish yoʻnalishida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xonadon tomorqasidan samarali foydalanish, tomorqada yuqori daromadli ekin turlari ekilishini tashkil etish, ekinlarni parvarishlash koʻnikmasini shakllantirish hamda yetishtirilgan mahsulotlarning realizatsiya qilinishiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilani daromadli qilish uchun koʻchma doʻkon, kichik ishlab chiqarish uskunalari va boshqa zarur texnika vositalarini boʻlib toʻlash sharti bilan ijaraga olishga yordamlashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kambagʻal oila farzandlarini, ularning qiziqishlaridan kelib chiqib, mahallalardagi hunarmand va ustalarga shogirdlikka biriktirish, shuningdek, ushbu oilalarning taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan farzandlarini oʻquv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlari bilan taʼminlash, ularning qoʻshimcha darslar va toʻgaraklarga qatnashishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaning ijtimoiy shartnomadagi majburiyatlarini bajarishi ustidan jamoatchilik nazorati oʻrnatilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mahallalarda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish yoʻnalishida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallada piyoda yurish madaniyatini targʻib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xonadonlarning sanitariya holatini yaxshilashga va tozalikni saqlashga, oila aʼzolarini zararli odatlardan voz kechishga chaqirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keksa yoshdagi fuqarolar uchun mos keladigan sport tadbirlarini tashkil etish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga jalb etish, shuningdek, sport tadbirlarida qatnashish bilan bogʻliq xarajatlarni, jumladan transport xarajatlarini qoplab berishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) har bir mahallada “Nuroniylar va ota-onalar kengashi”ni tashkil etish orqali mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitning barqarorligini taʼminlash yoʻnalishida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilalarda ahillik va milliy qadriyatlarni mustahkamlash, mahallalarda oʻzaro hamjihatlik va yaxshi qoʻshnichilik aloqalarini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan, profilaktik hisobda turgan va kam taʼminlangan shaxslarni mahallalardagi jamoat tadbirlariga jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muammoli va boqimondalik kayfiyatiga tushib qolgan oilalar bilan ishlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) faol nuroniylarga kambagʻal oilalar olti oy muddatga biriktiriladi hamda “mahalla yettiligi” oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilashda faol nuroniylarga yaqindan yordam beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) faol nuroniylar har oyda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 50 foizi miqdorida ragʻbatlantirib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) faol nuroniylarning tavsiyasiga muvofiq quyidagi xarajatlar “Nuroniy” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kambagʻal oila farzandlarining taʼlim olishlari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida oʻquv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlarini xarid qilish xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallada yashovchi keksa yoshdagi fuqarolar uchun sport tadbirlarini tashkil etish va ularning sport tadbirlarida qatnashishlari bilan bogʻliq transport xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) keksa yoshdagi fuqarolarni sportga jalb qilish uchun “Nuroniy” jamgʻarmasi hisobidan har bir mahallaga yiliga 10 million soʻm miqdorida mablagʻ ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “Nuroniylar va ota-onalar kengashi” tarkibi tuman (shahar) hokimlari tomonidan “Nuroniy” jamgʻarmasi va Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tavsiyasi asosida tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) faol nuroniylar “Obod mahalla”, “Kambagʻallikdan farovonlik sari” va “Yashil makon” dasturlari doirasida mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi hamda ijtimoiy masalalarning holati yuzasidan jamoatchilik nazorati oʻrnatilishini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu qarorda belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida 2025-yil uchun Davlat budjeti parametrlarida “Nuroniy” jamgʻarmasiga 504 mlrd soʻm mablagʻ ajratilishini nazarda tutsin hamda keyingi yillarda zarur mablagʻlarni ajratib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda “Nuroniy” jamgʻarmasining xarajatlari va daromadlari toʻliq gʻazna ijrosi orqali amalga oshirilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga faol nuroniylar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida ushbu qarorda belgilangan chora-tadbirlarni mahallalarda amalga oshirish bilan bogʻliq muammolar va ularning yechimi, shuningdek, jamoatchilik nazoratida aniqlangan masalalar boʻyicha tegishli ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining axborotini eshitib borish amaliyotini joriy etish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda mazkur qarorda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, faol nuroniylarni kambagʻal oilalarga biriktirish hamda mahallada sogʻlom turmush tarzi va ijtimoiy-maʼnaviy muhitni shakllantirishga jalb etish tartibini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyatini jamoatchilikka yetkazish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 25-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-405-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2024-y., 07/24/405/0970-son)