Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.03.1998 28.12.1994 yildagi 625-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.03.1998
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA TOVARLAR (IShLAR, XIZMATLAR)NI EKSPORT VA IMPORT QILIShNI KVOTALASh VA LITSENZIYALASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA QOʻShIMChA KIRITISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-martdagi 137-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika qurilish kompleksining eksport bazasini kengaytirish va korxonalarning chet elda “komplekt obyekt” shartlarida pudrat ishlari hamda xizmatlarni amalga oshirish faoliyatlarini ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 25-martdagi 163-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport va import qilishni kvotalash va litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom quyidagi tahrirdagi 16-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“16. “Komplekt obyekt” shartlarida tuzilgan kontrakt (bitishuv)larning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida roʻyxatga olinishi komplekt vedomostga muvofiq pudrat ishlari va xizmatlarning bajarilishini taʼminlash uchun yuklarni, ular orasida litsenziyalanishi lozim boʻlgan tovarlar bor-yoʻqligidan qatʼi nazar, Davlat chegarasi orqali oʻtkazib yuborish uchun asos boʻlib hisoblanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi “komplekt obyekt” shartlaridagi kontraktlarni amalga oshirish uchun olib chiqib ketilayotgan yuklar hajmlari hamda nomenklaturasining loyiha-smeta hujjatlariga koʻra komplekt vedomostlarga muvofiqligi ustida qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. H. Joʻrabekov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 28-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
625-son