Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 16-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2024-yil 21-sentabrda maʼqullangan
Davlat chegarasi davlatning suverenitetini va hududiy yaxlitligini taʼminlash boʻyicha eng muhim vazifalarini bajarib, u mamlakatning davlat, harbiy, siyosiy, iqtisodiy va boshqa sohalardagi xavfsizligi bilan bevosita bogʻliqdir.
Mamlakatimizda yangi tahrirdagi “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinib, unda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini belgilash, oʻzgartirish, qoʻriqlash va himoya qilish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish asoslari, mazkur sohadagi vakolatli davlat organlarining huquqiy maqomi mustahkamlandi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini oʻtkazish punktlari orqali kesib oʻtayotgan jismoniy shaxslarning huquq va majburiyatlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan shaxslarning, transport vositalarining hamda tovarlarning oʻtkazilishini vaqtincha cheklashga yoki toʻxtatib turishga doir asoslarning batafsil roʻyxati belgilandi.
Shu bilan birga huquqni qoʻllash amaliyotida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini belgilash, oʻzgartirish, qoʻriqlash va himoya qilish sohasiga doir alohida tushunchalar turlicha talqin etilishining oldini olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish zaruriyati mavjud.
Mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlarining baʼzi normalarini “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini belgilash, oʻzgartirish, qoʻriqlash va himoya qilish sohasidagi tushunchalarning aniq hamda bir xil qoʻllanilishiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining vakolatlarini aniqlashtirishga xizmat qiladi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi 407-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 1, 27-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 124-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 12, 473-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 9, 589-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2023-yil, № 7, 536-modda) 5-moddasi birinchi qismi 11-bandining oʻzbekcha matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11) doimiy ravishda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida”.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan 863-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 247-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 350-modda; 2012-yil, № 9/2, 246-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda; 2021-yil, № 4, 293-modda, 4-songa ilova; 2023-yil, № 11, 923-modda) 92-moddasining birinchi qismidagi “Davlat xavfsizlik xizmati organlari, bojxona muassasalari va chegara qoʻshinlariga” degan soʻzlar “Davlat xavfsizlik xizmati organlariga va bojxona organlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 471-modda, № 9, 592-modda, № 11, 787-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 204-modda, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, № 3, 217-modda, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 966, 968, 973-moddalar, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 2, 81-modda, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 466-moddalar, № 6, 575-modda, № 10, 981-modda; 2023-yil, № 3, 185, 187, 188-moddalar, № 4, 265-modda, № 5, 319-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921-modda; 2024-yil, № 1, 8-modda, № 2, 111-modda, № 3, 245-modda) 223-moddasiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
birinchi qismning dispozitsiyasidagi “chegaradan” degan soʻz “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qism dispozitsiyasining “a” bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini yorib oʻtish yoʻli bilan”.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469-modda, № 9, 589, 592-moddalar, № 10, 671-modda, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 881, 891-moddalar; 2020-yil, № 3, 204-modda, № 5, 296-modda, № 12, 689-modda; 2021-yil, № 1, 5, 11, 13, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 973-modda, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 2, 81-modda, № 3, 216-modda, № 4, 337-modda, № 6, 575-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185-moddalar, № 4, 265, 269-moddalar, № 5, 319-modda, № 9, 713-modda; 2024-yil, № 1, 8-modda, № 2, 115-modda) 391-moddasi birinchi qismining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini buzganlikka doir ishlar boʻyicha”.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, № 4, 265, 266, 268-moddalar, № 5, 319, 320-moddalar, № 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, № 8, 634-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921, 923, 924-moddalar, № 12, 1004-modda; 2024-yil, № 1, 5, 7, 8, 9-moddalar, № 2, 102, 111, 115, 116-moddalar, № 3, 243, 245-moddalar, № 6, 530, 532-moddalar) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 287-moddaning:
2-bandidagi “chegara qoʻshinlari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4-bandidagi “chegara qoʻshinlarining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 289-moddaning:
birinchi qismidagi “chegara qoʻshinlarining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “chegara qoʻshinlarining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 291-moddaning:
“b” bandidagi “chegara qoʻshinlarining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“e” bandidagi “chegara qoʻshinlarining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismidagi “chegara qoʻshinlarining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 3461-moddaning uchinchi xatboshisidagi “Chegara qoʻshinlari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 3462-modda uchinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “Davlat chegarasidan oʻtkazish punkti orqali” degan soʻzlar “Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustda qabul qilingan “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi 113-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-iyulda qabul qilingan OʻRQ-484-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 7, 429-modda; 2020-yil, № 1, 4-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, № 4, 287-modda, 4-songa ilova; 2022-yil, № 1, 1-modda; 2024-yil, № 1, 7-modda) 14-moddasiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
nomining oʻzbekcha matnidagi “Respublikasi” degan soʻz “Respublikasining” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻsimliklar karantini chegara punkti Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida, ichki hududlararo chegara punktlarida tashkil etiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan xonalar bilan, tekshiruvlar oʻtkazish va namunalar olish, fitosanitariya ekspertizasini hamda fumigatsiya ishlarini amalga oshirish uchun vositalar, aloqa vositalari va Internet jahon axborot tarmogʻi bilan taʼminlanadi”.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi 766-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 118-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 157-modda; 2011-yil, № 9, 246-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 22-moddaning uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi chegaralarini” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 27-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisidagi “bojxona, chegara organlari” degan soʻzlar “bojxona organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi 258-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 169-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 7, 389-modda, № 8, 469-modda, № 10, 671-modda, № 12, 880-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar; 2022-yil, № 4, 337-modda, № 6, 570-modda; 2023-yil, № 4, 269-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 21-modda ikkinchi qismi 7-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari”;
2) 421-moddaning:
ikkinchi qismidagi “Davlat chegarasini qoʻriqlash organlariga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “Davlat chegarasini qoʻriqlash organlarini” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismidagi “Davlat chegarasini qoʻriqlash organlarini” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi qismidagi “Davlat chegarasini qoʻriqlash organlarining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-400-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, 1-songa ilova; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 670-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 9, 589-modda, № 10, 671-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 969-modda; 2022-yil, № 2, 75-modda, № 7, 666-modda, № 12, 1190-modda; 2023-yil, № 12, 1010, 1011-moddalar; 2024-yil, № 1, 5-modda, № 2, 111, 113-moddalar) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 16-modda birinchi qismi uchinchi xatboshisining oʻzbekcha matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“transport vositasining bojxona chegarasini kesib oʻtish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktiga kirishi”;
2) 179-moddaning uchinchi qismidagi “chegara qoʻshinlari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 180-moddaning uchinchi qismidagi “chegara qoʻshinlarining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 2-iyulda qabul qilingan “Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-626-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 7, 446-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 800-modda, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 11, 1061-modda) 3-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
quyidagi mazmundagi yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“delimitatsiya qilish — Oʻzbekiston Respublikasi va chegaradosh davlatlar oʻrtasida tuzilgan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi chizigʻini aniqlash, uning oʻtishini tavsiflash va uni xaritada grafik tarzda aks ettirish;
demarkatsiya qilish — Oʻzbekiston Respublikasi va chegaradosh davlatlar oʻrtasida tuzilgan delimitatsiya qilish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalariga muvofiq chegara belgilarini oʻrnatish yoʻli bilan joylarda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi chizigʻini belgilash”;
yettinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilar tegishincha toʻqqizinchi — yigirma birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“redemarkatsiya qilish — chegaradosh davlatlar bilan kelishuvga koʻra maxsus tashkil etilgan hukumatlararo komissiyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq tegishli hujjatlarni rasmiylashtirgan holda, joylarda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi chizigʻini tiklash va uni chegara belgilari bilan belgilash, shuningdek yoʻqotilgan chegara belgilarini tiklash, qoʻshimcha chegara belgilarini oʻrnatish”;
oʻn uchinchi — yigirma birinchi xatboshilar tegishincha oʻn toʻrtinchi — yigirma ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
yigirma birinchi va yigirma ikkinchi xatboshlar chiqarib tashlansin.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 8-iyulda qabul qilingan “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-627-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 7, 447-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda; 2024-yil, № 1, 7-modda) 9-moddasi uchinchi qismi oʻninchi xatboshisining oʻzbekcha matnidagi “oldi” degan soʻz chiqarib tashlansin.
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 4-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy holati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-692-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 6, 519-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 13-modda ikkinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “chiziqlarida” degan soʻz “mintaqalarida” degan soʻz bilan almashtirilsin;
2) 29-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“agar shaxs oʻzi haqida bila turib soxta maʼlumotlar bergan boʻlsa, qalbaki hujjatlarni taqdim etgan boʻlsa yoki zarur hujjatlarni taqdim etmagan boʻlsa yoxud biometrik maʼlumotlarni topshirishni rad etayotgan boʻlsa”;
3) 32-modda toʻrtinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “oʻtish” degan soʻz “oʻtkazish” degan soʻz bilan almashtirilsin.
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 12-aprelda qabul qilingan “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi OʻRQ-763-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 4, 338-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 1, 5-modda) 218-moddasining yettinchi qismidagi “Davlat chegarasini qoʻriqlash organlariga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
16-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 10-oktabr,
OʻRQ-974-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/974/0804-son)